AI | DigiTech
52.3K subscribers
2.56K photos
1.42K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Glif neyrotarmog’i yangilandi, endi unda rasmlarni tahrirlash yanada qulayroq. SI obyektlarning ranglarini osongina o’zgartirib beradi, fonni qayta bo’yaydi, xullas rasmni o’zingiz istagandek tahrirlay olasiz.

Qulay tomoni bularning barchasi brauzeringizda. Ishlatish uchun kengaytmani o’rnatib, tahrirlanadigan tasvirni tanlash kifoya.

👉 Kompyuterga bepul kengaytmani o’rnatish uchun havola.

📟 DigiTech
👍78🔥10🤯6🎄5😨4😁322🎉2💯2🫡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🪄 «Garri Potter» yangi seriali 2026-yilda chiqadi! Bu haqida Warner Bros. kompaniyasi rahbari Devid Zaslav xabar berdi. U allaqachon Joan Rouling bilan uchrashgan.

Har bir mavsum yettita kitobdan biri bo’yicha suratga olinadi, qahramonlarni butunlay yangi aktyorlar ijro etadi.

📟 DigiTech
🔥109😡57👍36🤯2911🎉7😨7🫡4💯3👨‍💻3👏2
🚘 Xiaomi kompaniyasi SU7 elektromobilining ichki qismini ko’rsatdi.

Asosiy ajablantiradigan narsa ko’plab jismoniy tugmalardir. Ularning ta’kidlashicha, jismoniy tugmalar avtomobilni boshqarishning eng tabiiy usulini ta’minlaydi.

Ko’rinishi chiroyli, lekin g’ayrioddiy narsa yo’q.

📟 DigiTech
👍115🤯177🔥65🤔3🫡3🤩2👨‍💻2🎉1💯1
⚡️Mish-mishlarga ko’ra, OpenAI Google bilan raqobat qilish uchun SI qidiruv tizimini ishlab chiqmoqda. Uning veb-qidiruv qismi Microsoft Bing asosida ishlashi mumkin. U ChatGPT'ga ulangan bo’ladimi yoki alohida mahsulotmi, hozircha aniq emas.

Katta ehtimol bilan OpenAI Googleni ortda qoldirmaydi. Ammo bunday raqobatchi sabab Google o’z qidiruv tizimiga sun’iy intellektni tez orada ulashi mumkin.

📟 DigiTech
🤯119👍5910🔥10💯6🤩5😁3😨3🤔2🫡21
👓 90-yillardagi qiziqarli qurilma, futuristik Sony Glasstron kinoteatr-ko’zoynak, Apple Vision Pro'ning ajdodi desa ham bo’ladi.

Undagi tasvir 800x600 pikselli bo’lib, ikki metr masofadan 52 dyuymli televizor effektini yaratgan, o’sha vaqt uchun bu juda zo’r hisoblangan.

Bundan tashqari, ularni hatto portativ DVD pleyerga ulab (o’zi bunday narsa esingizdami?) metroda, samolyotda yoki poyezdda filmlarni tomosha qilish mumkin edi.

📟 DigiTech
🤯73👍60🤩544🔥4👏3👨‍💻3😨3🎉2🤔1
👨‍💻 MWC 2024 ko’rgazmasida Lenovo kompaniyasi shaffof displeyli noutbukni namoyish etdi.

Uning klaviaturasi ham g’ayrioddiy: jismoniy tugmalar o’rniga tekis panelli sensorli klaviatura o’rnatilgan.

Hozircha bu faqat konsept, shu sabab texnik xususiyatlarini va shunga o’xshash qurilma sotuvga chiqadimi yo’qmi, aytishmadi.

📟 DigiTech
79👍36🤯106🔥5🤩5👏4🎉2👨‍💻2😨2💯1
📱MWC 2024 ko’rgazmasida HONOR Yevropa uchun flagmanlarini namoyish etdi — Magic6 Pro va Magic V2 RSR Porsche Design.

Magic6 Pro: 6,8 dyuymli displey, Snapdragon 8 Gen 3, 80 Vt 5600 mA/soat quvvatga ega batareya va x100 kattalashtirish funksiyasiga ega 180+50+50 MP kameralar. Narxi 16-512 GB uchun 1299 yevro.

Magic V2 RSR: titan ramkali, shisha tolali va eng yupqa buklanadigan korpusga ega — atigi 9,9 mm. Narxi 2700 yevro.

📟 DigiTech
👍69🤯1352🔥2👏2😁2🎉2🤓2👨‍💻2💯1
📲 Apple buklanadigan smartfonlarning chidamliligini sinovdan o’tkazdi. Sinov uchun Samsung qurilmalari tanlandi, sababi Apple qurilmalarida ushbu kompaniyaning displeylari o’rnatiladi.

Smartfonlar sinovdan o’ta olishmadi — ularda ekranning mustahkamligi bilan bog’liq muammolar borligi aniqlandi. Salbiy natijalar tufayli Apple buklanadigan iPhone'ni chiqarishga hali erta degan xulosaga keldi.

📟 DigiTech
👍187😁12510🫡9🔥62🤯2😍2💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 CyberTruck egasi avtomobilni suvga chidamliligini ulkan ko’lmakda tekshirib ko’rdi. Ko’rib turganingizdek, sinov muvaffaqiyatli o’tdi.

📟 DigiTech
🔥116👍4011🤩7👨‍💻7🤯5😁3🎉32
🚘 Xitoyda «raqsga tushadigan» YangWang U9 avtomobili sotuvlari boshlandi, u musiqaga mos chayqala oladi va bitta g’ildiragi teshilsa, uchta g’ildirakda yura oladi.

Giperkarda 1306 ot kuchiga ega to’rtta elektromotor mavjud, bir zaryadda 465 km masofani bosib o’tadi va 10 daqiqada 80 foizgacha tez quvvat oladi. U 0-100 km/soat tezlikka 2,36 soniyada erishadi, maksimal tezlik esa 309 km/soat.

Xitoyda narxi 235 000 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
💯88👍45🔥34🤯267😁5👏4👨‍💻4🤓3🤩21