AI | DigiTech
52.2K subscribers
2.56K photos
1.42K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
📱Xiaomi o’zining bu yilgi asosiy flagmani — 14 Ultra'ni namoyish etdi. U 50 megapikselli to’rtta kamera va titan korpusga ega.

Asosiy xususiyatlari:
— ekran 6,7 dyuym 120 Hz, 3200x1400
— Snapdragon 8 Gen 3 chipi
— 16 GB tezkor xotira + 1 TB gacha asosiy xotira
— batareya 5300 mA/soat, 90 Vt

Xitoyda Xiaomi 14 Ultra narxi 900 dollardan boshlanadi. Eng qimmat titan versiyasi esa 1200 dollarga tushadi.

📟 DigiTech
👍151🔥23🤯16😨8🤩7🫡4🎄43👨‍💻3👏2💯2
🥽 Huawei o’zining Vision Pro'sini chiqaradi. Mish-mishlarga ko’ra, qurilma asosiy raqobatchisidan yarim barobar arzonroq va yengilroq bo’ladi.

Qurilma Vision Pro deb nomlanadi, chunki Huawei bu nomni 2019-yilda patentlashga ulgurgan. U Sony tomonidan ishlab chiqarilgan Micro OLED 4K ekran va imo-ishoraga asoslangan boshqaruv tizimiga ega bo’ladi. Garnituraning og’irligi taxminan 350 grammni tashkil qiladi.

Qurilma kuzda chiqishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
👍137😁32🔥10😍73🤯3🤔2😨21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥽 Vision Pro garniturasida shunday «fazoviy» rasmlarni chizish mumkin.

Uning yana bir foydali jihati: o’rmonda yo’qolmaslik uchun yo’lni belgilash mumkin.

📟 DigiTech
🤯118👍64🤩11😁10🔥764💯2🫡2😨1
⚡️Kanadada avtomobil o'g'riliklarini kamaytirish uchun Flipper Zero va shunga o’xshash qurilmalar taqiqlandi. Flipper Zero yordamida raqamli kalitlarni klonlash, avtomobil signalizatsiyasini o’chirish va bagajni ochish mumkin.

Kanada hukumati ma’lumotlariga ko’ra, 2022-yildan boshlab Flipper Zero ommalashishi bilan mamlakatda avtomobil o’g’riliklari faollashgan. Hozirda yiliga 90 mingga yaqin avtomobil o’g’irlanadi, ya’ni har olti daqiqada bitta mashina.

📟 DigiTech
🔥56🤯38👍33😁18👨‍💻832🤩2💯2🫡2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Glif neyrotarmog’i yangilandi, endi unda rasmlarni tahrirlash yanada qulayroq. SI obyektlarning ranglarini osongina o’zgartirib beradi, fonni qayta bo’yaydi, xullas rasmni o’zingiz istagandek tahrirlay olasiz.

Qulay tomoni bularning barchasi brauzeringizda. Ishlatish uchun kengaytmani o’rnatib, tahrirlanadigan tasvirni tanlash kifoya.

👉 Kompyuterga bepul kengaytmani o’rnatish uchun havola.

📟 DigiTech
👍78🔥10🤯6🎄5😨4😁322🎉2💯2🫡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🪄 «Garri Potter» yangi seriali 2026-yilda chiqadi! Bu haqida Warner Bros. kompaniyasi rahbari Devid Zaslav xabar berdi. U allaqachon Joan Rouling bilan uchrashgan.

Har bir mavsum yettita kitobdan biri bo’yicha suratga olinadi, qahramonlarni butunlay yangi aktyorlar ijro etadi.

📟 DigiTech
🔥109😡57👍36🤯2911🎉7😨7🫡4💯3👨‍💻3👏2
🚘 Xiaomi kompaniyasi SU7 elektromobilining ichki qismini ko’rsatdi.

Asosiy ajablantiradigan narsa ko’plab jismoniy tugmalardir. Ularning ta’kidlashicha, jismoniy tugmalar avtomobilni boshqarishning eng tabiiy usulini ta’minlaydi.

Ko’rinishi chiroyli, lekin g’ayrioddiy narsa yo’q.

📟 DigiTech
👍115🤯177🔥65🤔3🫡3🤩2👨‍💻2🎉1💯1
⚡️Mish-mishlarga ko’ra, OpenAI Google bilan raqobat qilish uchun SI qidiruv tizimini ishlab chiqmoqda. Uning veb-qidiruv qismi Microsoft Bing asosida ishlashi mumkin. U ChatGPT'ga ulangan bo’ladimi yoki alohida mahsulotmi, hozircha aniq emas.

Katta ehtimol bilan OpenAI Googleni ortda qoldirmaydi. Ammo bunday raqobatchi sabab Google o’z qidiruv tizimiga sun’iy intellektni tez orada ulashi mumkin.

📟 DigiTech
🤯119👍5910🔥10💯6🤩5😁3😨3🤔2🫡21
👓 90-yillardagi qiziqarli qurilma, futuristik Sony Glasstron kinoteatr-ko’zoynak, Apple Vision Pro'ning ajdodi desa ham bo’ladi.

Undagi tasvir 800x600 pikselli bo’lib, ikki metr masofadan 52 dyuymli televizor effektini yaratgan, o’sha vaqt uchun bu juda zo’r hisoblangan.

Bundan tashqari, ularni hatto portativ DVD pleyerga ulab (o’zi bunday narsa esingizdami?) metroda, samolyotda yoki poyezdda filmlarni tomosha qilish mumkin edi.

📟 DigiTech
🤯73👍60🤩544🔥4👏3👨‍💻3😨3🎉2🤔1
👨‍💻 MWC 2024 ko’rgazmasida Lenovo kompaniyasi shaffof displeyli noutbukni namoyish etdi.

Uning klaviaturasi ham g’ayrioddiy: jismoniy tugmalar o’rniga tekis panelli sensorli klaviatura o’rnatilgan.

Hozircha bu faqat konsept, shu sabab texnik xususiyatlarini va shunga o’xshash qurilma sotuvga chiqadimi yo’qmi, aytishmadi.

📟 DigiTech
79👍36🤯106🔥5🤩5👏4🎉2👨‍💻2😨2💯1