AI | DigiTech
51.9K subscribers
2.56K photos
1.42K videos
2.34K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🥽 Apple Vision Pro garnituralarini ommaviy ravishda do’konlarga qaytarishmoqda.

Foydalanuvchilar quyidagi muammolar bilan shikoyat qilishmoqda: bosh og’rig’i, ko’zning zo’riqishi, ko’ngil aynishi, holsizlik va mahsulotni ular kutgandek chiqmagani.

Vision Pro boshqa garnituralardan yaxshiroq, lekin 3500 dollarchalik emas.

📟 DigiTech
🤯122👍66😁316😨4🔥3💯3🤩2🤓2🫡2😡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Zamonaviy filmlar uchun avtohalokat sahnasini suratga olish jarayonida hatto kaskadyorlar doim ham kerak bo’lmaydi.

Bundan tashqari, mashinaga zarar yetkazish ham shart emas: oynadagi yoriqlarni chizishadi, bir xil rangdagi mato bilan esa g’ijimlangan kapotni o’xshatishadi.

Qolgan barchasi — kadr sehri va montaj.

📟 DigiTech
👍11945😁23🤯10🔥9👏95👨‍💻2🎉1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏀 NBA LED ekranli basketbol maydonini ko’rsatdi. Endi o’yinlarni ko’plab vizual effektlar bilan kuzatish yanada qiziqarliroq bo’ladi.

Effektlardan tashqari, ekranda asosiy voqealarni takrorlashni va maydondagi o’yinchilar joylashuvini kuzatishni ham va’da qilishmoqda.

Lekin hamma muxlislarga ham bu yoqmadi. Bunday vizual effektlar o’yinchilarni chalg’itishi va kuzatuvchilarda epileptik xurujni keltirib chiqarishi mumkin.

📟 DigiTech
👍5036🤯11🫡5🎄5🔥4😁32🤓2👨‍💻2👏1
🔋Energizer kompaniyasi yaqinda dunyodagi eng katta akkumulyator — 28 000 mA/soat quvvatga ega smartfonni taqdim etadi. Taqqoslash uchun iPhone 15 akkumulyatori hatto 4000 mA/soat quvvatga ham ega emas.

Uni zaryadi taxminan 1 haftaga yetadi. Katta kamchiliklardan biri uning qalinligidir. Yuqoridagi fotosuratda atigi 18 000 mA/soat batareyaga ega 2019 yilgi modeli ko’rsatilgan, hatto u ham juda qalin ko’rinadi.

📟 DigiTech
👍151🤯47😁20🔥54🤔3💯3🫡3😨2😡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Unreal Engine 5-da poyga sahnasi grafikasi.

Agar GTA VI grafikasi shunday bo’lmasa, chiqarishmasa ham bo’ladi)

📟 DigiTech
🤯127👍39🔥86👏42😁2🎉1😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🕹️Shimoliy Karolina universitetining kibersport bo’limi xonasi shunday ko’rinishga ega.

Bu yerda kelajakdagi professional Dota'chi, CS'chilarni jamoaviy ishlashga, mag’lubiyatlarni qabul qilishga va tanqidiy vaziyatlarda o’zini ushlab turishga o’rgatishadi.

O’yinchilar eng zamonaviy kompyuterlarda o’ynashadi, shuningdek PS5, Xbox Series X va Nintendo Switch ham mavjud.

📟 DigiTech
🔥85👍32🤯14😁126👏6🫡63👨‍💻3🎉2💯2
🏡 AQSh'da orzudagi uy sotuvga qo’yildi — uning hududida shunchalik ko’p narsa borligidan, deyarli shaxsiy shaharchaga o’xshaydi:

- karting
- basketbol maydoni
- kibersport xonasi
- fitnes zal
- golf, kinoteatr, bilyard va tir
- oltita jakuzi, hammom va sauna
- ikkita katta bog’

Narxi ham shunga yarasha — 20 mln dollar.

📟 DigiTech
👏130👍51🤯26🔥13🤩6😨5💯4🤔3👨‍💻3🫡3😡3
📱Fransiyadagi qishloqda jamoat joylarida smartfonlardan foydalanish taqiqlandi.

Endilikda u yerdagi aholi telefonlaridan faqat qo’ng’iroqlar uchun foydalanishlari mumkin, ko’chada, bog’larda, do’konlarda va kafelarda ijtimoiy tarmoqlarga kirish va ilovalarni ochish taqiqlangan.

Eng qizig’i hatto Google Maps'ni ochish ham taqiqlangan, yo’lni faqat ko’chadagi odamlardan so’rashingiz mumkin.

📟 DigiTech
🤯141👍121😁5117👏13🔥6💯6😨6🤔5🫡5🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Xitoyning Nio ET9 elektromobili bir tugmani bosish orqali o’zini silkitib qorni tushura oladi.

Mashinaning Xitoydagi narxi 112 000 dollar, yetkazib berish 2025-yilda boshlanadi.

📟 DigiTech
🔥120👍40🤯30😁23🤩5😨5👏4🫡32💯2🤝2
🔊Video o’yinlar millionlab odamlarni kar qilishi mumkin.

Muammo ovoz balandligida emas. Gap otilgan o’qning keskin tovushlari va eshitishga salbiy ta’sir ko’rsatadigan boshqa tovush effektlari haqida ketmoqda.

Kattalar haftasiga 40 soat davomida taxminan 80 dB tovush balandlikka bardosh bera oladilar, lekin to’rtta eng mashhur otishma o’yinlaridagi o’rtacha balandlik 88,5 - 91,2 dB'ni tashkil etadi.

Ko’p otishma o’yinlarini o’ynaydigan tanishlaringizga jo’natib qo’ying.

📟 DigiTech
🔥69👍40🤯16💯4👨‍💻4🫡3👏2😡21
⚡️Telegram boshqa foydalanuvchilarga raqamingizdan SMS-kodlarini yuborish uchun foydalanishga ruxsat berganingiz uchun sizga Premium obuna beradi.

Hozircha ushbu funksiya faqat bir nechta mamlakatlarda va faqat Android-da paydo bo’lgan: ular raqam orqali oyiga 150 tadan ko’p bo’lmagan SMS xabarlarni yuborishni va’da qilishmoqda.

Agar tarifingizda SMS yuborish pulli bo’lsa, barcha xarajatlar o’zingizdan bo’ladi: Telegram faqat Premium obunani aktivlashtirish uchun kod beradi.

📟 DigiTech
👍12013🤔10🤩8😁7🤯72🔥2🫡2😍1💯1
📱Kutib olingNothing Phone (2a). E’tiborni tortadigan birinchi narsa — aylana ko’rinishidagi kameralardir.

Devays 120 Hz chastotali 6,7 dyuymli AMOLED FHD+ ekran, MediaTek Dimensity 7200 Pro chipi va uchta kameraga ega bo’ladi: ikkita asosiy 50 MP va 32 MP old kamera.

Narxi ham yaxshi — Hindistonda smartfon narxi 23 999 rupiydan ($290) boshlanishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
👍128🤯26🔥13😁64🎄3🤩2💯2🤓2👨‍💻2🫡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Sora neyrotarmog’i to’liq kino sahnalarini yarata oladi! Ilgari neyron tarmoqlar faqat bitta qisqa sahnani yarata olardi, ammo Sora barcha chegaralarni buzib, bir vaqtning o’zida to’liq kadrni yarata oladi.

Misol uchun yuqoridagi video umuman montaj qilinmagan va hechqanday maxsus effektlar ishlatilmagan — videoni Sora neyrotarmog’i yaratgan. Videodagi kadrlar xuddi ko’chada bir nechta rakursdan suratga olinganga o’xshaydi.

Sora'ni ommaviy ishlatish mumkin bo’lganda istagan odam bir necha daqiqada mana shunday videolarni yarata oladi.

📟 DigiTech
👍97🤯27😨62👨‍💻21🔥1👏1🤔1💯1