AI | DigiTech
51.8K subscribers
2.56K photos
1.43K videos
2.35K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🌉 Xitoyning Chongqing shahrida katta ko’prikni yaqinda qurib bitkazishdi, endi har kuni uning ostida ko’plab mahalliy aholi va sayyohlar «Interstellar»dagi kabi kadrlarni kutishmoqda.

Quyosh botganda beton konstruktsiyali manzara filmdagi sahnalardan biriga o’xshab ketadi, ayniqsa manzaraga qarab o’sha musiqani tasavvur qilsangiz.

Ayniqsa, yomg’ir ostida juda g’ozal!

📟 DigiTech
👍145🤩20🔥106😍6🤯3😨2🫡2💯1👨‍💻1🤝1
🧲 Ichida ferromagnit suyuqlik bo’lgan aksessuarlar ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo’lib bormoqda — musiqa qo’yilganda uning ichidagi suyuqlik «raqsga tushadi».

AliExpressda bunday aksessuarlarni 60-70 dollardan sotishmoqda, oddiy bankadagi arzon variantlarini esa 15 dollardan olish mumkin.

Aytgancha, buni internetdagi qo’llanmalar yordamida o’zingiz ham yasay olasiz.

📟 DigiTech
👍11114🔥6😨6🤯4👏3🤔2💯2🥰1😁1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙️ ElevenLabs neyrotarmog’i ovozni istalgan 29 ta tildagi boshqa ovozga aylantirishni o’rgandi! Buning uchun faqatgina nutqning namunasi kerak bo’ladi.

Konvertatsiyadan so’ng barcha his-tuyg’ular va ovoz tembri saqlanib qoladi. Bundan tashqari, generatsiya qilingan ovoz sifati yanada yaxshilangan — uni haqiqiy nutqdan ajratib bo’lmaydi!

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍79🤯14🔥6😨52👏2🤔2👨‍💻21
🎵 AQShlik ishqiboz musiqa asboblarida istalgan qo’shiqni ijro etib bera oladigan robo-guruhni yasadi.

Buning uchun u Arduino kontrollerlari va 3D printerda bosib chiqarilgan qismlarni bir biriga uladi. Natijada barcha musiqa asboblari bir guruhdek sinxron musiqa ijro etishni boshlashdi.

📟 DigiTech
🤯73👍375👏5🔥43😁2💯2👨‍💻2🫡2😍1
📱Xiaomi 13 Ultra flagmani dizaynidagi hamyonbop Redmi A3 ni chiqardi.

U charmga o’xshash korpus, 8 MP kamera, 6,7 dyuymli 90 Hz chastotali HD displey, Helio G36 chipi, 5000 mA/soat batareya va 6/128 GB gacha xotiraga ega.

Oddiy versiyasi narxi 87 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
👍143🤯67🔥106👏5🤩4🎄3😨2🫡2💯1👨‍💻1
⚡️OpenAI o’ta realistik videolarni yaratuvchi Sora neyrotarmog’ini chiqardi. Ushbu videolarning barchasi shu neyrotarmoqda yaratilgan, haqiqiy kadrlar emas!

Hozircha Sora foydalanuvchilar uchun mavjud emas: OpenAI uning yordamida yaratilishi mumkin bo’lgan soxta videolar to’lqinidan havotirda, hozir shu muammoning yechimini izlashmoqda.

Unda generatsiya qilingan barcha videolarni Sora sahifasida ko’rishingiz mumkin.

Bu bir tomondan juda katta rivojlanish, lekin ikkinchi tomondan juda ko’pchilik ishsiz qolishi mumkin.

📟 DigiTech
👍87🤯33🔥10😨84👏2💯2👨‍💻2🫡2😡21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️PixLED kompaniyasi immersiv ekranni namoyish etdi.

Uning to’g’risida turganingizda, o’zingizni xuddi tasvirni ichida turgandek his qilasiz. Hozir ekran reklama yoki e’tiborni jalb qiluvchi vosita sifatida targ’ib qilinmoqda.

📟 DigiTech
🤯87👍37🔥187🤩73👨‍💻3🫡3👏2💯2🤓2