AI | DigiTech
51.1K subscribers
2.63K photos
1.44K videos
2.4K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🔋 Xitoyning Betavolt kompaniyasi mobil qurilmalar uchun o’lchami tangaday va bir zaryadda 50 yil xizmat qiladigan birinchi "yadro batareyasi"ni yaratganini e’lon qildi.

Undan foydalanish to'liq xavfsiz bo’lishini va’da qilishmoqda: korpusi radiatsiyani chiqarmaydi, yaroqlilik muddati tugagandan keyin esa yadro elementlari parchalanadi.

Sinovlar hali yakunlanmagan, ammo 1 Vt quvvatga ega modelini ishlab chiqarish 2025-yilga rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
👍204🤯75🔥987👏5💯4😨4🤓3👨‍💻3🫡3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Mersedes CES 2024 ko’rgazmasi uchun hech qanday yangilik o’ylab topmadi, lekin quruq qo’l bilan ham kelmadi: cheksiz aylanayotgan elektr geliklar namoyishini ko’rsatishdi.

Mercedes-Benz EQG to’rtta elektr motorli va «tank» burilish tizimiga ega modeli bu yil sotuvga chiqariladi va uning narxi, mish-mishlarga ko’ra, 200 000 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
114👍46🤯18👏85🔥4🤩4💯3👨‍💻2🫡2😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Xitoy birinchi bor dunyodagi eng kuchli qattiq yonilg’ili raketani uchirdi

U mahalliy OrienSpace startapi tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, 6,5 tonna foydali yukni orbitaga olib chiqish, shuningdek, to’g’ridan-to’g’ri kemadan havoga ko‘tarilishga qodir.

📟 DigiTech
👍130🤯4012👨‍💻5🤓43🔥3👏3🤩3🫡3💯2
📱Samsung Galaxy S24 liniyasi haqidagi qiziqarli ma’lumotlar rasmiy taqdimotdan bir necha kun oldin internetda tarqaldi, rasmlarda kameralarning xususiyatlari batafsil tavsiflangan, shuningdek:

– Samsung ham Ultra modelida iPhone 15 Pro Max'dagi kabi 10x optik kattalashtirishdan voz kechib 5x ni tanladi;
– Barcha Galaxy S24 modellariga Android 14 o’rnatiladi va Android 21-ga qadar yangilanish keladi.

Ya’ni, foydalanuvchilar Android va One UI versiyalari yangilanishlarini 2031-yilgacha olishadi. Qurilmalar taqdimoti 17-yanvar soat 23:00 da bo’lib o’tadi.

📟 DigiTech
🔥128👍64👏11🤯755🫡4🎉3💯3🤓3👨‍💻3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⌨️ Reddit foydalanuvchisi kompyuter, sichqoncha va klaviaturani mini qurilmaga birlashtirdi.

3D printerda yasalgan ushbu qurilma Windows'da ishlaydi, unda hatto o’yinlarni ham ishga tushirish mumkin.

📟 DigiTech
👍125🤯62👨‍💻108🔥5😁5🫡3😡32💯2👏1
🚢 Xitoyning BYD kompaniyasi o’z elektromobillarini Yevropaga olib o’tish uchun ulkan yuk kemasini qurdi — u bir reysda 7000 ta mashina yetkazib beradi.

BYD Explorer No. 1 ning uzunligi deyarli 200 metrdir, bu ikkita futbol maydoniga teng. U hatto to’liq yuklangan holatda ham to’xtamasdan 29 200 km masofani bosib o’ta oladi.

Ma’lumot uchun, Xitoy o’tgan yili dunyodagi eng yirik avtomobil eksportchisi bo’lgan, birgina BYD kompaniyasi 2023-yilda 3 milliondan ortiq avtomobil sotgan.

📟 DigiTech
👍219🤯76😨13🔥113👨‍💻3🤝3🫡3💯2🤓2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xitoydagi yoshlar astronomiya muzeyidagi 5D xona.

Xitoy texnologiyalar bo’yicha ancha oldinda.

📟 DigiTech
👍214🤯49👨‍💻8😇8🔥6👏5😁5💯43🫡3😨2
📲 Xiaomi o’ta ingichka va yupqa metall quymasiga o’xshash powerbank'ni chiqardi.

Og’irligi bor-yo’g’i 93 gramm (korpusi metall emas, metall bo’yoq bilan qoplangan) va qalinligi 1 sm dan kichikroq, quvvati 5000 mA / soat, zaryadlash tezligi 20 Vt gacha.

Xitoyda Ultra-Thin Power Bank narxi 18 dollar.

📟 DigiTech
👍209😨31136🔥6🤯6👨‍💻6👏3💯2🫡2🤩1
👨‍💻 Amazon sun’iy intellekt bo’yicha 4 ta bepul kurslarni chiqardi.

Generativ sun’iy intellekt asoslari. Davomiyligi: 3 soat.

Machine Learning — nimadan boshlashni bilmayotgan yangi o’rganuvchilar uchun. Davomiyligi: 12 soat.

Low-Code Machine Learning — biznesda ML modellarini qo’llash orqali muammolarni hal qilish. Davomiyligi: 4 soat.

Amazon AWS da til modellarini yaratish — modellarni yaratish va sozlash. Davomiyligi: 5.5 soat.

Ushbu kurslarni barchasi mutlaqo bepul, vaziyatdan foydalanib o’rganib qolish kerak (ingliz tilini bilsangiz albatta).

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍102🤯128🔥6🎄54🤩3👏2💯2🫡2👨‍💻1
📲 X (Twitter) foydalanuvchisi iOS uchun VisionOS uslubidagi qiziqarli konseptni ko’rsatdi.

Juda chiroyli dizayn chiqibdi.

📟 DigiTech
86👍36🤔10🔥8💯54🤯2🤓2🤝2👏1👨‍💻1