AI | DigiTech
51K subscribers
2.63K photos
1.44K videos
2.39K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
📺 LG kompaniyasi shaffof televizorlarning asosiy muammosi — past tasvir kontrastiga yechim topdi.

CES 2024 ko’rgazmasida oynaning orqasidan qora mato chiqadigan modelini namoyish qilishdi. Qora fon bilan tasvir sifati ancha oshadi.

Sotuvlar shu yildan boshlanadi, lekin narxini hali e’lon qilishmadi.

📟 DigiTech
👍10314🤯13🔥73👏2🫡2🎉1💯1👨‍💻1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📺 Samsung ham kelajak haqidagi filmlardagidek umuman ramkalarsiz shaffof displeyni namoyish etdi.

Aytishlaricha, tasvir havoda suzayotgandek tuyuladi va sifati oddiy monitordan farq qilmaydi, tasvir yorqin.

LG televizoridan farqli o’laroq, buni hali sotuvga chiqarish niyatlari yo’q — faqat texnologiyani ko’rsatishdi.

📟 DigiTech
🔥138👍55🤯23😁84👏4💯3👨‍💻3🤝3🤓2🫡2
📱iPhone samolyotdan tushib ketib «omon» qoldi.

Shanba kuni Alaska Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 Max 9 samolyoti havoga ko’tarilayotganda favqulodda chiqish eshigi uzilib ketgan. Yo’lovchi smartfonini havo tortib ketib 5 km balandlikdan pastga qulagan.

Ikki kun o’tib qurilmani yo’lovchilardan biri topib olgan. Uning so’zlariga ko’ra, ekranda Alaska Airlines aviakompaniyasining baxtsiz reysi uchun chipta ko’rsatilgan, ulagichda esa uzilgan zaryadlash kabelining bir qismi qolgan. Eng qizig’i smartfonga hech narsa qilmagan, hatto tirnalmagan ham.

Buni ko’rgan Nokia 3310 va fizika qonunlari shokda :)

📟 DigiTech
😁196160👍82🤯33🔥11👏4🤓3👨‍💻3🫡3🎄3💯2
⚡️Endi ChatGPT hatto avtomobillarga ham o’rnatiladi. Birinchi navbatda Volkswagen'ga: ushbu brend mashinalariga ChatGPT ovozli yordamchi sifatida o’rnatiladi.

Yil oxirigacha chatbot Tiguan, Passat va Golf modellarida, shuningdek, ID elektromobillarida paydo bo’ladi. Birinchi Yevropada, keyin esa AQSh'da ishlatish mumkin bo’ladi.

📟 DigiTech
120👍50😡18🔥125🤯4😨3👏2🫡2🤓1
👨‍💻 Android planshetli va bir vaqtning o’zida ikkita protsessorga ega Windows noutbuk — Lenovo'ning CES 2024 ko‘rgazmasidagi asosiy yangi mahsuloti.

Klaviatura joylashgan qismda Intel Ultra 7 chipi, 32 GB operativ xotira va 1 TB SSD, ajraladigan displeyda esa Snapdragon 8 Plus Gen 1 va 12+256 GB xotira mavjud.

Ularni birga yoki alohida ishlatish mumkin — har birining o’z batareyasi bor. Ushbu to'plam narxi 1999 dollar.

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥111👍51🤯29🤩75👨‍💻2😇2🫡2🥰1👏1🤓1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Sony o'zining birinchi elektromobilini namoyish etdi, uni DualSense geympadi yordamida masofaviy boshqarib sahnaga olib chiqishdi.

Avtomobil Honda kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan, unda Unreal Engine 5 da yaratilgan eng zamonaviy o’yinlarni o’ynash mumkin bo’ladi.

Narxi va chiqarilish sanasini hali aytishmadi.

📟 DigiTech
🤯79👍39🔥14👏11🎄63💯3😇3🤩2😨2🤝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💻 Chiroyli taqdimotlar yaratib beruvchi neyrotarmoq. Decktopus hamma narsani o’zi qiladi — rasmlar, ma’lumotlarni topadi va barchasini slaydlar shaklida tuzib beradi.

Ishlatish uchun mavzuni belgilash kifoya. Tayyor taqdimotlarni tarkibi va tashqi ko’rinishini o’zingiz xohlagan tarzda o’zgartirishingiz mumkin. Saqlab qo’ying, asqotadi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍77🔥125👏5🤯3😍3🥰2🤩2👨‍💻2😇2🫡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱Bu odam AliExpress'dan iPhone buyurtma berganida, bir vaqtning o’zida Motorola, Nokia, Lenovo va iPhone bo’lgan super-versiyasi kelibdi :)

📟 DigiTech
😁319👍32🤯1811🤩6🔥4💯3👨‍💻3🫡3👏2🤓2
🚘 2023-yilda (yanvar-avgust) eng ko’p sotilgan elektromobillar ro’yxati: ikkita Tesla, oltita Xitoy avtomobili va bitta Volkswagen.

Ushbu davr uchun butun dunyo bo’ylab sotuvlar soni quyidagicha:

Tesla Model Y - 772,364 ($43 900 dan)
Tesla Model 3 - 364,403 ($38 900 dan)
BYD Yuan+ - 265,688 ($19 700 dan)
BYD Dolphin - 222,825 ($14 000 dan)
GAC Aion S - 160,693 ($22 500 dan)
Wuling MINI EV - 153,399 ($4600 dan)
GAC Aion Y - 136,619 ($15 500 dan)
VW ID 4 - 120,154 ($34 590 dan)
BYD Seagull - 95,202 ($10 500 dan)

📟 DigiTech
👍117😇8😍743🔥3🤩3👏2🤔2🫡2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 LG kompaniyasi odam ichida yashagisi keladigan avtomobil konseptini ko’rsatdi — LG Alpha-able Future Mobility Concept.

Elektromobil sun’iy intellekt yordamida inson aralashuvisiz harakatlana oladi. Bu vaqtda yo’lovchi konsol o’ynashi, YouTube tomosha qilishi yoki uxlashi mumkin. Ichida 4 ta juda qulay o’rindiqlar, ko’plab monitorlar, muzlatgich va qahva mashinasi mavjud.

📟 DigiTech
👍121🤩27🔥106🤯5💯5👨‍💻3🤓2🫡2👏1😇1
🧡 Bugun AQSh'ning birjalar va qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha komissiyasi (SEC), Bitcoin spot savdolari uchun birja investitsion fondi (ETF) yaratilganini tasdiqladi.

Bu kriptovalyutalar bozori uchun juda pozitiv yangilik, ETF katta kompaniyalarga va fondlarga Bitcoin kriptovalyutasini qonuniy shaklda qimmatbaho qog’oz ko’rinishida sotib olish imkoniyatini beradi.

Bitcoin spot ETF savdolari huquqi dunyodagi eng katta 11 ta fondlarda mavjud. Ular umumiy hisobda 18 trillion dollarga yaqin mablag’larni boshqarishadi. Ya’ni istagan kompaniya ular orqali Bitcoin sotib olishlari mumkin. Savdolar bugundan boshlanadi.

Kriptovalyutachilar uchun bugun bayram :)

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍116🤯22👏76🔥6🎉54👨‍💻4🤓3💯2🫡2
⚡️CES 2024 ko’rgazmasida g’alati gadjetlar namoyishi tugamayapti: videoqo’ng‘iroqlar uchun 3D boshni ko’rsatishdi!

G’oyaga ko’ra, turli burchaklardagi bir nechta displeylar suhbatdoshni uch o’lchovli qiladi, go’yo u sizning oldingizda turgandek.

Ular bu qurilmani 4950 dollardan sotishni rejalashtirishmoqda.

📟 DigiTech
😁76👍248🤯8🫡65🤓3🔥2👏2💯2👨‍💻2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 Rabbit R1 taqdimoti bo’lib o’tdi, bu LAM (Large Action Model) asosidagi Rabbit OS tizimida ishlaydigan sun’iy intellektga ega smartfondir.

U foydalanuvchining turli vazifalarini hal qilishi mumkin, masalan, taksiga buyurtma berish, xabarlar yuborish yoki oziq-ovqat sotib olish. Bundan tashqari, qurilma har qanday dasturga moslashadigan o’quv rejimiga ega.

Gadjet 2,88 dyuymli ekranga, 360 darajada aylanadigan kompyuter ko’rish kamerasiga, MediaTek Helio P35 protsessori va 4/128 Gb xotiraga ega. Qurilma mart oyida 200 dollardan sotuvga chiqariladi.

📟 DigiTech
👍71💯7😨4🫡4😡4🤓3👨‍💻32🔥2👏2🤯2
😴 Tadqiqot: 2023-yilda odamlar Google'da «uyqu» so’zini rekord darajada ko’p qidirishgan.

AQSh'da katta yoshlilarning 37 foizi avvalgi yillarga qaraganda ancha yomon uxlashgan. Z avlod esa ro’yxatda birinchi o’rinda. Aynan ular internetdan qanday qilib uxlashni ko’p izlashgan.

Uyqusizlikning asosiy sabablari: stress, kun va ovqatlanish rejimini buzilishi, kofein ko’p iste’mol qilish. Shuningdek, uyqudan oldin hayajonli film tomosha qilish va qiziqarli kitob o’qish ham uyqusizlikka olib kelishi mumkin.

So’rovnoma natijalariga ko’ra, uxlashga yordam beruvchi vositalar: yotishdan oldin dush qabul qilish (45%), og’irroq adyoldan foydalanish (26%) va xona oynasini ochiq saqlash (26%).

Siz ham internetdan tez uxlash yo’llarini izlab turasizmi?

📟 DigiTech
🤯98👍62🔥7👏763🫡3🤩2💯2👨‍💻2😇2