AI | DigiTech
52.8K subscribers
2.7K photos
1.46K videos
2.45K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧙 Miniatyuradagi Hogwarts zali: AQSh'lik rassom Hogwarts'ning ulkan zalini miniatyura modelini yasashga 1 yil vaqti ketdi.

Balandligi 90 sm va eni 60 sm bo’lgan maket yog’och, plastmassa va loydan yasalgan bo’lib, 3D printerda chiqarilgan stollar, yangi yil archasi, oshxona buyumlari, shamlar va taomlarni o’z ichiga oladi.

📟 DigiTech
👍140👏19🤯8🔥7💯54🤓42😁2👨‍💻2🫡2
⌚️ Apple Watch soati Delaver shtati talabasini uglerod oksidi bilan zaharlanishdan qutqardi. Nosoz isitgichdan sizib chiqqan uglerod oksidi miqdori ko’p bo’lgani uchun qiz hushini yo’qotgan.

U hushidan ketishdan oldin, soatidagi “Favqulodda qo’ng’iroq — SOS” funksiyasidan foydalangan holda qutqaruvchilarni chaqirishga ulgurgan.

📟 DigiTech
🤯230👍128👏2413🫡97🤩4💯3🤓3👨‍💻3😨3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ElevenLabs'ning kuchli raqobatchisi paydo bo’ldi — OpenVoice neyron tarmog’i har qanday ovozni bir necha soniyada klonlay oladi.

Klonlangan ovozda his-tuyg’ularni, pauzalarni va intonatsiyani sozlashingiz mumkin.

Dasturlashni biroz tushunsangiz Github'da kodi mavjud, o’zingizga o’rnatib olishingiz mumkin.

👉 Demo versiyasini sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍6310🤯74🔥3👏2👨‍💻2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎮 34 yilda birinchi bor Nintendo NES konsolida Tetris o’yinini oxiriga yetishdi va buni 13 yoshli bola amalga oshirdi. Shuningdek, u 38 daqiqa davom etgan o’yinda daraja va ballar bo’yicha jahon rekordini ham o’rnatdi.

Bundan oldin o’yinni yakunlashga faqat sun’iy intellekt muvaffaq bo’lgan.

📟 DigiTech
👍251🤯39🔥16👏1153🤩3😍3👨‍💻3😇3💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🛰️ SpaceX kompaniyasi to’g’ridan-to’g’ri smartfondan antenna yoki routersiz ulanish mumkin bo’lgan birinchi Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini orbitaga chiqardi.

Ular yordamida Ilon Mask uyali aloqa tarmog’i mavjud bo’lmagan joylarni aloqa bilan ta’minlamoqchi. Hozircha tezlik past — taxminan 2-4 Mbit/s.

Joriy yilda sun’iy yo’ldoshlar orqali faqat xabar almashish mumkin bo’ladi, qo’ng’iroqlar va internet esa 2025-yilda ishga tushiriladi.

📟 DigiTech
👏137👍36🤯255🔥32🤔2💯2🤓2👨‍💻2🫡2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📲 Samsung Galaxy AI tizerini chiqardi. Kompaniya o’zining birinchi sun’iy intellektli smartfonini 17-yanvarda namoyish etadi.

Mish-mishlarga ko’ra, Galaxy S24 liniyasi generativ sun’iy intellekt, galereyadagi rasmlar muharriri, qo’ng’iroqlarni real vaqtda tarjima qilish va boshqa SI funksiyalariga ega bo’ladi.

📟 DigiTech
👍137🔥30🤯12107💯5👨‍💻5🫡5👏4🤩4🤓4
🧠 Tadqiqot: Uyqu paytida xushbo’y hidlar ta’sirida miya faoliyati 226 foizga yaxshilanadi.

Ma’lum bo’lishicha, hid hissi va nevrologik funksiyalar o’rtasida kuchli bog’liqlik bor.

Tadqiqot shuni isbotladiki, atirgul, apelsin, evkalipt, yalpiz va lavanda aromatik moylarining hidi xotira va qaror qabul qilish bilan bog’liq kognitiv funksiyalarni olti oyda 226 foizga yaxshilaydi.

Uyqudan oldin atrofga xushbo’y hidli oddiy atir sepib uxlash ham demensiya kasalliklari rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin.

📟 DigiTech
👍18219🔥13😁10👏54🤯3🎉3🤩3🎄1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Stenford talabalari 32 000 dollarlik oddiy materiallardan foydalanib universal yordamchi robotni yig’ishdi.

Unga uy ishlarini o’rgatish uchun maxsus masofadan boshqarish pultini olib, robotga buni qanday qilishni ko’rsatishdi. Ishlarni qanday bajarish atigi 50 marta takroran ko’rsatilganidan so’ng, unga o’rnatilgan neyron tarmoq barcha harakatlarni yodlab olib bemalol takrorlay oldi.

Robot tom ma’noda hamma narsani qila oladi: ovqat pishiradi, kir yuvish mashinasini ishga tushiradi, uyni tozalaydi va boshqalar (bunday robotingiz bo’lsa, xotin nimaga kerak deb yuborasiz).

Agar juda qiziqib ketgan bo’lsangiz, bu erinmagan tabalar robotni yig’ish bo’yicha hatto qo’llanma ham tuzishgan.

📟 DigiTech
👍8613🔥10😁10👏53🤓3🫡2💯1👨‍💻1
⚡️Xitoyning Sian shahridagi savdo markaziga ulkan displey o’rnatilgan

Yuzlab kichik panellardan yig’ilgan ulkan 24K 3D displey savdo markazidagi shiftning katta maydonini egallaydi, juda go’zal manzara.

📟 DigiTech
👏109👍55🔥2120🤯12🤩5🤓3👨‍💻3🤝2🫡2💯1
🪪 Sun’iy intellekt shaxsni tasdiqlash uchun soxta hujjatlar va fotosuratlarni yarata oldi.

Reddit foydalanuvchisi Stable Diffusion neyrotarmog’ida haqiqiydan ajratib bo’lmaydigan shaxsni tasdiqlovchi hujjatni ushlab turgan qiz suratini generatsiya qila oldi.

Ehh, sun’iy intellektlar hujjatlargacha ham yetib kelishdi. Endi odamni rasmiga qo’shib hujjatini ham soxtalashtirish mumkin.

📟 DigiTech
🤯211👍51😨22😁1164😡4🔥2👨‍💻2
⚡️Yangi uylarni qidiryapsizmi?

2024-yilda quriladigan yangi uylar narxlari va ro‘yxati.


👉 Uylarni ko‘rish
😡26😁22👍12🥰43🔥1😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Telegram'da «bir martalik» ovozli xabarlar paydo bo’ldi: qabul qiluvchi u ovozli xabarni tinglashi bilanoq o’chib ketadi.

Funksiyani aktivlashtirish uchun ovozli xabar yozayotganingizda mikrofon belgisini uzoqroq bosib turing, so’ng tepaga suring va aylana ichidagi «1» tugmasini bosing.

Bunday xabarni repost qilib bo’lmaydi, ekran yozib olinsa ovoz eshitilmaydi.

📟 DigiTech
👍177🔥19🤓653😁3🤯2👨‍💻2🫡2👏1😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 Kompyuter va smartfonni qo’lingizdan foydalanmasdan boshqarish imkonini beruvchi MouthPad qurilmasining demo versiyasi ko’rsatildi.

Tashqi tomondan, u tish plastinkasiga o’xshaydi va til harakati bilan boshqariladi. MouthPad dastlab imkoniyati cheklangan va orqa miya jarohati bo’lgan odamlar devayslardan be’malol foydalana olishlari uchun yaratilgan.

📟 DigiTech
🤯91👍54🔥7👏5👨‍💻433💯2🤓2🤝2🤩1
⚡️Top kompaniyalarga ishga joylashishga yordam beruvchi neyrotarmoqlar ro’yxati. Ushbu neyrotarmoqlar sizga rezyumengizni tuzib berishlari va suhbatga tayyorlanishga yordam berishlari mumkin.

📟 DigiTech
👏75👍2853🔥3😁2🤯2🤩2👨‍💻2🫡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Professional sharhlovchilar va to’g’ri rakurs hatto kichik to’plar poygasini ham juda qiziqarli tomoshaga aylantirishi mumkin.

Shuningdek, YouTube'da faqat kichik to’plar poygasiga bag’ishlangan kanal ham mavjud, bu bo’yicha hatto chempionatlar ham o’tkaziladi.

Bizda hatto futbolni ham bunday sharhlashmaydi )

📟 DigiTech
👍92😁50🤯11🔥53💯32🤩2🤓2👨‍💻2👏1
⚡️Duolingo tarjimonlarni ommaviy ravishda ishdan bo’shatib, ularni neyron tarmoqlar bilan almashtirmoqda.

Qisqartirishlar dekabr oyining o’rtalaridan boshlangan, biroq ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv endi boshlandi. Aniq raqamlar hozircha ma’lum emas, biroq taxminiy hisob-kitoblarga ko’ra, kamida mingta tarjimon ishsiz qoladi.

Sun’iy intellektlar mana tarjimonlarga ham yetib kelishdi, keyingilar kimlar bo’ladi?

📟 DigiTech
🤯180👍55😡36😨7🫡643🔥3😁2💯2🤓2
🤖 Google o’z robotlariga odamlarga zarar yetkazishni taqiqladi.

Bu kompaniya avtonom robotlar uchun o’quv ma’lumotlariga kiritgan asosiy xavfsizlik qoidasidir. Ushbu cheklovlar to’plami "Robotlar Konstitutsiyasi" deb nomlandi.

"Robotlar Konstitutsiyasi"ga ko’ra, ular odamlar yoki hayvonlar, o’tkir tig’li narsalar va elektr jihozlari bilan bog’liq ishlarni qila olmaydilar. Bundan tashqari, barcha robotlarda favqulodda o’chirish jismoniy tugmasi bo’lishi kerak, favquloddagi vaziyatlarda inson operatorlar ularni o’chirib qo’ya olishlari uchun.

📟 DigiTech
👍155🔥2188🤯8👏5🤩5🤓3🫡3💯2👨‍💻2
📺 LG kompaniyasi shaffof televizorlarning asosiy muammosi — past tasvir kontrastiga yechim topdi.

CES 2024 ko’rgazmasida oynaning orqasidan qora mato chiqadigan modelini namoyish qilishdi. Qora fon bilan tasvir sifati ancha oshadi.

Sotuvlar shu yildan boshlanadi, lekin narxini hali e’lon qilishmadi.

📟 DigiTech
👍10314🤯13🔥73👏2🫡2🎉1💯1👨‍💻1🤝1