AI | DigiTech
52.7K subscribers
2.7K photos
1.46K videos
2.45K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⌨️ Hozirgi 10 yoshli bolalarni klaviaturada yozishi.

Men 10 yoshimda klaviaturadagi harflarni 1 soat izlab zo’rga yozardim :)

📟 DigiTech
💯201😁98👍5212🤯11👨‍💻7🤓5🫡5🔥4👏3🤝3
⚡️Qiziqarli fakt: 1956 yildagi birinchi 5 MB sig’imga ega qattiq disk shunday ko’rinishda bo’lgan. Uning og’irligi 1 tonna atrofida edi.

Mana oradan 67 yil vaqt o’tib, 2 terabayt hajmga ega MicroSD ishlab chiqarildi. Bu hozirgi vaqt uchun maksimal chegara.

Yana biroz vaqt o’tgach 2 TB ham xuddi 5 MB hajmdek kichik tuyulsa kerak.

📟 DigiTech
👍200🤯39🔥20👏13😨107😁7👨‍💻76💯2🤓2
⚡️2023-yilda chiqqan eng yaxshi neyrotarmoqlar ro’yxati.

Reddit foydalanuvchilari shu yilda chiqqan va eng ko’p muhokama qilingan neyrotarmoqlar ro’yxatini yig’ishdi.

Bu yerdagi deyarli barcha neyrotarmoqlardan bepul foydalanib ko’rish mumkin. Shuning uchun saqlab qo’ying, asqotadi.

Ro’yxat zo’r tuzilgan, lekin bir narsani tushunmayapmiz — Apple Vision Pro garniturasi bu ro’yxatga qayerdan kelib qolgan? 🧐

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍70🔥8🤔6👏43💯3🤓2🫡21😁1🤯1
🥳 Qadrli obunachilar, yil ham oxirlab qoldi. Bu yil biz uchun juda samarali bo’ldi, bir yil ichida O’zbekistondagi eng katta texnologik kanallardan biriga aylandik.

Albatta, bunda sizlarning hissangiz juda katta. Kuzatayotganingiz, har bir izohingiz, reaksiyangiz va repostingiz uchun tashakkur. 2024-yilda qiziqarli kontentlarni bundan ham ko’paytirishga harakat qilamiz.

Men va jamoamiz barchangizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklaymiz! 🎉

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏139👍7814🎄117🔥6💯4🎉3🤩2😇2🫡2
🍿 Film va seriallarni topib beruvchi neyrotarmoq.

Watchthis neyron tarmog’ida film janrini tanlashingiz va u nima haqida bo’lishi kerakligini matnli so’rov ko’rinishida yozishingiz kifoya. Shundan so’ng neyrotarmoq kerakli filmlar ro’yxatini chiqarib beradi.

Endi soatlab filmlar izlash shart emas, ayniqsa 1-yanvarga mos neyrotarmoq :)

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍10820🔥9🤓5🤝3👏2💯2👨‍💻2🫡21🤯1
🖼️ Midjourney'ning oltinchi versiyasi telefonda olinganga o’xshash suratlarni yaratishni o’rgandi. Hammasi haqiqiy fotosuratlarga o’xshaydi, ajratib bo’lmaydi.

📟 DigiTech
🤯299👍63😨37🔥65👏4😡4😁3😍32💯2
👨‍💻 Google'dan generativ sun’iy intellekt asoslari bo’yicha 12 ta bepul kurslar

Kurslar mavzulari:

— SI vositalari qanday ishlaydi;
— LLM haqida to’liq ma’lumotlar: ishlatish va sozlash;
— Google'dan generativ AI Studio;
— Tasvir yaratish va boshqalar.

Bonus: Google Codey dasturchilari uchun SI yordamchisi bilan ishlash asoslari.

👉 Bepul kurslarga havola.

Kurslar ingliz tilida, lekin yaxshilab o’rganib chiqsangiz, o’zingiz sun’iy intellektlar yarata olasiz.

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
52👍42🔥7😍3🤓3😨2😡21🫡1🎄1
⚡️Samsung sun’iy intellektli muzlatgichni namoyish etdi

U ichidagi mahsulotlardan nimalar tayyorlash mumkinligini yozib beradi. Muzlatgich faqat sizning diyetangizga mos keladigan taomlarni ham taklif qilishi mumkin, diyetadagilar uchun juda qulay.

Old panelda esa 32 dyuymli ulkan sensorli ekran bor — YouTube'da videolar ko’rish uchun ayni muddao! Qurilma narxini hali aytishmadi, batafsil ma’lumot yaqinda beriladi.

📟 DigiTech
🤯120👍73💯20🔥6😍54🤓3👨‍💻3🫡3👏2🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Xiaomi SU7 bir tugmani bosish orqali ko’p qavatli avtoturargohda bo’sh joyni o’zi topib joylasha oladi.

Shu bilan birga, u hatto yaqinlashib kelayotgan boshqa mashinalarga yo’l beradi! Avtomobil unga o’rnatilgan ko’plab kamera va sensorlarga tayanib harakatlanadi.

Qizig’i shundaki, mashinada hali haqiqiy avtopilot mavjud emas. Kompaniya uni keyinroq o’rnatishni va’da qilmoqda, shundan so’ng SU7 shahar bo’ylab haydovchisiz harakatlana oladi.

📟 DigiTech
👍128🔥23🤯2094🤩4💯4🤓3👨‍💻3🫡3🤝2
👨‍🎓 Tadqiqot: Z avlodni borgan sari oliy ta’limga qiziqishi kamayib bormoqda. Ularning 46% universitetda o’qish vaqt va pulga arzimaydi, deb hisoblashadi.

Ular uchun kredit olib, bir necha yil o’qishdan ko’ra kurslarda qatnashish va pul ishlash foydaliroq. 18-24 yoshdagilarning faqatgina 39 foizi oliy ta’limda o’qishni xohlaydi.

Top kompaniyalar yangi xodimlarni ishga olayotganda ularning diplomiga emas bilimiga qarashadi.

Sizni fikringiz qanday?

🤓 — diplom kerak
👨‍💻 — diplom kerak emas, kurslarda o’qiyman

📟 DigiTech
👨‍💻984🤓454👍53🤔18🫡764🔥4🎄1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧙 Miniatyuradagi Hogwarts zali: AQSh'lik rassom Hogwarts'ning ulkan zalini miniatyura modelini yasashga 1 yil vaqti ketdi.

Balandligi 90 sm va eni 60 sm bo’lgan maket yog’och, plastmassa va loydan yasalgan bo’lib, 3D printerda chiqarilgan stollar, yangi yil archasi, oshxona buyumlari, shamlar va taomlarni o’z ichiga oladi.

📟 DigiTech
👍140👏19🤯8🔥7💯54🤓42😁2👨‍💻2🫡2
⌚️ Apple Watch soati Delaver shtati talabasini uglerod oksidi bilan zaharlanishdan qutqardi. Nosoz isitgichdan sizib chiqqan uglerod oksidi miqdori ko’p bo’lgani uchun qiz hushini yo’qotgan.

U hushidan ketishdan oldin, soatidagi “Favqulodda qo’ng’iroq — SOS” funksiyasidan foydalangan holda qutqaruvchilarni chaqirishga ulgurgan.

📟 DigiTech
🤯230👍128👏2413🫡97🤩4💯3🤓3👨‍💻3😨3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ElevenLabs'ning kuchli raqobatchisi paydo bo’ldi — OpenVoice neyron tarmog’i har qanday ovozni bir necha soniyada klonlay oladi.

Klonlangan ovozda his-tuyg’ularni, pauzalarni va intonatsiyani sozlashingiz mumkin.

Dasturlashni biroz tushunsangiz Github'da kodi mavjud, o’zingizga o’rnatib olishingiz mumkin.

👉 Demo versiyasini sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍6310🤯74🔥3👏2👨‍💻2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎮 34 yilda birinchi bor Nintendo NES konsolida Tetris o’yinini oxiriga yetishdi va buni 13 yoshli bola amalga oshirdi. Shuningdek, u 38 daqiqa davom etgan o’yinda daraja va ballar bo’yicha jahon rekordini ham o’rnatdi.

Bundan oldin o’yinni yakunlashga faqat sun’iy intellekt muvaffaq bo’lgan.

📟 DigiTech
👍251🤯39🔥16👏1153🤩3😍3👨‍💻3😇3💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🛰️ SpaceX kompaniyasi to’g’ridan-to’g’ri smartfondan antenna yoki routersiz ulanish mumkin bo’lgan birinchi Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini orbitaga chiqardi.

Ular yordamida Ilon Mask uyali aloqa tarmog’i mavjud bo’lmagan joylarni aloqa bilan ta’minlamoqchi. Hozircha tezlik past — taxminan 2-4 Mbit/s.

Joriy yilda sun’iy yo’ldoshlar orqali faqat xabar almashish mumkin bo’ladi, qo’ng’iroqlar va internet esa 2025-yilda ishga tushiriladi.

📟 DigiTech
👏137👍36🤯255🔥32🤔2💯2🤓2👨‍💻2🫡2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📲 Samsung Galaxy AI tizerini chiqardi. Kompaniya o’zining birinchi sun’iy intellektli smartfonini 17-yanvarda namoyish etadi.

Mish-mishlarga ko’ra, Galaxy S24 liniyasi generativ sun’iy intellekt, galereyadagi rasmlar muharriri, qo’ng’iroqlarni real vaqtda tarjima qilish va boshqa SI funksiyalariga ega bo’ladi.

📟 DigiTech
👍137🔥30🤯12107💯5👨‍💻5🫡5👏4🤩4🤓4