AI | DigiTech
52.1K subscribers
2.71K photos
1.47K videos
2.46K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🎦 AQSh'da noodatiy kinoteatr ochildi — u yerda ekranda ko’rsatilgan taomni taqdim etishadi.

Fork n' Film'da siz «Garri Potter», «Ratatuy», «Uyda yolg’iz» va boshqa filmlardagi taomlarni tatib ko’rishingiz mumkin: filmlar va menyular vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi.

Chipta narxi 199 dollardan boshlanadi. Barcha joylar bir necha oy uchun oldindan sotilib bo’lingan.

Zo’r g’oya, O’zbekistonda ham shunday kinoteatr ochish kerak :)

📟 DigiTech
👏113👍4413🤯11😁7💯73🤓3👨‍💻3🫡3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Elektromobilda birinchi marta Shimoliy qutbdan Janubiy qutbgacha sayohat qilishdi.

Sayohatchilar Arctic Trucks kompaniyasi tomonidan modifikatsiya qilingan Nissan Ariya EV dan foydalanishgan. O’zgartirishlar tufayli bir zaryadda yurish masofasi uchdan bir qismga kamaydi. Ob-havoga qarab, zaryadlash uchun shamol turbinasi, gibrid quyosh paneli va benzinda ishlovchi generatordan foydalanishgan.

Arktika va Antarktidada sayohatchilar samaradorlikni oshirish uchun batareyani issiq saqlashga harakat qilishdi — masalan, ularni shamoldan himoya qilish uchun radiatorlar oldiga qordan «devorlar» qurishdi.

📟 DigiTech
🤯72👍71🔥10👏4😁3💯3🫡3🤓21🤩1😍1
👨‍💻 Dasturlash uchun eng yaxshi neyrotarmoqlar va saytlar ro’yxati. Ular kodni tushuntirishlari, dasturlashni o’rgatishlari va hatto siz uchun kod yozishlari mumkin. Yangi boshlayotganlar uchun ham, tajribali dasturchilar uchun ham foydali bo’ladi.

Deepseek Coder — dasturlash bo’yicha ajoyib SI yordamchi. Xatolarni tuzatadi va kodni tushuntiradi. 80 ta til bilan ishlaydi.

Digma AI — bu real vaqtda kodingizdagi barcha xatolarni topadigan plagin.

CodeLllama — Meta'dan kuchli kod generatori. Ko’p neyrotarmoqlardan kuchliroq.

Langchain — bu tajribali koderlar neyrotarmoqlardan maksimal foyda olish uchun, eng yaxshi matnli so’rovlarni (prompt) baham ko’radigan sayt.

AskCodi — juda foydali yordamchi. 50 ta dasturlash tillarini qo’llab-quvvatlaydi, juda ko’p funksiyalari mavjud.

Codium — kodingizni sinab ko’rib analiz qiladi va xatolaringizni aytadi. Shuningdek, loyihangiz siz o’ylagandek chiqishi uchun maslahatlar beradi.

📟 DigiTech
👍75🔥10😁32👏21🎉1😍1🤓1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Boshqa olamga portal. AQSh'da «Asgard's Wrath 2» 3D o’yinini shunday tutunli gologramma orqali namoyish etishdi.

Uni Quest 2/3/Pro garnituralarida o’ynab ko’rish mumkin.

📟 DigiTech
👏130👍45🤩23🤯21😍7🔥5😁433🎉3💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🪐 Quyosh tizimi sizning uyingizda

Quantum Innova jamoasi stend ustida muallaq turuvchi, quyosh tizimidagi sayyoralarning miniatyura modellarini yasashdi va ularning joylashuvini NASA ma’lumotlari bo’yicha haqiqiylari bilan sinxronlashtirishdi.

Narxi 549 dollar atrofida.

📟 DigiTech
👏105👍48🤯2054🔥4💯4🤓4👨‍💻4🫡3🤩2
📷 National Geographic 2023-yilning eng yaxshi 29 ta suratini e’lon qildi. Ushbu suratlar 2 million rasmlar ichidan tanlangan.

Ularning orasida O’zbekistonda olingan, oila og’lini o’qishga kuzatish marosimi aks etgan surat ham bor.

👉 Barcha suratlarni ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍165😁29👏107🫡5😍4🤓32🤯2💯2👨‍💻2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oddiy videolarni multfilmga aylantirib beruvchi neyrotarmoq — DomoAI

10 dan ortiq uslublar mavjud, piksel, Pixar, anime va boshqalar. Shuningdek, ushbu neyrotarmoqda rasm generatsiya qilishingiz va o’z rasmingiz uslubini o’zgartirishingiz ham mumkin. Discord'da ishlaydi, eng asosiysi bepul ishlatib ko’rishingiz mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍101🤯21🫡74👏4👨‍💻32🔥2💯2🤓2🤝2
📺 Texnobloger Markes Braunli (MKBHD) 2023-yilning eng yaxshi smartfonlarini aniqladi. «Yil smartfoni» asosiy nominatsiyasida g’oliblikni Google Pixel 8 egalladi.

Shuningdek, MKBHD boshqa nominatsiyalar bo'yicha ham g’oliblarni e’lon qildi:

– Eng yaxshi kamera: iPhone 15 Pro;
– Eng yaxshi batareya: iPhone 15 Plus;
– Eng yaxshi katta telefon: Samsung Galaxy S23 Ultra;
– Eng yaxshi ixcham telefon: Asus Zenfone 10;
– Eng yaxshi narx va sifat uyg’unligi: Samsung Galaxy A54.

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥133👍62🤓10👏5💯543👨‍💻3😇3🫡3🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu kompyuter grafikasi emas, oddiy optik illyuziyadir.

📟 DigiTech
🤯161👏32😁26🔥13👨‍💻4🫡43💯3🤓3🤝3🤩2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎮 Yaponlardan yana bir g’alati ixtiro — joystik yordamida yuzni boshqarish mumkin bo’lgan qurilma.

Maxsus dasturiy ta’minot mushaklarga elektr impulsini yuboradi va ular qisqaradi: masalan, R1 va L1 tugmalari ko’zlarni yumib ochadi.

Agar kimdir takrorlamoqchi bo’lsa, muallif qurilmani yig’ish bo’yicha hatto qo’llanma ham tayyorlagan.

📟 DigiTech
👍91😁84🤯29🤓6🫡544👨‍💻3🔥2💯2👏1
🖼️ Midjourney neyrotarmog’ining V6 versiyasida generatsiya qilingan tasvirlarni haqiqiy suratlardan ajratib bo’lmaydi.

Sun’iy intellekt texnologiyalari sohasidagi yetakchi kompaniyalardan biri bo’lgan Midjourney, o’z neyron tarmog’ining yangi modeli — Midjourney V6 ni ommaviy sinovdan o’tkazishni boshladi.

Yangi versiyasi matnli so’rovlarni yaxshiroq tushunadi va murakkab vizual sahnalarni sifatliroq generatsiya qiladi.

📟 DigiTech
👍110🤯56👏865🔥1😁1💯1😨1