AI | DigiTech
53.5K subscribers
2.86K photos
1.52K videos
2.58K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
⚡️Rockstar Games afsonaviy GTA IV ni ishlab chiqish uchun 100 million dollar sarflagan, o’yin ularga 2 milliard dollar daromad keltirdi.

O’n yil oldin chiqarilgan GTA V kompaniyaga 265 million dollarga tushgan va 7,7 milliard dollar daromad keltirgan.

Mish-mishlarga ko’ra, GTA VI ni ishlab chiqishga 2 milliard dollardan ortiq pul sarflangan. O’yinning bu qismi avvalgilariga qaraganda qanchalik muvaffaqiyatli bo’lishini esa vaqt ko’rsatadi.

Sizni fikringiz qanday, GTA VI kompaniyaga qancha daromad keltirishi mumkin?

📟 DigiTech
👍163🤯53🔥1110💯75👏4🤓3😡3👨‍💻2🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥽 Parvoz simulyatori

Germaniyaning ICAROS kompaniyasi antiqa simulyator qurilmalarni ishlab chiqaradi, ularga VR ko’zoynakni ulashingiz va virtual dunyoda parvoz qilishingiz mumkin.

Uning narxi 3220 dollar.

📟 DigiTech
👍91🔥19🤩12🤯4😁3💯2🤓2👨‍💻21🎉1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📦 Agar AliExpress'dan buyurtmangiz uzoq vaqtdan buyon kelmayotgan bo'lsa, ehtimol u hozir Xitoydagi omborxonada makkor konveyer bilan kurashayotgan bo’lishi mumkin :)

📟 DigiTech
😁358👍28🔥105🤓5🤯4🫡4💯3👨‍💻32👏2
⚡️OpenAI GPT-6 va GPT-7 savdo belgilarini ro’yxatdan o’tkazish uchun ariza berdi

Dunyoga mashhur OpenAI korporatsiyasi o’z 6 va 7-avlod GPT modellari uchun savdo belgilarini ro’yxatdan o’tkazishni boshladi. Ta’kidlash joizki, kompaniya endigina GPT-4 Turbo'ni joriy qilishni boshlagan.

Savdo belgisiga arizalar Xitoyda topshirildi. Korporatsiya xizmatlari hozircha Xitoyda mavjud emasligiga qaramay, kompaniya birinchi navbatda yangi xizmatlarini aynan shu mamlakatda joriy qilishni rejalashtirmoqda.

Taxminan bir yil oldin OpenAI o’zining innovatsion mahsuloti - ChatGPT chatbotini taqdim etdi, u butun dunyo bo’ylab mashhurlikka erishdi. O’tgan oy korporatsiya bosh direktori Sem Altman, kompaniya GPT-5 ustida ishlayotganini aytgan edi.

📟 DigiTech
👍100🔥12😡8😁4👨‍💻32💯21👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🛰️ Xitoyliklar Yerning noyob suratlarini olishga muvaffaq bo’lishdi. Xususiy kompaniya sun’iy yo‘ldoshga 360 graduslik kameralarni biriktirib, uni 500 km balandlikka jo’natdi.

Suratga olish uskunalari havo haroratining o’zgarishi, radiatsiya, uchish vaqtida yuzaga keladigan kuchli zarba va tebranishlar uchun chidamli qilindi. Shunday yo’l bilan yulduzlar va Somon yo’lini ham suratga olish rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
👏88👍48🤯11🔥106🫡4😁3👨‍💻32💯2🤓2
⚡️Ilon Maskning parvozlarini kuzatib borgan kollej talabasi Forbes jurnalining «30 Under 30» ro’yxatiga kirdi.

Jek texnologik tadbirkor sifatida tan olingan. U boy va mashhurlarning shaxsiy samolyotlarini kuzatib boruvchi botlarni yaratdi. Barcha ma’lumotlarni jurnalistlarga beradi.

Mask uni 5000 dollarga sotib olmoqchi bo’ldi, lekin bu ish bermagach, Jekning X (Twitter) akkauntlarini blokladi va maxfiylik siyosatini o’zgartirdi.

📟 DigiTech
😁334👍39🤯309🔥8🤓74👏4😡4👨‍💻3💯1
⚡️OpenAI'ning Q-Star sun’iy intellekt modeli haqida birinchi ma’lumotlar paydo bo’ldi

OpenAI'ning yangi mahsuloti, maxfiyligiga qaramay, allaqachon mashhurlikka erishgan. Mutaxassislarning fikricha, Q-star deb nomlangan loyiha sun’iy intellekt sohasida katta burilish bo’ladi.

Q-star Q Learning uslubida o’qitiladi, ya’ni bu unga jazo va mukofotlar orqali o’z harakatlarining to’g’riligini tushunish imkonini beradi. Ushbu yondashuv neyron tarmoqqa uning o’ziga xos harakati to’g’ri yoki xatoligini anglashga yordam beradi.

Shuningdek, u bir nechta mavjud yechimlardan eng yaxshisini tanlashga yordam beradigan qidiruv algoritmi bo’lgan A-star Search yordamida ham o’qitiladi. Algoritm muammoni hal qilishning eng qisqa yo’lini topish qobiliyati bilan mashhur.

Q-star loyihasi haqida hozircha juda kam ma’lumotlar mavjud, u insoniyat uchun jiddiy xavf tug’dirishi mumkin. Biroq boshqa tomondan, uning qobiliyatlari taraqqiyotda katta rivojlanishga ham olib kelishi mumkin.

📟 DigiTech
👍111😡15🤔11🔥873👨‍💻3🤯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Reklamada aytilmaydigan layfxak :)

📟 DigiTech
😁193👍39🤯186🤔6🔥4🫡4👏3💯3🤓2👨‍💻2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎿 AQSh'dagi startap boshqarish juda oson bo’lgan kichik chang’ini ishlab chiqdi

Snowfeet PRO chang’isini har qanday poyabzalga qotirish mumkin. Uzun chang’idan farqli o’laroq buni boshqarish juda oson, tezlashish va tormozlash ham ancha qulay.

Kickstarter platformasida oldindan buyurtma narxi — 189 dollar.

📟 DigiTech
🤯50👍47🔥865😁2🤓2👨‍💻2🤩1💯1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ovozni klonlay oladigan bepul HierSpeech++ neyrotarmog’i chiqdi

Ishlatish uchun "Prompt" maydonida klonlash kerak bo’lgan ovozni yuklaysiz va "Input Text" da ovoz berilishi kerak bo’lgan matnni kiritasiz. Hozircha faqat bitta kamchiligi bor — u faqat ingliz tilida ishlaydi, ammo ishlab chiquvchilar tez orada ko’p tillarni qo’llab-quvvatlaydigan modelni chiqarishga va’da berishmoqda.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍8718🔥13🤯7😡73🤓3👏2👨‍💻2🫡2💯1
⚡️Olimlar o’zi tiklanadigan betonni o’ylab topishdi

Drexel Universiteti Muhandislik Kolleji tadqiqotchilari, o’z yoriqlarini tiklay oladigan beton konstruksiyalarni yaratishga umid qilib, betonning chidamliligini oshirishning yangi usulini o’ylab topishdi.

Har xil qorishmalar orqali mustahkamlash avvaldan mavjud. Ammo Drexel tadqiqotchilari jamoasi mustahkamlovchi tolalarni jonli to’qimalar tizimiga aylantirib, bu usulni keyingi bosqichga olib chiqishmoqda, bu betonni «davolovchi» bakteriyalarni zararni tiklash uchun yoriqlarga yo’naltiradi.

Tadqiqotchilarning xabar berishicha, beton konstruktsiyaga o’rnatilgan biotolali to’r uning chidamliligini oshirishi, yoriqlar kattalashishini oldini olishi va o’zini tiklashga yordam berishi mumkin.

Beton konstruktsiyalar atrof-muhitga qarab atigi 50 yil ichida buzilishi mumkin. Yangi binolarni qurish va rekonstruktsiya qilishga talab ortib borayotganini hisobga olgan holda, beton dunyodagi eng ko’p ishlatiladigan qurilish materialidir.

📟 DigiTech
🔥120👍55🤯237👏6😨53🤓2🫡2💯1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaqinda bo’lib o’tgan Google taqdimotida, boshlovchi Gemini sun’iy intellektidan rasmni vektor formatga aylantirib berishini so’radi — natijani videoda ko’rishingiz mumkin :)

Qizig’i shundaki, video hali ham Google'ning rasmiy YouTube kanalida turibdi.

📟 DigiTech
😁158👍37🔥13🤔64🤯4👨‍💻4👏32💯1🤓1
📷 Har yili o’tkaziladigan «Shimol yog’dusi fotografi 2023» tanlovining g’oliblari e’lon qilindi.

Yaqinda Capture the Atlas kompaniyasi har yili o’tkaziladigan 2023 yilgi «Shimol yog’dusi fotografi» tanlovi g’oliblarini e’lon qildi, ularning orasida juda ajoyib suratlar mavjud.

Qolgan suratlarni izohlar bo’limiga yukladik.

📟 DigiTech
84👍5413🤩10😍8🤯6💯3👨‍💻3🔥2🥰2🤓2
⚡️Xitoydagi ushbu internat-maktab «World Architecture Festival» nufuzli tanloviga ko’ra 2023-yilning eng yaxshi binosi deb topildi.

Kampus mamlakat sharqidagi Nimbo shahrida joylashgan bo’lib, mahalliy Approach Design arxitektura studiyasi tomonidan loyihalashtirilgan.

Hududda 30 ta o’quv xonasi, yotoqxona, futbol maydoni, basketbol va tennis kortlari, tomda esa aylanma yo’lli bog’ mavjud.

📟 DigiTech
🤯82👍63129🔥6😍3👏2😁2👨‍💻2💯1🤓1