AI | DigiTech
52.8K subscribers
2.87K photos
1.52K videos
2.59K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🚢 Kemalar uchun ham liftlar borligini bilasizmi?

Eng kattasi Xitoydagi Vujiang daryosida joylashgan - u kemalarni to’g’on orqali o’tkazish uchun ishlatiladi. Uning asosi har biri 2,3 km uzunlikdagi kanallar bilan bog’langan uchta liftdan iborat.

📟 DigiTech
74👍51🤯26🔥7🤓7👏52🤩2💯2👨‍💻2🫡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💻 Taqdimotlar tayyorlab beruvchi neyrotarmoq

• Gamma AI
- matnli tavsif yordamida taqdimot tayyorlab beradi, hatto o’zi dizayn tanlab, rasm va videolar bilan ham boyitib beroladi. Unga GPT-4 ham ulangan. Bepul chegaralangan versiyasi mavjud.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍90🤯10👨‍💻6🤓54👏43🔥3💯3🤝3🫡3
⚡️AQSh'da elektromobillarni simsiz zaryadlovchi birinchi yo’l ishga tushirildi

Michigan shtatining Detroyt shahrida elektr transport vositalarini simsiz quvvatlaydigan birinchi umumiy foydalanishdagi yo’l ishga tushirildi. U davlat organlari tomonidan Electreon kompaniyasi bilan birgalikda loyihalashtirilgan va foydalanishga topshirilgan.

Yo’l Electreon kompaniyasining qabul qilgichlari bilan jihozlangan elektromobillarni quvvatlantira oladi. U elektromobil harakatlanayotganda to’g’ridan-to’g’ri batareyaga energiya uzatadi.

Albatta, uning zaryadlash tezligi an’anaviy stantsiyalarga qaraganda ancha past, yo’lning uzunligi ham hozircha faqat 400 metrni tashkil etadi. Biroq keyingi yildan boshlab bunday yo’llar tarmog’ini butun Michigan shtati bo’ylab kengaytirish rejalashtirilgan.

Zo’r g’oya o’ylashibdi, yo’lda yuraverasiz, mashina zaryadlanaveradi.

📟 DigiTech
👍202🤯3010🔥73😍3👏2🤔2🎉1💯1😨1
👓 Meizu'dan Cyberpunk uslubidagi yangi mahsulot - MYVU to’ldirilgan reallik ko’zoynaklari. Ular oddiy ko’zoynakdek ko’rinadi va ovoz yoki barmoqdagi uzuk bilan boshqariladi.

Bazaviy model tasvirni faqat yashil rangda ko’rsatadi, top versiyada esa rangli tasvir ko’rsatiladi: bundan tashqari, u premium darajadagi magniyli qotishma korpusiga ega.

Bazaviy versiyasi 350 dollar, top versiyasi esa 1400 dollar. Uzuk alohida 55 dollardan sotiladi.

📟 DigiTech
👍61👏14🔥84💯43🤯3😁2🎉2👨‍💻2😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Xitoyliklardan eng epik halokatga bardoshlik (crash test) testi.

Hongqi HS5 avtomobilini hayolga kelishi mumkin bo’lgan barcha ekstremal sinovlardan o’tkazishdi: unga olovli to’pni tashlashdi, devorlarni teshishdi, portlatishdi va boshqa mashinaning tomiga uloqtirishdi!

Bularning barchasi nima uchun degan savolga bizda ham javob yo’q, o’zimizga ham qiziq:)

📟 DigiTech
🤯91👍53😁20🔥1463😡3🤔2🤓2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥊 Round 1, Fight!: AQSh'da Nadya ismli robot-bokschini yasashdi

Aslida u odamlar uchun xavfli bo’lgan joylarda ishlarni bajarish uchun mo’ljallangan, ammo sinovlar jarayonida u boks bo’yicha ham yaxshi sherik ekanligi ma’lum bo’ldi.

📟 DigiTech
😁78👍29🔥11🤯86👏5💯3👨‍💻3🤓2🫡21
🤖 Keyingi haftadan boshlab Grok chatboti AQSh'dagi X Premium+ foydalanuvchilari uchun mavjud bo’ladi.

Asosiy raqobatchisi ChatGPT dan farqli o’laroq, Grok qat’iy axloqiy cheklovlarga ega emas va istehzoli javoblar berishga qodir.

Masalan, «4+5 javobi nima?» degan savolga sun’iy intellekt to’g’ri javob beradi va uni «Bu hatto odamlar uchun ham juda oddiy vazifa» iborasi bilan to’ldiradi.

📟 DigiTech
👍105😁49🔥94😡4👏2😨2🤔1
⚡️Rockstar Games afsonaviy GTA IV ni ishlab chiqish uchun 100 million dollar sarflagan, o’yin ularga 2 milliard dollar daromad keltirdi.

O’n yil oldin chiqarilgan GTA V kompaniyaga 265 million dollarga tushgan va 7,7 milliard dollar daromad keltirgan.

Mish-mishlarga ko’ra, GTA VI ni ishlab chiqishga 2 milliard dollardan ortiq pul sarflangan. O’yinning bu qismi avvalgilariga qaraganda qanchalik muvaffaqiyatli bo’lishini esa vaqt ko’rsatadi.

Sizni fikringiz qanday, GTA VI kompaniyaga qancha daromad keltirishi mumkin?

📟 DigiTech
👍163🤯53🔥1110💯75👏4🤓3😡3👨‍💻2🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥽 Parvoz simulyatori

Germaniyaning ICAROS kompaniyasi antiqa simulyator qurilmalarni ishlab chiqaradi, ularga VR ko’zoynakni ulashingiz va virtual dunyoda parvoz qilishingiz mumkin.

Uning narxi 3220 dollar.

📟 DigiTech
👍91🔥19🤩12🤯4😁3💯2🤓2👨‍💻21🎉1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📦 Agar AliExpress'dan buyurtmangiz uzoq vaqtdan buyon kelmayotgan bo'lsa, ehtimol u hozir Xitoydagi omborxonada makkor konveyer bilan kurashayotgan bo’lishi mumkin :)

📟 DigiTech
😁358👍28🔥105🤓5🤯4🫡4💯3👨‍💻32👏2
⚡️OpenAI GPT-6 va GPT-7 savdo belgilarini ro’yxatdan o’tkazish uchun ariza berdi

Dunyoga mashhur OpenAI korporatsiyasi o’z 6 va 7-avlod GPT modellari uchun savdo belgilarini ro’yxatdan o’tkazishni boshladi. Ta’kidlash joizki, kompaniya endigina GPT-4 Turbo'ni joriy qilishni boshlagan.

Savdo belgisiga arizalar Xitoyda topshirildi. Korporatsiya xizmatlari hozircha Xitoyda mavjud emasligiga qaramay, kompaniya birinchi navbatda yangi xizmatlarini aynan shu mamlakatda joriy qilishni rejalashtirmoqda.

Taxminan bir yil oldin OpenAI o’zining innovatsion mahsuloti - ChatGPT chatbotini taqdim etdi, u butun dunyo bo’ylab mashhurlikka erishdi. O’tgan oy korporatsiya bosh direktori Sem Altman, kompaniya GPT-5 ustida ishlayotganini aytgan edi.

📟 DigiTech
👍100🔥12😡8😁4👨‍💻32💯21👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🛰️ Xitoyliklar Yerning noyob suratlarini olishga muvaffaq bo’lishdi. Xususiy kompaniya sun’iy yo‘ldoshga 360 graduslik kameralarni biriktirib, uni 500 km balandlikka jo’natdi.

Suratga olish uskunalari havo haroratining o’zgarishi, radiatsiya, uchish vaqtida yuzaga keladigan kuchli zarba va tebranishlar uchun chidamli qilindi. Shunday yo’l bilan yulduzlar va Somon yo’lini ham suratga olish rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
👏88👍48🤯11🔥106🫡4😁3👨‍💻32💯2🤓2
⚡️Ilon Maskning parvozlarini kuzatib borgan kollej talabasi Forbes jurnalining «30 Under 30» ro’yxatiga kirdi.

Jek texnologik tadbirkor sifatida tan olingan. U boy va mashhurlarning shaxsiy samolyotlarini kuzatib boruvchi botlarni yaratdi. Barcha ma’lumotlarni jurnalistlarga beradi.

Mask uni 5000 dollarga sotib olmoqchi bo’ldi, lekin bu ish bermagach, Jekning X (Twitter) akkauntlarini blokladi va maxfiylik siyosatini o’zgartirdi.

📟 DigiTech
😁334👍39🤯309🔥8🤓74👏4😡4👨‍💻3💯1
⚡️OpenAI'ning Q-Star sun’iy intellekt modeli haqida birinchi ma’lumotlar paydo bo’ldi

OpenAI'ning yangi mahsuloti, maxfiyligiga qaramay, allaqachon mashhurlikka erishgan. Mutaxassislarning fikricha, Q-star deb nomlangan loyiha sun’iy intellekt sohasida katta burilish bo’ladi.

Q-star Q Learning uslubida o’qitiladi, ya’ni bu unga jazo va mukofotlar orqali o’z harakatlarining to’g’riligini tushunish imkonini beradi. Ushbu yondashuv neyron tarmoqqa uning o’ziga xos harakati to’g’ri yoki xatoligini anglashga yordam beradi.

Shuningdek, u bir nechta mavjud yechimlardan eng yaxshisini tanlashga yordam beradigan qidiruv algoritmi bo’lgan A-star Search yordamida ham o’qitiladi. Algoritm muammoni hal qilishning eng qisqa yo’lini topish qobiliyati bilan mashhur.

Q-star loyihasi haqida hozircha juda kam ma’lumotlar mavjud, u insoniyat uchun jiddiy xavf tug’dirishi mumkin. Biroq boshqa tomondan, uning qobiliyatlari taraqqiyotda katta rivojlanishga ham olib kelishi mumkin.

📟 DigiTech
👍111😡15🤔11🔥873👨‍💻3🤯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Reklamada aytilmaydigan layfxak :)

📟 DigiTech
😁193👍39🤯186🤔6🔥4🫡4👏3💯3🤓2👨‍💻2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎿 AQSh'dagi startap boshqarish juda oson bo’lgan kichik chang’ini ishlab chiqdi

Snowfeet PRO chang’isini har qanday poyabzalga qotirish mumkin. Uzun chang’idan farqli o’laroq buni boshqarish juda oson, tezlashish va tormozlash ham ancha qulay.

Kickstarter platformasida oldindan buyurtma narxi — 189 dollar.

📟 DigiTech
🤯50👍47🔥865😁2🤓2👨‍💻2🤩1💯1🫡1