AI | DigiTech
52.6K subscribers
2.88K photos
1.52K videos
2.6K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🛰️ Olimlarning fikricha, 2024-yil boshida quyoshdagi kuchli bo’ronlar Yerni bir necha hafta internetsiz qoldirishi mumkin.

Har 11 yilda Quyosh «quyosh maksimali» deb nomlanuvchi fazadan o'tadi, uning yuzasida qora dog’lar paydo bo’ladi. Bu dog’lar portlab kuchli energiya chiqaradi. Ushbu magnit bo’roni sun’iy yo’ldoshlarni ishdan chiqarishi va bizni aloqa va navigatsiyadan mahrum qilishi mumkin.

Yaxshi yangilik ham bor: Internet bo’lmasa-da, shimoliy yog’dulardan bahramand bo’lishingiz mumkin, ular quyoshdagi chaqnashlardan keyin paydo bo’ladi.

📟 DigiTech
🤯181👍83😁51😨12🤔9🔥7🎉65🫡5🤝3💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎸Kuzma nomli robo-gitara ixtiro qilindi, u har qanday musiqani 24/7 ijro eta oladi.

Ushbu qurilmani amerikalik muhandis Maykl Kuzma ixtiro qildi. Maxsus qurilma kompyuter dasturiga ulangan bo’lib, tanlangan musiqani ijro etadi. Uni har xil gitaralarga qotirish mumkin.

Ko’cha musiqachilari tez orada o’z ishini Kuzma'ga topshirishadi shekilli :)

📟 DigiTech
57👍38😁13🤯85🔥5👏3🤓3🫡3💯2👨‍💻2
📲 Bloomberg: Microsoft iOS va iPadOS’da uchinchi tomon ilova do’konlaridan birini birinchi bo’lib ishga tushirishi mumkin.

Kompaniya allaqachon Apple qurilmalarida raqamli mobil o’yinlar do’konini ishga tushirishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Sentyabr oyida Apple Yevropa Ittifoqining monopoliyaga qarshi kurashish organlari talabiga binoan uchinchi tomon kompaniyalariga iOS va iPadOS’da o’z ilovalar do’konlarini ochishga ruxsat berishi, shuningdek, App Store'ni chetlab o’tuvchi to’lov usullarini taqdim etishi kerak edi.

Apple 2024-yil 6-martgacha Yevropa Ittifoqi talablarini bajarishi kerak. Microsoft hali o’z do’konini ishga tushirish sanasini ochiqlamadi, ammo bu 2024-yilda bo’lishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
👍61🔥864🤯3🫡3💯2🎉1
⚡️Uill Smit "Men afsonaman" filmining davomi ustida ish boshlanganini e’lon qildi

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo’lib o’tgan xalqaro kinofestivalda Smit allaqachon ssenariyni olganini va tez orada Maykl B. Jordan bilan telefonda suhbatlashishi va u bilan filmni hamkorlikda suratga olishini aytdi. Shuningdek Smit filmdagi o’z roliga qaytadi.

Syujet asl filmning alternativ yakuniga asoslangan bo’ladi, unda Smit o’ynagan qahramon omon qolgan. Ssenariy "The Last of Us" o’yinidan ilhomlanilgan.

Boshqa tafsilotlar hozircha sir saqlanmoqda.

📟 DigiTech
👍168🔥22😨12🤯854🎉3🤓3🫡3🤝2💯1
🥽 Rossiyada startap jarrohlar uchun rentgen ko’rish effektiga ega ko’zoynaklar ishlab chiqdi

“Skolkovo” rezidenti tibbiyot sohasidagi xodimlar uchun foydali bo’lgan noyob ishlanmani namoyish etdi. Uning yordamida jarrohlar rentgen ko’rish xususiyatiga ega bo’lgan yangi ko’zoynaklarda ishlay olishadi.

“Medjitan vijn” deb nomlangan jarrohlik uchun navigatsiya tizimi to’ldirilgan reallik (AR) texnologiyasidan foydalanadi. Startapga ushbu ko’zoynakni ishlab chiqish uchun taxminan 30 million rubl kerak bo’ldi, qurilma sotuvlari kelgusi yildan boshlanadi.

Ishlab chiquvchilarning fikriga ko’ra, noyob ko’zoynaklar MRT yoki KT ma’lumotlariga asoslanib, bemorning ichki tuzilishining gologrammasini yaratadi va uni ko’zoynakga yetkazib beradi, so’ng tasvirni bemorning tanasi bilan aniq bog’laydi. Bu texnologiya shifokorlarga bemorni nafaqat yuzaki, balki "ichkaridan" ham kuzatish imkoniyatini beradi.

📟 DigiTech
👍112🔥8👏431💯1😇1
⚡️Dengiz va tog’larning uyg’unligi: Saudiya Arabistoni yangi qurilish haqida e’lon qildi

Hududlarni rivojlantirish agentligi Neom hashamatli mehmonxona bo’ladigan Siranna nomli yangi majmua loyihasini ko’rsatdi. Asosiy g’oya futuristik ko’p qavatli uyni iloji boricha organik ko’rinishi uchun tog’ landshaftiga moslashtirishdir.

Siranna Aqaba ko’rfazida joylashadi va unga faqat dengiz orqali borish mumkin bo’ladi.

📟 DigiTech
🤯103👍70🔥9🤩9👏852🫡2🤔1🎉1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Rassom qanday qilib KREA neyrotarmog’ida eskizlarni real vaqt rejimida rasmga aylantirish mumkinligini ko’rsatdi. Avvallari bunday rasm chizish uchun soatlab vaqt ketardi, hozir neyrotarmoqlar yordamida buni 10 daqiqada qilish mumkin.

Eng muhimi istagan odam bu neyrotarmoqni bepul sinab ko’rishi mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
🔥53👍24🤯744🥰4💯3👨‍💻3👏2🤓2😍1
⚡️Meta, IBM, Intel, NASA, Stability AI va boshqalar xavfsiz sun’iy intellektlar uchun birlashishdi.

AI Alliance butun dunyodan 50 dan ortiq kompaniya, tadqiqot institutlari va universitetlarni o’z ichiga oladi. Umumiy maqsad ochiq, xavfsiz, mas’uliyatli sun’iy intellekt yaratish. Nimalar qilish rejalashtirilgan:

— Ochiq SI modellari ekotizimini ilgari surish.
— Mas’uliyatli SI'ni ishlab chiqish uchun baholash tizimlarini ishga tushirish.
— SI yaratish uchun apparat texnologiyalarni rivojlantirish.
— Ochiq kodli SI ishlab chiquvchilarini rag’batlantirish.

Bu ro’yxatda Microsoft va OpenAI-ni ko’rmayapmiz: ular taklif qilinmaganmi yoki o’zlari xohlashmayaptimi?

📟 DigiTech
40👍33🤯84🔥4🤓2👨‍💻2👏1🤩1💯1🫡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Hacksmith Industries YouTube kanali mualliflari o’z garajlarida ko'z bilan boshqariladigan, yelkada turuvchi lazerlarni yasashdi.

Barcha simlar ryukzakga yashirilgan, ko’zlash tizimi esa ko’zoynakga o’rnatilgan. Bu lazer metallni kesa olmaydiku, lekin havo shari va rezinani be’malol teshadi.

📟 DigiTech
🤯95👍34👏104🤓4😁2🤩2🫡21💯1👨‍💻1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Google kutilmaganda o’zining yangi Gemini sun’iy intellektni chiqardi — bu matn, audio, video va tasvirlar bilan ishlay oladigan multimodal neyron tarmoqdir. Uning uchta versiyasi mavjud bo’ladi:

Nano — oddiy vazifalar uchun mo’ljallangan, uni allaqachon Pixel 8 Pro smartfonida sinab ko’rish mumkin.

Pro — murakkab vazifalar uchun mo’ljallangan versiyasi, bugundan boshlab Bard chatbotida ishlaydi.

Ultra — eng ilg’or model, keyingi yildan ishga tushiriladi. Model MMLU testlarida 90% natija ko’rsatdi, bu GPT-4V ko’rsatgan natijadan ham yaxshiroq.

Yaqin oylarda Gemini kompaniyaning boshqa mahsulotlariga ham integratsiya qilinadi: qidiruv, reklama, Chrome brauzeri va boshqalar.

U nimalarga qodirligini videoda ko’rishingiz mumkin.

📟 DigiTech
🔥57👍32🤯12😨632🤓2👨‍💻2🥰1🎉1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏭 Kun videosi: Minglab xitoylik ishchilar bir kunlik ishdan keyin kemasozlik zavodini tark etishmoqda.

Uning hududi shunchalik kattaki, hatto bir kichik bo’limi ichida yurish uchun uzoq vaqt kerak bo’ladi: u yerda burg’ulash platformalari, shamol turbinalarini o’rnatish uchun kemalar va tankerlar ishlab chiqariladi.

📟 DigiTech
🤯94👍488🔥5👨‍💻43👏2🤓2🫡2💯1
🚢 Kemalar uchun ham liftlar borligini bilasizmi?

Eng kattasi Xitoydagi Vujiang daryosida joylashgan - u kemalarni to’g’on orqali o’tkazish uchun ishlatiladi. Uning asosi har biri 2,3 km uzunlikdagi kanallar bilan bog’langan uchta liftdan iborat.

📟 DigiTech
74👍51🤯26🔥7🤓7👏52🤩2💯2👨‍💻2🫡2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💻 Taqdimotlar tayyorlab beruvchi neyrotarmoq

• Gamma AI
- matnli tavsif yordamida taqdimot tayyorlab beradi, hatto o’zi dizayn tanlab, rasm va videolar bilan ham boyitib beroladi. Unga GPT-4 ham ulangan. Bepul chegaralangan versiyasi mavjud.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍90🤯10👨‍💻6🤓54👏43🔥3💯3🤝3🫡3