AI | DigiTech
58.1K subscribers
2.89K photos
1.52K videos
2.6K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🚘 2022-yilda eng kuchli elektromobilni chiqargan Lucid Motors kompaniyasi yangi ultra-aerodinamik Gravity elektromobilini namoyish etdi.

Eng zo’r konfiguratsiyasida 100 km/soat tezlikka 3,5 soniyada erishadi, bir zaryadda 708 km masofani bosib o’tadi va 15 daqiqada 45 foizgacha tez quvvatlanadi. Ichki qismida ulkan displeylar, charm va o’nlab dinamiklar mavjud.

AQSh'da narxi 87 000 dollardan, ishlab chiqarish 2024-yil oxirigacha boshlanadi.

📟 DigiTech
👍107🔥13😁833🤯3🤓2🎉1💯1👨‍💻1🤝1
🍔 Tadqiqot: Fast-food iste’mol qilish IQ'ni pasaytiradi

Buyuk Britaniyalik olimlarning fikriga ko’ra, oziq-ovqat tarkibidagi yuqori uglevod va shakar miqdori aql va ruhiy salomatlikka ta’sir qiladi. Gamburgerlar va shakarli ichimliklar yangi avlodning IQ'si o’rtacha 7% ga pasayishiga olib kelgan.

Fast-food'da muhim ozuqaviy moddalar yetishmaydi va miya faoliyatini sekinlashtiradi. Professor Maykl Kroufordning ta’kidlashicha, inson miyasining hajmi dahshatli 20 foizga qisqargan va buning natijasida IQ ko’rsatkichlari doimiy ravishda pasayib bormoqda. Ruhiy kasallik holatlari esa o’sib bormoqda.

Bunga yechim: Omega-3 ga boy dengiz mahsulotlarini iste’mol qilish IQ'ni o’stiradi.

📟 DigiTech
🤯67👍48😨10🫡6💯53👏3🔥2🎉2🤓2👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🛫 Kecha shunday samolyotda uchdim — degan xabarlarni ko’rsangiz ishonavermang. Bu Stable Video Diffusion neyrotarmog’ida yaratilgan :)

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁191👍36🤯10👨‍💻10🫡744🤓4🔥2💯2🤔1
🌳Sayyoramizdagi eng baland daraxt.

Kaliforniyaning «Redwood» bog’ida taxminan 800 yoshli gigant o’sadi, unga Giperion nomi ham berilgan. Balandligi 115 metr: Ozodlik haykali va Big-Bendan kattaroq.

Bu go’zallikni saqlab qolish uchun hatto daraxtga yaqinlashish ham taqiqlangan. Qoidabuzarlar 6 oy qamoq va 5000 dollar jarimaga tortilishi mumkin.

📟 DigiTech
🤯205👍123🤩18🔥65👏43🎉2🤓2💯1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗑️ Tokioda chiqindilarni yig’ish bo’yicha tarixdagi birinchi «jahon chempionati» bo’lib o’tdi.

Yaponiyada «Spogomi» chempionati bo’lib o’tdi. 20 ta davlatdan jamoalar 90 daqiqada imkon qadar ko’proq chiqindilarni yig’ishlari kerak edi. Eng chaqqonlar Britaniyaliklar bo’lib chiqdi, ular ko’chalardan 57 kg chiqindilarni yig’ishga ulgurishgan.

Bizda ham shunday musobaqalarni uyushtirish kerak.

📟 DigiTech
👍33324👏14🔥12🤯9🤩64👨‍💻3🤝3😍2💯2
📱Samsung Galaxy S24 birinchi sun’iy intellektli smartfon bo’ladimi?

Kompaniya Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyada AI Phone va AI Smartphone savdo belgilarini ro’yxatdan o’tkazishga ariza topshirdi. Bu nomlarni ro’yxatdan o’tkazishga rozi bo’lishadimi yoki yo’q hali noma'lum, lekin Samsung'ni bu smartfon bo’yicha pozitsiyasi aniq: birinchi AI smartfoni.

Samsung avvalroq Galaxy S24 smartfoni kompaniya o’zi chiqargan Gauss sun’iy intellektiga ega bo’lishini e’lon qilgan edi.

📟 DigiTech
🤯116👍40👏38👨‍💻76🤓64🔥3💯3🤩2🎉1
Qiziqarli uy jihozlarini yasovchi Xitoylik.

Bu yigit yog’och yordamida juda antiqa narsalarni yasaydi, kengayadigan soat, origami-o’rindiq, teginganda yonadigan stol va boshqalar.

📟 DigiTech
👍9612👏75🔥5🤯5🤩5🤓3🥰2💯2👨‍💻2
🚘 Huawei va Chery o’zlarining birinchi qo’shma avtomobili — Luxeed S7 elektrosedanini chiqarishdi.

Top versiyasida 100 km/soat tezlikka 3,3 soniyada erishadi va bir zaryadda 855 km masofani bosib o’tadi. Shuningdek, oval rul, o’nlab radar va kameralar asosida ishlovchi avtopilot bilan jihozlangan.

Xitoyda narxi 35 200 dollardan boshlanadi.

Har xil mashinalardan ozginadan ko’chirib chiqishganga o’xshaydi :)

📟 DigiTech
👍106😁209👨‍💻5🤯4🎉4🔥32🤩2💯2👏1