AI | DigiTech
52.8K subscribers
2.87K photos
1.52K videos
2.59K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🚘 Xitoyliklar kosmik kemaga o’xshash — dvigateli 1305 ot kuchiga ega HiPhi A elektr superkarini namoyish etishdi. U 100 km/soat tezlikka atigi 2,07 soniyada erishadi.

Ichki qismi lyuks uslubda ishlangan, yon o’ynalari o’rniga 4K kameralar o’rnatilgan, kuzov qisman uglerod tolasidan ishlangan, orqa eshiklari esa Rolls Royce kabi ochiladi.

Avtomobil faqat 2025 yilda sotuvga chiqariladi, shu sabab taxminiy narxni hozircha aytishmadi.

Brendning hatto hozirgi HiPhi Z avtomobili eng texnologik mashinalardan biri hisoblanadi. HiPhi A modelida qanday texnologiyalar bo’lishini esa tasavvur qilish qiyin.

📟 DigiTech
👍107🤩211810🤯8👏4👨‍💻3💯2🤓2🥰1😍1
🏔️ Antarktidada vaqt oralig’ida qotib qolgan «yashirin dunyo» topildi

Xalqaro olimlar guruhi Antarktida muzlari ostida yashiringan qadimiy daryolar, ulkan tepaliklar va vodiylar landshaftini aniqlashganini ma’lum qilishdi. U millionlab yillar davomida tom ma’noda "vaqtda qotib qolgan".

Ma’lum bo’lishicha, muzlar ostida topilgan landshaftning maydoni Belgiya hududidan kattaroqdir. Olimlarning fikriga ko’ra, u "vaqtda muzlatilgan", chunki millionlab yillar davomida o’zgarishsiz turgan. Uni topishga qisman global isish sabab muzlarning erishi yordam berdi.

«Bu 32 000 kvadrat kilometr maydonda bir vaqtlar o’rmonlar va ehtimol hayvonlar yashaydigan joy bo’lgan. Ammo keyin muzlab, "vaqt oralig’ida qotib qolgan”. Bu yashirin olamga oxirgi marta qachon quyosh nuri tushganini aniqlash qiyin.» — deydi tadqiqot yetakchisi Styuart Jeymison.

Ba’zi tadqiqotchilar bu kamida 14 million yil oldin sodir bo’lgan degan fikrdalar. Lekin yanada chuqurroq qaraydigan Jeymison fikricha, "yashirin dunyo" oxirgi marta quyosh nurini 34 million yil oldin, Antarktida birinchi marta muzlagan paytda ko’rgan.

📟 DigiTech
👍143😍21🔥13😁12🤯1144🤔4🫡4👏2🎉2
⛰️ Alp tog’larida, 2667 metr balandlikda, sayyoradagi eng go'zal manzaralardan birini ko’rish mumkin bo’lgan kichik kulba joylashgan.

Uy Bivouac Fanton deb ataladi va alpinistlar uchun boshpana sifatida ishlatiladi. Ichkarida 12 kishilik ikki qavatli karavotlar va qoyaning eng chekkasida ulkan deraza bor.

📟 DigiTech
👍109😍139🔥9😨8🤩65👏5🤓3🤯2💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 Sun’iy intellekt videoqo’ng’iroqlar vaqtida xonani «tozalaydi»

Microsoft Teams'ga yangi funksiya qo’shildi, u videoqo’ng’iroqda fondagi tartibsizliklarni olib tashlab, yangi yil chiroqlari, o’simliklar va boshqa dekoratsiyalarni qo’sha oladi. Funksiya Microsoft Ignite 2023 tadbirida namoyish etildi.

Bundan tashqari, Teams ovozni ajratib olish xususiyatiga ega: SI sizning ovozingizni taniydi va barcha tashqi shovqinlarni olib tashlaydi.

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥72👍31🤯27👏53🤩3👨‍💻3😨3🤓2🤝2💯1
⚡️Sun’iy intellekt mutaxassislari boshqa IT mutaxassislariga qaraganda ko’proq maosh olishadi

Levels.fyi hisoboti shuni ko’rsatadiki, sun’iy intellekt bo’yicha mutaxassislar boshqa IT kasblariga qaraganda 8-12,5% ko’proq maosh oladi.

Yetakchi mutaxassis yiliga 200 ming dollardan 370 ming dollargacha maosh oladi, ayrim kompaniyalarda bu ko’rsatkich 450 ming dollarga yetishi mumkin. Bundan tashqari, bonuslar va aksiyalar ish haqqini 800 ming dollargacha oshirishi mumkin.

Bu sohani hozirdan o’rganishni boshlasangiz kelajakda aniq ishsiz qolmaysiz.

📟 DigiTech
👍8438👏5🤯54🔥3🤓3🤔2🎉2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sun’iy intellekt ob-havoni meteorologlardan yaxshiroq bashorat qildi

Google DeepMind'ning yangi GraphCast modeli, hozirda ob-havoni bashorat qilishda ishlatilinayotgan eng yaxshi qurilmadan ham aniqroq bo’lib chiqdi. GraphCast Kanadadagi Li dovulini meteorologlardan uch kun oldin bashorat qilgan.

GraphCast grafik neyron tarmoqlarga asoslangan bo’lib, o’n yillik ob-havo ma’lumotlari va sayyoramizning jismoniy kuzatuvlari asosidagi ma’lumotlar bo’yicha o’qitilgan.

📟 DigiTech
👍88🤯32😁5😨5🔥32💯2🤓1👨‍💻1🤝1🫡1
📱 Apple kompaniyasi Interbrand Corp. reytingi bo’yicha, 100 ta eng qimmat brendlarning yillik reytingida o'n birinchi marta yetakchi bo’ldi.

Kompaniyaning qiymati 502,6 milliard dollarga baholandi. Top-10 talikdagi kompaniyalar:

Microsoft ($316,6 mlrd);
Amazon ($276,9 mlrd);
Google ($260,2 mlrd);
Samsung ($91,4 mlrd);
Toyota ($64,5 mlrd);
Mercedes-Benz ($61,4 mlrd);
Coca-Cola ($58 mlrd dollar);
Nike ($53,7 mlrd);
BMW ($51,1 mlrd).

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍109🤯159👏76🎉5💯5😨4👨‍💻3🔥2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Runway jamoasi o’zining Gen-2 neyron tarmog’i asosida onlayn “televideniye”ni ishga tushirdi.

Bu Runway foydalanuvchilari tomonidan neyron tarmoq yordamida yaratilgan videolar, qisqa metrajli filmlar va kliplar namoyish etiladigan cheksiz translyatsiyadir.

Ular juda g'ayrioddiy va g’alati, translyatsiya xuddi multi olamlardan uzatilayotganga o’xshaydi :)

👉
Translyatsiyaga havola.

📟 DigiTech
👏28👍27🔥5🤯43🤩3💯3🫡3👨‍💻2😁1😨1
👨‍💻 Yangi boshlayotganlar uchun Microsoft'dan bepul generativ sun’iy intellekt kursi

Generativ SI yordamida qanday turli xil ilovalarni yaratishni o’rganish mavzusida Github'da 12 ta bepul darslar mavjud. Darslarda turli til modellarini (LLM) o’rganish va taqqoslash, prompt-muhandisligi asoslari va SI ilovalarini yaratish o’rgatilgan.

👉 Github'ga havola.

Bunday top kompaniyalar bepul kurslar chiqarganda albatta o’rganish kerak.

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍588🔥6🤯4👨‍💻32🎉2👏1😁1😡1
⚡️Bill Geyts fikricha, sun’iy intellekt tufayli odamlar tez orada haftada atigi 3 kun ishlashadi

Milliarder va Microsoft asoschisi Bill Geyts, sun’iy intellekt yo’nalishidagi yutuqlar standart ish haftasini uch kungacha qisqarishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi. Bu haqda u «What Now?» podkastiga bergan intervyusida aytib o’tdi, deb yozadi Business Insider.

Podkast boshlovchisi Trevor Noa'dan sun’iy intellektning rivojlanishi ish joylariga tahdid soladimi, degan savoliga Geyts shunday vaqt keladiki, odamlar «hozirchalik ko’p vaqt ishlashlari shart bo’lmaydi» deb javob berdi. Uning tasavvuricha «robotlar barcha oziq-ovqat va boshqa narsalarni ishlab chiqaradigan» bo’ladi.

📟 DigiTech
👍120🤯357😨7🔥5🤔5😡5👏21🫡1
Yaponlarning velolyoti

Uchish va havoda qolish uchun juda ko’p harakat qilib faol ravishda pedallarni aylantirish kerak.

Yaponiyada bu alohida sport turi hisoblanadi va har yili u bo’yicha musobaqalar o’tkaziladi: eng uzoqqa uchgan g’alaba qozonadi.

📟 DigiTech
👍9612🤓11😁10🔥64👏3👨‍💻3🤯2💯2