AI | DigiTech
53.2K subscribers
2.87K photos
1.52K videos
2.59K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🎶 YouTube musiqa yaratish uchun ikkita yangi sun’iy intellekt vositasini namoyish etdi

Birinchisi: Dream Track deb ataladi. U yulduzlar ovozi bilan matnli tavsif asosida 30 soniyali qo’shiq yaratish imkonini beradi. Bir nechta mashhur qo’shiqchilar allaqachon Dream Track'ga o’z ovozlarini yozib berishgan, shu jumladan: Alek Benjamin, Charli Put, Demi Lovato, Sia, T-Pain va boshqalar.

Ikkinchisi: Music AI deb ataladi. Uning yordamida foydalanuvchi kuyni kuylashi va shu kuylagan ovozi qaysi musiqa asbobi ovoziga aylantirilishini tanlashi mumkin. Videoga qaraganda juda ham zo’r ishlaydi, qoil.

Bunday yaratilgan musiqalar SynthID kodi bilan shifrlanadi, uni inson qulog’i eshitmaydi. Bu sun’iy intellekt yaratgan musiqani haqiqiy odamnikidan ajratish uchun qilingan.

Hozircha yangi SI vositalari tanlangan blogerlar o’rtasida yopiq sinovdan o’tkazilmoqda. Ommaviy chiqarilish sanasi noma’lum.

📟 DigiTech
👍56🔥138💯4👨‍💻43🤯3🤓3😡2
🛺 AQSh'da ham yo’llarda yura oladigan ham uchib keta oladigan tritsikl-transformer sinovdan o’tkazilmoqda.

Bu narsa yerda 200 km/soatgacha, havoda esa 322 km/soatgacha tezlasha oladi, to’liq yonilg’i baki 724 km masofaga yetadi. Yo’llarda oddiy haydovchilik guvohnomasi bilan haydash mumkin, lekin uchish uchun uchuvchilik litsenziyasi kerak bo’ladi.

Hozircha sotuvlar boshlanish sanasi haqida ma’lumot yo’q, lekin oldindan buyurtma berish mumkin. Narxi 170 000 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
👏71👍429💯85🔥4🤓3👨‍💻2🫡2🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 Microsoft, Google, Garvard va DeepLearning bepul sun’iy intellekt kurslarini chiqardi

Agar siz generativ modellar va sun’iy intellektdan foydalangan holda professional ishni o’rganmoqchi bo’lsangiz, dunyodagi eng yaxshi kompaniyalar va universitetlar sizga bu borada yordam berish uchun bepul kurslarni tayyorlab qo’ygan.

Eng qiziqarli kurslar ro’yxati:

- Google-dan generativ SI'ga kirish kursi;
- Garvard CS50 kursi: Python yordamida SI'ni ishga tushirish;
- Microsoft «Generativ SI nima?»;
- DeepLearning Generativ SI barcha uchun.

Kurslarni ko’rish uchun havolalarni ustiga bosing. Barcha kurslar ingliz tilida.

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍839🎉8🔥43👏2🤓2👨‍💻2💯1🤝1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎯 Robot chiter

Muhandis faqat peshonaga ko’zlovchi maxsus algoritmni ishlab chiqdi va uni kichik robotga o’rnatdi, natijani videoda ko’rishingiz mumkin.

📟 DigiTech
👏86🤯36👍33😁17🔥10🫡5👨‍💻32🤓2😨2💯1
⚡️Saudiya Arabistonida Epicon nomli hashamatli dam olish maskani quriladi, u kelajak haqidagi filmlardagi fantaziyalarga o’xshaydi.

Sohilda suvga kirish imkoni bo’lgan kvartiralar va villalar bo’ladi, biroz uzoqroqda esa balandligi 275 va 225 metr bo’lgan ikkita minora quriladi, ikkovida ham hashamatli mehmonxona ochiladi.

U qurilishi allaqachon boshlangan ko’zgu osmono’par-shahar The Line yonida quriladi. Loyiha qurilish vaqti haqida hozircha ma’lumotlar yo’q.

📟 DigiTech
👍8720🤯18👏6🔥54🤓3👨‍💻3🤩2💯2🫡2
📲 iPhone 15 seriyasida 5G tezligi iPhone 14 ga qaraganda sezilarli darajada oshgan

Ookla kompaniyasi tezlikni Speedtest orqali o’lchaganida, AQShda iPhone 15 ning 5G da yuklab olish tezligi iPhone 14 ga nisbatan 54 foizga oshganini aniqladi. iPhone 15 Pro Max'da o’rtacha tezlik 285 Mbit/soniyani tashkil etdi.

iPhone 15 ga Qualcomm X65 o’rniga yangi Qualcomm X70 5G modemi o’rnatilgan.

📟 DigiTech
👍105👏10🫡10🤯8🔥54💯32😁1👨‍💻1
🎥 Runway o’zining neyrotarmoqlarini yangiladi va qo’shimcha funksiyalarni qo’shdi:

– GEN-2 yordamida endi istalgan rasmni animatsiyaga aylantirish mumkin, buning uchun rasmni kerakli joyini belgilash kifoya;

– GEN-2 neyrotarmog’iga har xil tayyor uslublar qo’shildi, endi avvalgiday uzun matnli so’rov yozish shart emas;

– Tasvir yaratuvchi neyrotarmoq endi haqiqiy fotograf tomonidan olingandek realistik rasmlar yaratadi.

Shuningdek yana ko’plab qo’shimcha funksiyalar qo’shilgan, eng muhimi istagan odam barchasini BEPUL sinab ko’rishi mumkin.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

Sinab ko’rib izohlarda natijalar bilan bo’lishishingiz mumkin, ro’yxatdan o’tishga erinmasangiz albatta :)

📟 DigiTech
👏42👍377🎉5🔥3😁32👨‍💻2🫡2🤯1💯1
⚡️Eng katta kriptovalyuta birjasi bo’lgan Binance AQSh'ga 4.3 milliard dollar jarima to’laydi, birja asoschisi esa iste’foga chiqadi

Bu Binance va AQSh Adliya vazirligi o’rtasidagi kelishuvning dastlabki shartlaridir. Kompaniya pul yuvish ishi bo’yicha aybini tan olishi, jarima to’lashi va CZ nomi bilan tanilgan bosh direktor Changpeng Chjaoni lavozimidan chetlashtirishi kerak.

Chjao birjadan pul yuvish uchun foydalanganini tan oldi, yuqoridagi summadan 50 million dollarni u shaxsan o’zi to’laydi.

📟 DigiTech
👍87😁12😨10🔥5🤔52👨‍💻2👏1😡1
⚡️Sem Altman OpenAI'ga qaytadi. Direktorlar kengashi a’zolari almashadi, Altman yangisida bo’ladi.

Twitter'da u OpenAI'ga mehrini tan oldi va Microsoft taklifini qabul qilib, yuragi doim eski jamoaga qaytishni xohlashini aytdi va buni amalga oshirish uchun qo’lidan kelganini qildi.

Oxirgi 5 kun ichida bitta kino olishga arziydigan voqealar yuz berdi. ChatGPT qutqarib qolindi.

📟 DigiTech
👍126👏13🔥6🤯6😁4🤓4💯322👨‍💻2🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥽 X (Twitter) foydalanuvchisi qanday qilib noutbuk va kompyutersiz dasturlash mumkinligini ko’rsatdi. Buning uchun unga klaviatura, sichqoncha va Quest 3 AR garniturasi yetarli bo’ldi.

Bu to’plam shaxsiy kompyuterga qaraganda arzonroq tushadi, virtual monitorlarni ham o’zingiz istagancha qo’yishingiz mumkin.

📟 DigiTech
👏103👍51🤯15🔥65👨‍💻5🤩32💯2😨2🫡1
🚘 Xitoyliklar kosmik kemaga o’xshash — dvigateli 1305 ot kuchiga ega HiPhi A elektr superkarini namoyish etishdi. U 100 km/soat tezlikka atigi 2,07 soniyada erishadi.

Ichki qismi lyuks uslubda ishlangan, yon o’ynalari o’rniga 4K kameralar o’rnatilgan, kuzov qisman uglerod tolasidan ishlangan, orqa eshiklari esa Rolls Royce kabi ochiladi.

Avtomobil faqat 2025 yilda sotuvga chiqariladi, shu sabab taxminiy narxni hozircha aytishmadi.

Brendning hatto hozirgi HiPhi Z avtomobili eng texnologik mashinalardan biri hisoblanadi. HiPhi A modelida qanday texnologiyalar bo’lishini esa tasavvur qilish qiyin.

📟 DigiTech
👍107🤩211810🤯8👏4👨‍💻3💯2🤓2🥰1😍1