AI | DigiTech
53.2K subscribers
2.87K photos
1.52K videos
2.59K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🚘 Internetda yaqinda chiqadigan Xiaomi kompaniyasining elektr sedani interyeri suratlari paydo bo’ldi.

Rasmlar sifati past bo’lsada, lekin ba’zi detallarni ko’rish mumkin. Old panelning markazida katta sensorli ekran mavjud. Rasmda bir nechta boshqaruv elementlariga ega bo’lgan rul ham aks etgan. Umuman olganda, interyerni minimalistik deb atash mumkin.

📟 DigiTech
👍7212🤓76😨3🔥2👏2😡2🥰1🤯1👨‍💻1
⚡️Oxirgi bir necha kun ichidagi hayratlanarli yangiliklar

Birinchisi: OpenAI ChatGPT Plus obunasi sotuvini vaqtincha to’xtatdi

ChatGPT'ning 4-versiyasiga talab kuchliligi kompaniyaning barcha texnik imkoniyatlaridan oshib ketdi. Shu sababli, kompaniya yangi ChatGPT Plus obunalarini ulash imkoniyatini vaqtincha to’xtatdi.

Ushbu chora vaqtinchalik, ammo bu ehtimol, tarixda birinchi marta gigant kompaniya foydadan voz kechish holatidir. Eslatib o’tamiz, shu yil OpenAI Microsoft kompaniyasidan 10 milliard dollar investitsiya olgan.

Ikkinchisi: Bugun tunda OpenAI Sem Altman kompaniyani tark etishini e’lon qildi. Kompaniya rahbari va ChatGPT yaratuvchisi direktorlar kengashi tomonidan ishdan bo’shatildi, chunki u «kengash bilan muloqotda har doim ham ochiq bo’lmagan».

Uning o’rniga texnik direktor Mira Murata vaqtincha bosh direktor etib tayinlandi. Kompaniyani oldinda nimalar kutayotgani noma’lum. Vaziyatni tushunish uchun, Stiv Jobs Apple kompaniyasidan ishdan bo’shatilishini tasavvur qiling.

📟 DigiTech
😨98👍41🤔7👨‍💻43🔥21👏1🤯1💯1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xitoydan keyin AQShda ham uchar taksilar ishga tushiriladi: uni allaqachon Nyu-York ustida sinovdan o’tkazishmoqda, 2025 yilga kelib yo’lovchilarni tashishni boshlashadi.

Kaliforniyaning Joby Aviation kompaniyasi uni 10 yildan ortiq vaqt davomida ishlab chiqmoqda. Xitoyliklardan farqli o’laroq, ularning taksisi uchuvchisiz emas — rulda odam bo’ladi.

Uning maksimal tezligi 320 km/soat dan ortiq bo’ladi va bir zaryadda 240 km masofagacha parvoz qiladi. Parraklarning shovqin darajasi ko’chaning shovqinidan balandroq emas.

📟 DigiTech
👍96👏16🤯64👨‍💻43🔥3🤓3🤩2😨2😡2
🏢 20 000 kishi yashaydigan bino.

Uni hatto tark etishingiz ham shart emas: ichida supermarketlar, kafelar, sport zallari, sartaroshxonalar, xullas barcha sharoitlar mavjud.

Bu bino Xitoyning Xanchjou shahrida qurilgan. Majmua 39 qavat va 260 000 m² (36 ta futbol stadioniga teng) maydonga ega: dastlab mehmonxona sifatida qurilgan, lekin oxir-oqibat xonalar kvartiralarga aylantirilgan.

📟 DigiTech
👍115🤯33👏7🔥4😍3🤩2💯2🤓211🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Insoniyat tarixidagi eng katta raketani ikkinchi urinishda muvaffaqiyatli parvoziga qaramay, Starship sinovlari yana muvaffaqiyatsiz yakunlandi: 10 daqiqalik parvozdan so’ng raketa bilan aloqa uzildi va u portladi.

Kosmik kema Yer atrofida aylanib, Gavaya orollari yaqinida Tinch okeaniga tushishi kerak edi, biroq u bilan aloqa uzilib qoldi va o’zini-o’zi yo’q qilish tizimi aktivlashib raketa portladi.

Yaqin 10 yil ichida Starshipdan odamlarni Oy va Marsga jo’natish uchun foydalanish rejalashtirilgan.

📟 DigiTech
🤯115👍45😨118🤔7👨‍💻32😁2😍2💯2🤓2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Vaqtni qiziqarli o’tkazish uchun: Eskizlaringizni real vaqt rejimida rasmga aylantirib beruvchi neyrotarmoq

Ishlatish oson: eskiz chizasiz va matnli tavsifni kiritasiz, neyrotarmoq esa shu bo’yicha videoda ko’rsatilgandek real vaqt rejimida rasm yaratadi. Eng muhimi mutlaqo bepul va ro’yxatdan o’tish shart emas.

Albatta sinab ko’ring va izohlarda natijalar bilan bo’lishing.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍689😡86😨3🤩2🔥1👏1🤯1😇1
⚡️OpenAI kompaniyasining eng yirik investorlari Sem Altman'ni bosh direktor lavozimiga qaytishini talab qilishmoqda.

To’satdan yuz bergan o’zgarishlar ular uchun ham kutilmagan bo’ldi. Bundan tashqari, Altman ishdan bo’shatilgandan so’ng, ba’zi muhim OpenAI xodimlari ham norozilik sifatida ishdan bo’shashga ariza topshirishgan.

Endi investorlar nafaqat Altman'ni qaytishini, balki uni ishdan bo’shatgan direktorlar kengashini ham almashtirishni talab qilishmoqda. Sem Altman bilan bu borada muzokaralar allaqachon boshlangan.

Xullas, Taxtlar o’yini davom etmoqda.

📟 DigiTech
👏125👍46😁2013🔥8👨‍💻7😨42💯2🤯1🤓1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🛬 Antarktida qit’asiga parvozlar tarixidagi eng katta samolyot muvaffaqiyatli qo’ndi: Boeing 787 Dreamliner 45 olim va 12 tonna jihozlarni olib keldi.

Ma’lum sabablarga ko’ra, u yerda asfalt yo’q, shuning uchun ular «muz va qordan yasalgan» 3 kilometrlik maydondan foydalanishdi.

📟 DigiTech
👍125🤯3112🔥6👏54🤩3💯3🤓3👨‍💻3🫡3
⚡️Sun’iy intellekt ilovasi yurak yetishmovchiligi kasalligini u sodir bo’lishidan oldin aniqlay oldi

Ovozdagi o’zgarishlar orqali odamda yurak yetishmovchiligini sun’iy intellekt yordamida aniqlovchi dastur kasalxonaga yotqizilganlarning 75% dan ko’prog’ini ular sodir bo’lishidan taxminan uch hafta oldin bashorat qilgan.

Tadqiqotchilar ushbu texnologiya yordamida yurak kasalliklarini oldindan to’g’ri aniqlay olish mumkin degan xulosaga kelishdi. Ya’ni bu dastur orqali yurak bilan muammolarni oldindan aniqlab, jiddiy oqibatlarni oldini olish mumkin bo’ladi.

📟 DigiTech
👍150👏20😨10🔥54👨‍💻3😡32😁2🤯1💯1
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
👍18728🫡149🔥7🤯6😨3
AI | DigiTech
O’zbek kanallari ichida birinchi bo’lib 7 ta 3 oylik Premium obuna tanlovini e’lon qilamiz!

Qatnashish uchun @DigiTechAI kanalimizga a’zo bo’lish va telegramni oxirgi versiyasiga yangilash kifoya.

Tanlov vaqti tugagach, g’oliblarni Telegram'ni o’zi tasodifiy tarzda aniqlab Premium obunani beradi.

Agar avvaldan Premiumga ega odam yutsa, uning obunasi vaqti 3 oyga uzaytiriladi. Barchaga omad tilaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
167👍71🔥8👏7🎉4😡42🥰2
🚘 Jeyms Bond'ning yangi avtomobili? Xitoyda sobiq Audi va Bentley dizaynerlari tomonidan ishlangan Zeekr 007 avtomobili namoyish etildi.

Bazaviy versiyasida 100 km/soat tezlikka 5,4 soniyada erishadi va bir zaryadda 688 km masofani bosib o’tadi, eng zo’r versiyasida esa ko’rsatkichlar 2,84 soniya va 870 km. Boshqa xususiyatlardan: panoramali tom, 12 ta kamera va 15,5 dyuymli ulkan monitor mavjud.

Narxi 32 000 dollardan boshlanadi.

📟 DigiTech
🤩97👍57🔥134🤯4👏3😨3💯2🫡21🥰1
🎶 YouTube musiqa yaratish uchun ikkita yangi sun’iy intellekt vositasini namoyish etdi

Birinchisi: Dream Track deb ataladi. U yulduzlar ovozi bilan matnli tavsif asosida 30 soniyali qo’shiq yaratish imkonini beradi. Bir nechta mashhur qo’shiqchilar allaqachon Dream Track'ga o’z ovozlarini yozib berishgan, shu jumladan: Alek Benjamin, Charli Put, Demi Lovato, Sia, T-Pain va boshqalar.

Ikkinchisi: Music AI deb ataladi. Uning yordamida foydalanuvchi kuyni kuylashi va shu kuylagan ovozi qaysi musiqa asbobi ovoziga aylantirilishini tanlashi mumkin. Videoga qaraganda juda ham zo’r ishlaydi, qoil.

Bunday yaratilgan musiqalar SynthID kodi bilan shifrlanadi, uni inson qulog’i eshitmaydi. Bu sun’iy intellekt yaratgan musiqani haqiqiy odamnikidan ajratish uchun qilingan.

Hozircha yangi SI vositalari tanlangan blogerlar o’rtasida yopiq sinovdan o’tkazilmoqda. Ommaviy chiqarilish sanasi noma’lum.

📟 DigiTech
👍56🔥138💯4👨‍💻43🤯3🤓3😡2