AI | DigiTech
53.2K subscribers
2.87K photos
1.52K videos
2.59K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
📱Apple'ning sobiq ishchilari tomonidan asos solingan Humane startapi kiyimlarga biriktirildigan, smartfonlar o’rnini bosishga mo’ljallangan Ai Pin gadjetini taqdim etdi.

Ai Pin xat yozishi mumkin (ChatGPT o’rnatilgan), shifokor ko’rigiga yozilishni eslatishi yoki kamera orqali obyektni tanib olishi va u haqidagi savollarga javob berishi mumkin. Barcha ma’lumotlar kaftga proyektsiya qilinadi, boshqaruv esa ovoz va imo-ishoralar orqali amalga oshiriladi.

Narxi 699 dollar va Internet ishlashi uchun oyiga 24 dollardan obunani to’lash kerak. Sotuvlar 2024-yildan boshlanadi.

📟 DigiTech
🔥79👍45🤯27👨‍💻643👏2🤓2🤩1💯1🤝1
🚂 Eng ekstremal temir yo’llar

Bangkokda poyezd to’g’ridan-to’g’ri bozor orqali, Vyetnam poytaxtida esa kafelar joylashgan tor ko’chadan o’tadi. Albatta, birinchi bo’lib yo’llar qurilgan.

Eng ekstremalini esa ko’pincha Mavritaniyaning Train du Desert («Cho’l poyezdi») deb atashadi - u Sahroi Kabirni kesib o’tadi, dunyodagi eng uzun va eng qiyin yo’llardan biri hisoblanadi.

Xaridorlar mahsulotlarni poyezd “dezinfeksiya” qilib ketganini bilisharmikin :)

📟 DigiTech
👍51🤯23😁15🤓53🤝32🔥2😍2💯2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📖 Qorong’uda kitob o’qishga yordam beruvchi Bowio 2.0 LED chirog’i namoyish etildi. Yorug’lik va rang haroratini sozlash mumkin.

Kickstarter platformasida oldindan buyurtma narxi — 59 dollar.

📟 DigiTech
48👍42🤯12😁7🔥6😨5👏32💯2🤓2👨‍💻2
⚡️DreamWorks asoschisi va «Shrek» multfilmining birinchi qismi prodyuseri Jeffri Katzenberg yaqin yillarda sun’iy intellekt multfilmlar ishlab chiqish narxini 90 foizga arzonlashtirishini aytdi.

«Ilgari jahon darajasidagi animatsion film ishlab chiqish uchun 500 nafar rassomlar va bir necha yil kerak edi. O’ylaymanki, 3 yil ichida xarajatlar avvalgi summalarning 10% dan ham oshmaydi.» — deb ta’kidladi.

📟 DigiTech
👍124🤯308🔥6👏5💯4🤓4😨4😡42👨‍💻2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️X (Twitter) foydalanuvchisi Unreal Engine 5 yordamida «Forsaj 7» filmidagi sahnani qayta yaratdi. 6 soniyalik kadrni render qilishga 9 soat vaqt ketgan.

Bu ketishda yaqin kelajakda hatto aktyorlar ham kerak bo’lmay qoladi.

📟 DigiTech
👍170🤯50😁34🔥764👏3👨‍💻3🤩2🤝2💯1
Janubiy Koreyadagi qalampir saralash zavodida robot odamni quti bilan adashtirib o’ldirib qo’ydi.

Qurilmada sensorlarning ishlashida xatolik yuz bergan, shuning uchun ish vaqtida ular ishga tushirilmagan. Saralash vaqtida robot qo’l xodimni ushlab, uni konveyerga mahkamlab, qattiq qisib o’ldirib qo’ygan.

📟 DigiTech
🤯263😡67😨47👍29😁13🤔83🤝3😍2🔥1
⚡️Samsung telefondagi suhbatni real vaqtda istalgan tilga tarjima qila oladigan Galaxy AI funksiyasini ishga tushiradi.

AI Live Translate Call — bu telefon qo’ng’irog’i paytida audio va matnni real vaqtda tarjima qiladigan funksiyadir.

Bu va boshqa ko’plab sun’iy intellekt funksiyalari birinchi bo’lib Galaxy S24 smartfonida taqdim etiladi.

📟 DigiTech
👍215🔥43🤯27😍116👏4👨‍💻43💯3😡3🤓2
👨‍💻 Shunaqasi ham bo’lar ekan: JavaScript dasturlash tilini o’rganish bo’yicha eng ko’p sotilgan kitoblar muallifi JS dasturchisi lavozimiga suhbatdan o’ta olmadi.

Kayl Simpson sinov vazifasi qiyin bo’lsa ham, muvaffaqiyatli o’tganiga ishonchi komil. Ammo ish beruvchilar bunday deb o’ylashmadi, ular unga rad javobini berishgan. Balki u yozgan kodni tushunish ular uchun juda qiyin bo’lgandir?

Ba’zida sizni bilimingiz kamligi uchun emas, balki juda bilimli ekanligingiz uchun ham ishga olishmasligi mumkin.

📟 DigiTech
😁271👍56🤯129💯7🔥4😨32🤓2👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🪄Video montaj sehri: Video tahrirlash bo’yicha sun’iy intellektlarga asoslashgan Runway kompaniyasi yangi Motion Brush funksiyasini namoyish etdi.

Uning yordamida rasmdagi aniq belgilangan joyni jonlantirishingiz ya’ni animatsiyaga aylantirishingiz mumkin. Funksiya yaqin orada Gen-2 neyrotarmog’iga qo’shiladi.

Agar bu funksiya chindan ham videoda ko’rsatilgandek ishlasa, bu haqiqiy inqilobdir.

📟 DigiTech
👏90👍41🤯14🔥10😨75🤓32👨‍💻2🤩1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏎️ Orqaga yurish bo’yicha yangi jahon rekordi o’rnatildi: 275,74 km/soat

Rekord Rimac Nevera elektromobilida poygachi Goran Drndak tomonidan o’rnatildi. Ushbu avtomobilning narxi 2,1 million dollardan boshlanadi, elektromobilning maksimal tezligi 412 km/soatni tashkil qiladi.

Orqaga yurish bo’yicha avvalgi jahon rekordi 165,08 km/soat edi. U 2001 yilda poygachi Darren Menning tomonidan Caterham 7 Fireblade yengil sport avtomobilida o’rnatilgan.

📟 DigiTech
👍112🤯35🔥7😁6🤩5👏3🤓3👨‍💻3💯21😨1
🧠 Ilon Maskning Neuralink miya chiplarini o’zlariga implantatsiya qilishni xohlovchilar soni mingdan oshdi

Sentyabr oyida Neuralink implantatsiya qilinadigan simsiz «miya — kompyuter» interfeysi (BCI) sinovi uchun ro’yxatga olishni boshladi. Kompaniya kvadriplegiya (qo’l va oyoqlarning falaji) bilan kasallangan odamlarni qidirmoqda. Maqsad — falaj bo’lgan odamlarga faqat o’z fikrlari yordamida muloqot qilish yoki o’yinlar o’ynash imkonini beruvchi qurilma yaratish.

Bloomberg ma’lumotlariga ko’ra, minglab odamlar allaqachon Neuralink miya implantlarini olishga qiziqish bildirishgan.

Hozircha Neuralink o’z qurilmalarini odamlarga hali implantatsiya qilmagan, biroq kelgusi yilda 11, 2030-yilga borib esa 22 mingdan ortiq odamlarni operatsiya qilishni rejalashtirgan. Lekin qiziquvchilar bundan ancha ko’proq bo’lishi mumkin.

📟 DigiTech
🤯105👍50😡13🤔6🔥5👏53😨32💯2
Skarlett Yoxansson sun’iy intellekt dasturini sudga berdi

Aktrisa neyron tarmoq yordamida tasvirlar generatsiya qiluvchi Lisa AI ilovasiga qarshi da’vo arizasi bilan sudga berdi.

Bunga sabab dastur tuzuvchilari aktrisaning haqiqiy videosini olib unga sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan ovozni qo’shib X (Twitter) platformasiga joylashgani bo’lgan. Hozir video o’chirilgan.

📟 DigiTech
😁169👍525👏4🔥3👨‍💻3🤝3💯2🤓21
🚘 Chery kompaniyasi baliqdan ilhomlanib yasalgan dunyodagi eng aerodinamik elektromobili prototipini namoyish etdi.

Old tomon qarshilik koeffitsienti 0,168 ni tashkil etdi, oldingi rekord egalari ~0.2 bilan Lucid Air, Mercedes-Benz EQS va Tesla Model S bo’lgan.

Bu faqat prototip, shuning uchun avtomobilning xususiyatlari yoki chiqarilish sanalari haqida ma’lumot yo’q.

📟 DigiTech
🔥68👍30😁54🤯4🤓3👏2🤝21💯1👨‍💻1