AI | DigiTech
57.3K subscribers
2.89K photos
1.52K videos
2.61K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🌇 Osmono’par binodan tushuvchi sharshara

Bu arxitektura mo’jizasi Xitoyning Guyang shahrida joylashgan. Suv kanalizatsiyadan olinadi va tozalanadi, so’ng yuqori qavatlardan tushadi.

Sharshara faqat maxsus tadbirlar va bayramlar paytida yoqiladi, shuning uchun kamdan-kam holatda sharsharani ko’rasiz. Aytgancha, bugungi kunda bu dunyodagi eng katta sun’iy sharshara xisoblanadi - uning balandligi 108 metr.

📟 DigiTech
👍60🤯3098😍6👏3👨‍💻3😡3💯2😁1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗺️ GeoGuessr bo’yicha jahon chempionati bo’lib o’tdi - bu tasodifiy fotosurat asosida Google Xaritalarda aniq joyni aniqlashingiz kerak bo’lgan o’yin (ha, bunday musobaqalar mavjud).

Bu yil bosh sovrin 15 000 dollarni tashkil etdi va chempionlik unvoni Niderlandiyalik yigitga nasib etdi. Finalda u Finlyandiyadagi kichik bir qishloqni bir daqiqadan kamroq vaqt ichida topdi.

📟 DigiTech
👍71🤯255🔥5🤩5👏4👨‍💻3🎉2😡2😨1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥽 Aralash reallik ko’zoynaklari bolalikdagi o’yinchoq mashinangizni jonlantiradi

Ko’zoynak yordamida uni skanerlaysiz va virtual nusxasini yaratib uyingizda haydayverasiz. Hatto eng oddiy mashinani ham MR ko’zoynaklari yordamida masofadan boshqarish pultidan foydalanib aralash reallikda haydash mumkin bo’ladi.

Bu hali faqat kontseptsiya, lekin yaqin oylarda ommaviy ishlab chiqarish boshlanishi kutilmoqda.

Kinolardagi narsalar borgan sari reallashib bormoqda…

📟 DigiTech
👍121🤩31🤯4😨43👏3😇3🤔21🔥1🤓1
🛰️ StarLink sun’iy yo’ldoshdan Internetni to’g’ri LTE smartfonlariga tarqatishni va’da qildi, u hamma joyda ishlaydi

StarLink sun’iy yo'ldosh internetidan allaqachon antennalar yordamida millionlab odamlar foydalanadi. Endi kompaniya LTE qo’llab-quvvatlovchi smartfonlardan foydalanadigan bir necha o'n millionlab yangi mijozlarni jalb qilmoqchi.

Kompaniya veb-saytida yozilishicha, «Direct to Cell» deb nomlangan yangi ilg’or tizim foydalanuvchiga internetga to’g’ridan-to’g’ri smartfondan, wi-fi va uyali a’loqa tarmog’i qamrovi doirasidan tashqarida, shuningdek hech qanday "likopchalarsiz" kirish imkonini beradi.

Hech qanday maxsus uskunani sotib olishingiz, hech narsani yangilashingiz va maxsus ilovalarni o'rnatishingiz shart emas. Internet hamma joyda, shu jumladan cho’llarda va okeanlarda ham ishlashi ta’kidlangan.

Xizmat bosqichma-bosqich 2024 yildan boshlab joriy etiladi.

📟 DigiTech
👍14813🤩65👏4🔥3😡3🤔2🤓2👨‍💻2🤯1
🚘 Bunaqasini aniq ko’rmagansiz! CycloTech kompaniyasi CruiseUp - baraban dvigatelli uchar avtomobilni ko’rsatdi.

U vertikal ravishda ucha oladi va egilmasdan havoda sekinlasha oladi. Batareyaning bir zaryad quvvati bilan 150 km/soat tezlikda 100 km masofani bosib o’tish mumkin.

Ishlab chiqaruvchini bu kelajakda muntazam oddiy transport vositasiga aylanishiga ishonchi komil.

Hozircha dvigatel ovozi juda baland lekin vaqt o’tib uni takomillashtirishadi. Eng muhimi texnologiya hozirdan ishlayapti.

📟 DigiTech
👍104🔥18🤯12🤩7😡53👏2😍2💯2🤓2😁1
🚚 Avstraliyada quruvchilarga yordam berish uchun robotlashtirilgan yuk mashinasini ishlab chiqishdi – u kichik quruvchilar jamoasi tezligida g’isht taxlaydi va hech qachon charchamaydi.

U og’irligi 45 kg gacha bo’lgan bloklarni ko’tara oladi va soatiga 500 ta g’isht taxlashi mumkin, shuningdek 45 daqiqada quriydigan yopishtiruvchi eritmani ham quyib ketadi.

Barcha sinovlar muvaffaqiyatli yakunlandi, sotuvlar yil oxirigacha boshlanishi rejalashtirilgan.

Robotlar quruvchilarni ham ishsiz qoldiradi shekilli.

📟 DigiTech
😨52👍4310😡43🤯3🔥2💯2🤓2👨‍💻1
⚡️Apple iOS 18 da ChatGPT ga o’xshash sun’iy intellektni taqdim etadi

Tahlilchi Jeff Pu ma’lumotlariga ko’ra, Apple bu va kelgusi yilda sun’iy intellekti uchun bir necha yuzta serverlar quradi. Texnologiya virtual bulutda ham, qurilmaning o’zida ham ma’lumotlarni qayta ishlaydi.

Apple'ning generativ modeli Siri bilan birlashtiriladimi yoki kompaniya butunlay yangi chatbotni yaratadimi, hozircha noma’lum.

📟 DigiTech
👍129🤔13🔥94👏32😨2😡2🤝1
🚘 Toyota 2024-yilgi Land Cruiserda rul va pedallarni shturvalga almashtiradi

Tizim Neo Steer deb nomlanadi va avtomobilning maxsus versiyalariga o’rnatiladi. U nogironlar uchun mashinani faqat qo’llari bilan boshqarishi uchun mo’ljallangan.

Yangi model haqidagi tafsilotlar kelasi hafta Tokioda boshlanadigan Japan Mobility Show 2023 ko’rgazmasida e’lon qilinadi.

📟 DigiTech
56👍43🔥11🤯9😍5😨53👏3😡2💯1🤓1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Unreal Engine 5 da yaratilgan avtomobil yonayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda aktiv muhokama qilinmoqda.

Bir qarashda kompyuter grafikasini reallikdan ajratish qiyin. Sizni fikringiz qanday?

📟 DigiTech
110🤯61👍36👏8🤩6🔥5🤓4💯3👨‍💻31😡1
🚘 Niderlandiyalik talabalar dunyodagi birinchi quyosh energiyasida ishlaydigan mashinani yasashdi va uni zaryadlamasdan 1000 km masofani bosib o’tishdi.

Avtomobil sayohatlar uchun mo’ljallangan bo’lib: o’rindiqlar karavotga, panellari esa chodirga aylanadi, u shunday yo’l bilan samaraliroq quvvat oladi. Bulutli kunlarda batareya quvvati 660 km masofani bosib o’tishga yetadi. Maksimal tezlik 140 km/soat.

Agar avtomobil brendlarini bu qiziqtirsa, talabalar ommaviy ishlab chiqarishni boshlashga tayyor.

📟 DigiTech
👍215🔥31👏19🤯76🤓4🤩2💯21😨1
🥽 Sony kompaniyasi 2002-yildayoq PlayStation uchun VR garniturasini ishlab chiqqanini bilarmidingiz?

Bu narsa PUD-J5A deb nomlangan: u PS2 ga MP3 pleyerga o’xshash adapter orqali ulangan, har bir ko’z uchun 827x228 o’lchamdagi tasvir ko’rsatilgan va hatto bosh harakatlarini kuzatuvchi sensorlari ham bo’lgan.

Qurilma faqat Yaponiyada sotilgan va faqat oltita o’yin bilan ishlagan. Savdolar boshlanganidan ko’p o’tmay, gadjet muvaffaqiyatsiz deb topilgan, shuning uchun odamlar uni kamdan-kam eslashadi.

📟 DigiTech
👍47🔥385👏4😁3😡32💯2🤓2🤯1