AI | DigiTech
56.4K subscribers
2.89K photos
1.52K videos
2.61K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
📱Google Pixel 8 va 8 Pro smartfonlarining hali rasmiy taqdimoti bo’lmasidan turib qutidan ochilgan videolari tarqaldi

Rasmiy taqdimot bugun bo’lib o’tadi, androidlar bilan iPhone'larni asosiy farqlaridan bir ham shunda.

📟 DigiTech
👍71😁237🤯4🤩3🔥2👏2🤓2😨2
📱Google o’zining Tensor G3 chipida ishlovchi yangi Pixel 8 seriyasi smartfonlari va Pixel Watch 2 aqlli soatini taqdim etdi.

Pixel 8:
— OLED ekran 6,2 dyuym, 120 hz
— batareya 4574 mA/soat
— xotirasi 8+256 GB gacha
— kameralar 50+12 MP
— narxi 699 dollardan

Pixel 8 Pro'ning farqlari: 6,7 dyuymli ekran, 12 GB + 1 TB xotira, akkumulyator 5050 mA/soat va 50+48+48 MP kameralar, shuningdek, haroratni o’lchash uchun o’rnatilgan termometr sensori. Narxi 999 dollardan.

Pixel Watch 2: o’zgarmagan dizayn, yaxshiroq protsessor va zaryadi faqat bir kunga yetadi. Narxi 349 dollardan.

Google taqdimoti hardoimgidek zerikarli o’tdi.

📟 DigiTech
🤩48👍31😁2754😨4🔥2😡1
🔇 Endi atrof muhitdagi tovushlarni tom ma’noda o’chirib qo’yish mumkin

Buning uchun maxsus kolonkani yoqib stol ustiga qo’yish yetarli, u avtomatik ravishda bir nechta suhbatdoshlarning ovozlarini alohida oqimlarga ajratadi - bu quloqchinlardagi shovqinni o’chirish funksiyasi kabi ishlaydi.

O’quv muassasalariga juda kerakli qurilma.

📟 DigiTech
👍91🤯42👨‍💻5🔥4👏3😨2💯1
🖼️ Reddit foydalanuvchisi rasmlardan tasvirning bir qismini olib tashladi va Photoshop'dagi neyrotarmoq yordamida suvdagi akslardan yetishmayotgan qismini tiklashga harakat qildi.

Natijani o’zingiz ko’rishingiz mumkin, hayratlanmaslikni iloji yo’q.

📟 DigiTech
👍115🤯374🔥4💯4👏2🤓2😇21👨‍💻1
🔈 Amerikalik olim ovozsiz videodan tovushni ajratib olishni o’rgandi

Kevin Fu ismli olim Side Eye usulini o’ylab topdi: u sun’iy intellekt yordamida kameraga yaqin joyda gaplashganda paydo bo'ladigan ko'rinmas mayda havo tebranishlarini ko’ra oladi.

Ushbu tebranishlar tovushga aylanadi, buning yordamida rasmdagi yoki ovozsiz videodagi odamning nutqini aniq so’zlar va ovoz tembrining xususiyatlariga qadar eshitish mumkin.

Zoom'da mikrofonni o’chirish endi maxfiylikni kafolatlamaydi.

📟 DigiTech
😨111👍45😁25🔥433🤯3👨‍💻1😡1
🧹 Pollarni yuvish insult va yurak xuruji xavfini kamaytiradi — The Lancet Public Health

Avstraliyalik olimlar 25 241 kishi ishtirokida tadqiqot o’tkazishdi va 1-3 daqiqa davom etgan jismoniy faollik yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 29 foizga kamaytirishini aniqlashdi.

Bunday faollik odatda 97% uy ishlari va tasodifiy harakatlardir: misol uchun zinapoyaga chiqish, uyni tozalash.

Olimlar nafaqat sport bilan shug’ullanishni, balki pollarni yuvish va zinapoyaga chiqishni ham tavsiya qiladilar.

Ana uyni tozalab turgani ham sabab topildi :)

📟 DigiTech
😁93👍5116🤓75🔥5🤯3😡2💯1
🪄 Videomontaj sehri va siz Garri Potterning sehrli olamidasiz: Londonlik maxsus effektlar ustalari Hogwarts'dagi hayot haqida bir nechta videolarni suratga olishdi.

Bunday ishga qancha vaqt ketishini aytishmadi, lekin katta filmlarda shu kabi sahnalarda butun jamoalar ishlaydi.

Qoil, Garri Potter filmi atmosferasini yetkazib bera olishibdi.

📟 DigiTech
🔥79👍30🤩9💯54👨‍💻4👏3🤯32😨1
AI | DigiTech
🐦 Ilon Mask strimerga aylandi: X (Twitter) rahbari ijtimoiy tarmoqda o’yin translyatsiyasini sinab ko’rdi Mask Diablo IV o’yini strimini ishga tushirdi. Hammasi bo’lib translyatsiya 52 daqiqa davom etgan bo’lsa, shundan 12 daqiqasi sozlashga ketdi. Hozirgi…
🥇 Qiziqarli ma’lumot: Ilon Mask o’sha kuni eng nufuzli kosmik mukofot - IAF World Space Award 2023 ni olibdi, lekin Diablo 4 o’ynagani uchun taqdirlash marosimiga bormabdi.

U uchun eng nufuzli mukofotni olishdan ko’ra o’yin o’ynash muhimroq shekilli :)

📟 DigiTech
😁237👍35👏7🤯64🔥43🤓3👨‍💻3🤩2😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚘 Suza oladigan yo’ltanlamas mashina

Gibrid BYD Yangwang U8 1,4 metr chuqurlikdagi suvli joylarda suzishga qodir, agar chuqurroq bo’lsa, u qayiq rejimini faollashtiradi: dvigatelni o’chiradi, oynalarni yopadi va lyukni ochadi. Avtomobil 3 km/soat tezlikda harakatlanib, 30 daqiqa davomida suvda cho’kmasdan qolishi mumkin.

Xitoyda bu avtomobil narxi 151,500 dollardan boshlanadi.

Bu Xitoyliklar nimalarni o’ylab topishmaydiya.

📟 DigiTech
👍99🔥16😨8😁4😡31
🤖 Yaponiyadagi startap ichida odam o’tirib boshqarishi mumkin bo’lgan haqiqiy robotni ishlab chiqdi. Uning balandligi 4,5 metr, vazni 3,5 tonna, nomi ARCHAX.

Robot kabinasi tashqi dunyoni kameralar orqali ko’rsatuvchi monitorlar bilan jihozlangan. U ikkita rejimga ega: vertikal va "avtomobil rejimi" ya’ni g’ildiraklarda avtomobilga o’xshab 10 km/soat tezlikda harakatlana oladi. Uning narxi 3 million dollar.

📟 DigiTech
🤔48👍40🔥12🤩5🤯3💯3👨‍💻3😡32👏21