AI | DigiTech
56.7K subscribers
2.89K photos
1.52K videos
2.61K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
▪️Parijdagi moda haftaligida sobiq Apple muhandislaridan Humane Ai Pin aqlli mini-proyektori namoyish etildi

Kichkina qurilma kiyimga biriktiriladi va interfeysni to’g’ridan-to’g’ri foydalanuvchining kaftiga chiqaradi. U sizga qo’ng’iroqlarga javob berish, SMS qabul qilish, sun’iy intellekt kamerasi yordamida do’konlarda o’zingizga kerakli mahsulotlarni tanlash va boshqa ko’p ishlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Qurilmaning to’liq taqdimoti 14-oktyabr kuni bo’lishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
👍93🤩18👏53🤓2👨‍💻2😨21🔥1🤔1💯1
📱Google Pixel 8 va 8 Pro smartfonlarining hali rasmiy taqdimoti bo’lmasidan turib qutidan ochilgan videolari tarqaldi

Rasmiy taqdimot bugun bo’lib o’tadi, androidlar bilan iPhone'larni asosiy farqlaridan bir ham shunda.

📟 DigiTech
👍71😁237🤯4🤩3🔥2👏2🤓2😨2
📱Google o’zining Tensor G3 chipida ishlovchi yangi Pixel 8 seriyasi smartfonlari va Pixel Watch 2 aqlli soatini taqdim etdi.

Pixel 8:
— OLED ekran 6,2 dyuym, 120 hz
— batareya 4574 mA/soat
— xotirasi 8+256 GB gacha
— kameralar 50+12 MP
— narxi 699 dollardan

Pixel 8 Pro'ning farqlari: 6,7 dyuymli ekran, 12 GB + 1 TB xotira, akkumulyator 5050 mA/soat va 50+48+48 MP kameralar, shuningdek, haroratni o’lchash uchun o’rnatilgan termometr sensori. Narxi 999 dollardan.

Pixel Watch 2: o’zgarmagan dizayn, yaxshiroq protsessor va zaryadi faqat bir kunga yetadi. Narxi 349 dollardan.

Google taqdimoti hardoimgidek zerikarli o’tdi.

📟 DigiTech
🤩48👍31😁2754😨4🔥2😡1
🔇 Endi atrof muhitdagi tovushlarni tom ma’noda o’chirib qo’yish mumkin

Buning uchun maxsus kolonkani yoqib stol ustiga qo’yish yetarli, u avtomatik ravishda bir nechta suhbatdoshlarning ovozlarini alohida oqimlarga ajratadi - bu quloqchinlardagi shovqinni o’chirish funksiyasi kabi ishlaydi.

O’quv muassasalariga juda kerakli qurilma.

📟 DigiTech
👍91🤯42👨‍💻5🔥4👏3😨2💯1
🖼️ Reddit foydalanuvchisi rasmlardan tasvirning bir qismini olib tashladi va Photoshop'dagi neyrotarmoq yordamida suvdagi akslardan yetishmayotgan qismini tiklashga harakat qildi.

Natijani o’zingiz ko’rishingiz mumkin, hayratlanmaslikni iloji yo’q.

📟 DigiTech
👍115🤯374🔥4💯4👏2🤓2😇21👨‍💻1
🔈 Amerikalik olim ovozsiz videodan tovushni ajratib olishni o’rgandi

Kevin Fu ismli olim Side Eye usulini o’ylab topdi: u sun’iy intellekt yordamida kameraga yaqin joyda gaplashganda paydo bo'ladigan ko'rinmas mayda havo tebranishlarini ko’ra oladi.

Ushbu tebranishlar tovushga aylanadi, buning yordamida rasmdagi yoki ovozsiz videodagi odamning nutqini aniq so’zlar va ovoz tembrining xususiyatlariga qadar eshitish mumkin.

Zoom'da mikrofonni o’chirish endi maxfiylikni kafolatlamaydi.

📟 DigiTech
😨111👍45😁25🔥433🤯3👨‍💻1😡1
🧹 Pollarni yuvish insult va yurak xuruji xavfini kamaytiradi — The Lancet Public Health

Avstraliyalik olimlar 25 241 kishi ishtirokida tadqiqot o’tkazishdi va 1-3 daqiqa davom etgan jismoniy faollik yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 29 foizga kamaytirishini aniqlashdi.

Bunday faollik odatda 97% uy ishlari va tasodifiy harakatlardir: misol uchun zinapoyaga chiqish, uyni tozalash.

Olimlar nafaqat sport bilan shug’ullanishni, balki pollarni yuvish va zinapoyaga chiqishni ham tavsiya qiladilar.

Ana uyni tozalab turgani ham sabab topildi :)

📟 DigiTech
😁93👍5116🤓75🔥5🤯3😡2💯1
🪄 Videomontaj sehri va siz Garri Potterning sehrli olamidasiz: Londonlik maxsus effektlar ustalari Hogwarts'dagi hayot haqida bir nechta videolarni suratga olishdi.

Bunday ishga qancha vaqt ketishini aytishmadi, lekin katta filmlarda shu kabi sahnalarda butun jamoalar ishlaydi.

Qoil, Garri Potter filmi atmosferasini yetkazib bera olishibdi.

📟 DigiTech
🔥79👍30🤩9💯54👨‍💻4👏3🤯32😨1