AI | DigiTech
56.1K subscribers
2.89K photos
1.52K videos
2.61K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌊 Kaliforniya sohillari tom ma’noda ko’k rangda porladi

Biolyuminestsent nurlanish suv o’tlarining gullashi tufayli yuzaga keladi: kunduzi ular qirg’oqni qizil rangga burkaydi, kechasi esa yorqin ko’k rangda yoritadi.

«Bu kinoga o’xshaydi, huddi haqiqiy emasdek» — dedi noyob kadrlarni olishga kelgan yuzlab fotosuratchilardan biri.

📟 DigiTech
🔥79👍31🤩24🤯855💯3🤓2👏1😍1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📱Smartfon yangi — muammolar eski.

Titan korpusli iPhone 15 Pro Max'ni sindirish juda oson, buning uchun ozgina kuch bilan uni buklash yetarli. Bitta kichik Pro modeli esa baquvvat chiqdi.

Apple iPhone 15 modellarining orqa tomon himoya o’ynasini almashtirish narxini bekorga tushirmagan shekilli.

📟 DigiTech
😡83👏54👍23😁19😨4🤔2🤯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Las-Vegasdagi MSG Sphere sharsimon binosi kecha rasman ochildi va tunda U2 guruhining konserti bo’lib o’tdi. Ichkaridagi atmosferani videoda ko’rishingiz mumkin.

📟 DigiTech
🔥93👍33🤩20🤯963💯3
🏢 Garvard maktablari nomini o’zingiz xohlagan nomga o’zgartirish qanchaga tushadi?

Garvard o’zining tibbiyot maktabi nomini sotuvga qo’ydi. 1 milliard dollarga siz hatto familiyangizni maktab nomiga qo’yishingiz mumkin.

Universitet avvalroq xayriya evaziga o’zining "maktablari" nomini o’zgartirgan edi - 2014 yilda 350 million dollarga va 2015 yilda esa 400 million dollarga. Bitiruvchilarni diplomlariga esa qandaydir milliarder nomi yozilgan.

📟 DigiTech
👏92😁64👍25😨15🤓82🤔2💯21😡1
🚤 Hovercraft'da poygalar o’tkazilishini bilarmidingiz? Har bir necha yilda bu bo’yicha hatto jahon chempionati ham o’tkaziladi.

Yo’llar quruqlik va suvdan o’tadi, tezlik esa soatiga 130 km gacha chiqadi. Aytgancha, unda tormoz yo’q — sekinlashish uchun gaz tashlash kerak.

📟 DigiTech
😁71👍27🔥84👏2🤩2💯2🤓2😇2😨21
▪️Bu dunyodagi eng realistik 3D attraksionlardan biri bo’lib, Xitoyda joylashgan

U Changzhou shahridagi Dino bog’ida joylashgan bo’lib, u yerda ko’plab qiziqarli joylar va attraksionlar mavjud: muzey, sizni hayratda qoldirishga tayyor King Kong va turli xil karusellar.

Shu attraksionlarga tushgan bo’larmidingiz?

📟 DigiTech
61👍26🔥7🤩5👏2💯21🤯1😨1
📱Apple iPhone 15 Pro'ning yuqori darajada qizish muammosini hal qiluvchi iOS yangilanishini tayyorlamoqda

Kompaniya iPhone 15 Pro va 15 Pro Max'ning yuqori yuqori darajada qizish holatlari ortib borayotgani bilan bog’liq vaziyatni rasman izohlab, foydalanishning dastlabki kunlarida smartfonlar odatdagidan ko’ra qizib ketishi mumkinligi, chunki ular o’chiq holatda ham zaxiradan ma’lumotlarni yuklashda davom etishini ta’kidladi.

Ba’zi iPhone 15 Pro'lar iOS 17-dagi xato tufayli yuqori darajada qizib ketmoqda, bunga yechimni Apple keyingi dasturiy ta’minot yangilanishida taqdim etadi.

📟 DigiTech
👍97😁46😡14🔥7🤩32😨2👏1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ba’zida tabiatda hayratlanarli darajada go’zal va kutilmagan hodisalar guvohi bo’lish mumkin

Videodagi hodisa — osmondagi muz kristallari orqali o’tadigan yorug’likning sinishi tufayli sovuq havoda paydo bo’ladigan optik illyuziyadir.

Bunday hodisani qachondir jonli ko’rganmisiz?

📟 DigiTech
🔥74👍41🤩1983💯3👏2🤯2😍2
🚙 Amerikalik olimlar yorug’lik va radioto’lqinlarda ishlovchi mitti robot mashina yasashdi.

Uning o’lchami tangacha bilan teng va og’irligi 1 gramm. Shu bilan birga, u kichik kamera va mikrofonni olib yura oladi, lekin juda sekin harakat qiladi.

Bu qurilmadan borish qiyin bo’lgan joylarda chumolilar va tabiatni suratga olish uchun foydalanishmoqchi.

📟 DigiTech
👍103🤔14🤓8🔥43😨2👏1😇1😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐦 Ilon Mask strimerga aylandi: X (Twitter) rahbari ijtimoiy tarmoqda o’yin translyatsiyasini sinab ko’rdi

Mask Diablo IV o’yini strimini ishga tushirdi. Hammasi bo’lib translyatsiya 52 daqiqa davom etgan bo’lsa, shundan 12 daqiqasi sozlashga ketdi.

Hozirgi bosqichda X-da strimni sozlash muammoli va bu funksiya faqat Premium obunasi egalari uchun mavjud.

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
88👍42😁28🤩87🔥4🤯4👨‍💻2👏1💯1😇1
📺 Ilmiy, texnologiyalar va sun’iy intellektlar mavzularida YouTube uchun sifatli videolar olmoqchimiz.

Bunda sizning yordamingiz kerak, yuqoridagi mavzularga mos tushadigan nimalar haqida videolar sizga qiziqarli bo’ladi?

Iltimos maksimal aktiv bo’lib shu post izohlarida fikrlaringizni yozing.👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍109😡6👏54👨‍💻3🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️AQSh'dagi maktablarda o’quvchilar shunday konstruktsiyalar yasab, ularni zilzilani imitatsiya qiluvchi moslamada sinovdan o’tkazishadi. Kimni yasagan konstruktsiyasi ko’proq vaqt bardosh bersa shu g’olib bo’ladi, bu bo’yicha hatto chempionatlar ham o’tkazishadi.

📟 DigiTech
👍140🔥30🤩95💯32😨2😡2👏1😁1🎉1
▪️Parijdagi moda haftaligida sobiq Apple muhandislaridan Humane Ai Pin aqlli mini-proyektori namoyish etildi

Kichkina qurilma kiyimga biriktiriladi va interfeysni to’g’ridan-to’g’ri foydalanuvchining kaftiga chiqaradi. U sizga qo’ng’iroqlarga javob berish, SMS qabul qilish, sun’iy intellekt kamerasi yordamida do’konlarda o’zingizga kerakli mahsulotlarni tanlash va boshqa ko’p ishlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Qurilmaning to’liq taqdimoti 14-oktyabr kuni bo’lishi kutilmoqda.

📟 DigiTech
👍93🤩18👏53🤓2👨‍💻2😨21🔥1🤔1💯1