DevUnity | al-Khwarizmi
150 subscribers
142 photos
5 videos
65 links
🌐 Muhammad al-Xorazmiy maktabi o'quvchilarining IT muhitini rivojlantirish bo'yicha tashkil qilgan jamoa telegram kanali

Instagram: instagram.com/devunity.uz

Savol va takliflar:
@DevUnityAloqa_bot
Download Telegram
ANVAR NARZULLAYEV BILAN OCHIQ SUHBAT

📆 18-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Developers Team” jamoa tashkilotchilari tomonidan Senior Software Developer Anvar Narzullayev bilan davra suhbati tashkil etildi.

🧑‍💻Universiti Sains Islam Malaysia oliygohining Axborot Texnologiyalari kafedrasi yetakchi mutaxassisi Anvar Narzullayev suhbat davomida Raqamli Texnologiyalar va Sun'iy intellekt bo'yicha o'zining amaliy tajribalarini ushbu maktabning yosh dasturchi yoshlari bilan bo'lishdi.

💻 Yetakchi ustoz dasturlashga oid bir qancha kitoblarlar muallifi, shuningdek, o'zbek yoshlari o'rtasida eng ommabop bo'lgan "Mohir Dev" va "Mohir AI" loyihalari asoschisi sifatida IT sohasidagi bilim, tajriba, va ko'nikmalarini ulashish bilan birga yoshlarning bu borada bergan qiziqarli savollariga mazmunli javob berdi.

🎁 Bundan tashqari, uchrashuv so’nggida "Developers Team" tomonidan 5-6-sinflar o’rtasida tashkil etilgan "Junior Dev Hackaton"ning yakuniy natijalari bo'yicha taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Natijalarga ko‘ra:
🥇-o’rin: 6-04 sinf o’quvchilarining “Girl Coders” jamoasi;
🥈-o’rin: 5-sinf o'quvchilarining “Girls” jamoasi;
🥉-o’rin: 6-06 sinf o’quvchilarining “Hacaton Winners” jamoasiga nasib etdi.

Ushbu hackatonning barcha ishtirokchilari diplom va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

🎉G'olib jamoalarni g'alaba bilan muborakbod etamiz❗️

"Developers Team" - Make it work, make it right, make it fast

#junior #dev #hackaton #scratch #anvar #narzurllayev #senior #software #developer
__________
⚡️Developers Team⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2🤮211👏1
Assalomu alaykum va rahmatulloh!

Barchani kirib kelgan Ramazon Hayiti va Muborak Juma ayyomi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz

Ushbu ulug‘ ayyomda, barcha mo‘min-musulmonlarni samimiy qutlab, ularga tinchlik, taraqqiyot va farovonlik tilab qolamiz.

"Developers Team" jamoasi

⚡️Developers Team⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🤯21🔥1🏆1
#DT   #contest   #announcement   #awesome   #algorithm #developers   #team  

CONTEST #1

❗️❗️❗️ Barcha dasturlash sohasi qiziquvchilari ! Biz "Developers Team" tashkilotchilari ajoyib loyihalarni maktab bo'yicha tashkillashtrishni davom ettirgan holda DT Contest #1 o'tkazilishini e'lon qilamiz. 🚀🚀

👨‍💻 Siz innovatsiyalarga qiziqishi katta, texnologiyalar sohasida biron yangilik qilishni o'ylab yurgan va dasturlash sohasiga ilk qadamlarini qo'ygan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabining 7-8-9- sinf o'quvchi yoshlaridan birimisiz? Unda bu musobaqa siz uchun! 🤩🤩

🏆 DT Contest #1 - bu siz uchun haqiqiy muammolarning innovatsion yechimlarini ishlab chiqish orqali o'z mahoratingiz va ijodingizni namoyish etish, shuningdek, dasturlash sohasidagi shu kungacha o'rganib kelgan bilim va ko'nikmalaringizni tekshirishning ajoyib imkoniyati.🤩🤩

Bu bellashuv - contest 27-aprel, haftaning payshanba kuni, maktabning informatika xonalarida o'tkaziladi. Musobaqa davomida barcha qatnashuvchilardan 3 soat davomida 8 ta turli xil darajadagi (3 ta oson, 3 ta o'rtacha, va 2 ta qiyin) misollarni yechishlari talab etiladi.

❗️ Qanday ariza topshirish va contestning kichik talablari haqida batafsil ma'lumot olish uchun bizni kuzatib boring!🫥🫥

®️ "Developers Team" - Make it work, make it right, make it fast

⚡️Developers Team⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2👏2🤣2👨‍💻2
"Freshman Academy" VS "DT Contest #1"

Ertaga qaysi biriga qatnashmoqchisiz?(7-8-9-sinflar)
Anonymous Poll
57%
Freshman Academy
43%
DT Contest #1
🔥5👍4😁2👏1
DIQQAT ❗️

📆 DT Contest #1 ma'lum sabablarga ko'ra 27-apreldan 1-mayga, haftaning dushanba kuniga qoldirildi.

👨‍💻Ushbu contestda qatnashish uchun har bir qatnashuvchidan quyidagilar:

⚫️  ism-familiya va sinfini "Developers Team Bot" ga yuborish;
⚫️  o'z vaqtida yetib kelish talab etiladi .

🎁 Ushbu contestda yuqori o'rin olgan o'quvchilar maktab ustozlari va "Developers Team" tashkilotchilari tomonidan sertifikat hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi. Bundan tashqari contest natijalariga ko'ra 7-8-9- sinf olimpiada guruhi uchun nomzodlar maktab informatika ustozlari tomonidan tanlab olinadi.

Sovg'alar quyidagi ko'rinishda o'z egalariga taqdim etiladi:
🥇-o'rin uchun: ajoyib sumka + 200,000 vaucher + sertifikat
🥈-o'rin uchun: klaviatura, mishka + 100,000 vaucher  + sertifikat
🥉-o'rin uchun: bluetooth naushnik + 100,000 vaucher + sertifikat

Shuningdek:
💻 "Eng yaxshi algoritm" nomzodi uchun: 200,000 so'm vaucher + sertifikat
🖥 "Eng qisqa kod" nomzodi uchun: 200,000 so'm vaucher + sertifikat

👾Contest bo'yicha o'zingizni qiziqtirgan savollaringiz yoki takliflaringiz bo'lsa, ushbu post tagiga yozishingiz mumkin.

®️ "Developers Team" - Make it work, make it right, make it fast

⚡️Developers Team⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥1🏆1
DT Contest #1 natijalarini kuzatib boring:

https://robocontest.uz/olympiads/468/public-results
👍3🔥1😁1👌1
Contest yanada qiziqarli va hayajonli bolishi uchun natijalar yashirildi
🤬3👍2🔥1😁1😱1😢1🤨1