DevUnity | al-Khwarizmi
150 subscribers
142 photos
5 videos
65 links
🌐 Muhammad al-Xorazmiy maktabi o'quvchilarining IT muhitini rivojlantirish bo'yicha tashkil qilgan jamoa telegram kanali

Instagram: instagram.com/devunity.uz

Savol va takliflar:
@DevUnityAloqa_bot
Download Telegram
#developers #team #junior #dev #hackaton #start #awesome

"Junior Dev Hackaton" ni qarshi oling!

🥳Siz kompyuter o‘yinlarini qanchalik zararli ekanligiga qaramay doim kompyuter o‘yinlarini o‘ynash bilan bandmisiz? Yoki ustozlardan : "O‘yin o‘ynama, bu hech qachon senga foyda bermaydi"-degan gapni eshitishdan zerikdingizmi? Unda to‘xtang, siz aynan o‘zingizga yoqadigan javobni olish yaqinida turibsiz. "Developers Team" tomonidan tashkil etilayotgan "Junior Dev Hackton" siz va siz kabi kompyuter o‘yin ishqibozlari uchun aynan zo‘r imkoniyat.

⚠️"Junior Dev Hackaton" - bu aynan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 5 - 6 -sinf o‘quvchilari uchun o‘zlarining IT sohasidagi endi egallagan boshlang'ich ko‘nikmalarini tekshirish, sinovdan o‘tkazish, shuningdek, ularni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilayotgan hackatonlardan biri hisoblanadi.

Ushbu hackatonda qatnashish uchun har bir ishtirokchi 1-2 kishidan iborat bo'lgan jamoa tuzishlari va o'zlarining Skratch dasturida qilgan loyihalarini joriy yilning 5 - 12- aprel kunlari davomida bizga va hakamlar hayati,ya'ni informatika ustozlariga taqdim etishlari lozim bo'ladi. Hackatonda mavzu doirasi belgilanmaganligi uchun o‘quvchilar o‘zlari qiziqqan loyihalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

🎁 Ushbu hackatonning barcha ishtirokchilari diplom va sertifikatlar bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi loyiha asoschisi deb topilgan 3 nafar yosh dasturchilarga esa ularning informatika fanidan bo‘lib o‘tadigan 4- chorak CHSB imtihoniga eng yuqori 40 ball informatika fani ustozlari tomonidan qo‘yib beriladi.

💻 Ushbu hackatonga post ostida keltirilgan telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz, va o‘z qilgan loyihangizni 12-aprel sanasiga qadar shu bot orqali bizga taqdim etishingiz zarur bo‘ladi. Hackatonga qatnashish uchun sizdan yagona talab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabning 5-6- sinf o‘quvchilaridan biri bo‘lishingizdir.

❗️Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha savolga duch kelgan bo‘lsangiz quyidagi link bilan qisqa videoga o‘tish orqali o‘rganib olishingiz yoki post tagida keltirilgan link orqali "Discussion group" ga qo‘shilish orqali javob olishingiz mumkin.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun : Junior Dev Hackaton Registration
👉 Discussion Group : Junior Dev Hackaton Discussion

"Developers Team" - Make it work, make it right, make it fast

⚡️Developers Team ⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3🥰1🤯1
#meeting #with #senior #software #developer #anvar #narzurllayev

Senior Software Developer Anvar Narzullayev bilan ochiq davra suhbati....

📆18-aprel haftaning seshanba kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Developers Team" jamoa tashkilotchilari tomonidan tashkil etilayotgan Senior Software Developer Anvar Narzullayev bilan bo'lib o'tadigan davra suhbatiga barcha o'quvchi yoshlarni taklif qilamiz 🤩🤩

🧑‍💻 Anvar Narzullayev:
🔲 Universiti Sains Islam Malaysia oliygohining Axborot Texnologiyalari kafedrasi yetakchi mutaxassisi
🔲 Raqamli Texnologiyalar, Kompyuter Arxitekturasi, Axborot Xavfsizligi fanlaridan yetakchi ustoz
🔲 Dasturlashga oid bir qancha kitoblar muallifi (jumladan, "Pythonda dasturlash asoslari")
🔲 O'zbek yoshlari o'rtasida eng ommabop bo'lgan "Mohir Dev" va "Mohir AI" loyihalari asoschisi

❗️Ushbu davra suhbatida yosh dasturchilar ustozning IT sohasidagi tajribalari, bilim va ko'nikmalari bilan tanishibgina qolmay, balki suhbatni interaktiv qilish maqsadida o'zlari qiziqqan savollarga javob olish imkoniyatlariga ham ega bo'ladilar.

🎁 Suhbat oxirida "Junior Dev Hackaton"ning yakuniy natijalari bo'yicha taqdirlash marosimini ham uyushtirish ko'zda tutilgan🤩🤩

📍Ushbu suhbat maktabning faollar zalida, 18-aprel soat 14:30 da bo'lib o'tadi

®️"Developers Team" - Make it work, make it right, make it fast

⚡️Developers Team ⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🏆321❤‍🔥1🔥1👏1🤯1🎉1