DevUnity | al-Khwarizmi
150 subscribers
142 photos
5 videos
65 links
🌐 Muhammad al-Xorazmiy maktabi o'quvchilarining IT muhitini rivojlantirish bo'yicha tashkil qilgan jamoa telegram kanali

Instagram: instagram.com/devunity.uz

Savol va takliflar:
@DevUnityAloqa_bot
Download Telegram
Channel created
#eʻlon

📢DIQQAT!

💻Dasturchilik - butun jahondagi eng talabgor kasblardan biri. Bu kasbga barcha soha vakillari birdek ehtiyoj sezadi. Ajoyib yangilik!

🖥Muhammad al- Xorazmiy nomli ixtisoslashtirilgan maktabida dasturchilar jamoasi shakllantirilyapti! Maktabning 9-10-sinf dasturlashga qiziqishi bor o'quvchilari uchun qulay imkoniyat! Agar sizda real loyihalar ustida ishlashga qiziqish, jamoaviy ishlash ko'nikmasini rivojlantirmoqchi bo`lsangiz, maktabimizning dasturchilari jamoasi a'zosi bo'lmoqchi bo`lsangiz, safimizga qo`shilling!

📲Ro'yhatdan o'tish uchun : @Developers_Team_Bot

Bizni kuzatib boring! 👈

➡️

📢ВНИМАНИЕ!

💻Программирование — одна из самых востребованных профессий в мире. Потребность в этой профессии велик. И у нас отличные новости!

🖥В специализированной школе имени Мухаммада ал-Хоразми формируется команда программистов! Удобная возможность для учащихся школы, интересующихся программированием в 9-10 классе! Если вам интересно работать над реальными проектами, если вы хотите развить навыки работы в команде, если вы хотите стать членом команды программистов нашей школы, присоединяйтесь к нам!

📲Для регистрации: @Developers_Team_Bot

Подписывайтесь на нас!👈

✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👎1🔥1
#developers_team #hackathon

DIQQAT🚨

⌨️Siz IT sohasida boshlang'ich bilimga ega hamda o'zining shu sohada qilayotgan kreativ g'oyalari bilan boshqalarni hayron qoldira oladigan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabning o'quvchi yoshlaridan birimisiz? U holda “Developers Team” siz uchun juda ajoyib imkoniyat🤩🤩

🙌O'quvchilari tomonidan tashkil etilgan bu jamoa Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabning yosh dasturchilarini bir joyga to'plab, ularning kreativ g'oyalarini respublika va dunyo miqyosiga olib chiqishga yordam beradi.

💾Bu yo'ldagi birinchi qadam sifatida 9-10-11-sinflar o'rtasida bo'lib o'tadigan "Spring Hackathon"ni tashkillashtirdik. Bu loyiha haqida qiziqib qoldingizmi yoki qanday qilib Hackatonda ishtirok etishni bilmoqchimisiz? U holda ushbu Hackaton haqida umumiy ma'lumot va o'zingizni qiziqtirgan savollarga, 9-mart kuni, soat 15:00 da maktabimizning faollar zalida javob olishingiz mumkin.

Barchangizni kutib qolamiz ‼️

➡️

ВНИМАНИЕ🚨

⌨️Вы один из учеников школы имени Мухаммада ал-Хоразми, который обладает базовыми знаниями в области IT и может удивить окружающих своими креативными идеями в этой области? Тогда "Developers Team" - отличная возможность для вас. 🤩🤩

🙌Эта команда, организованная учениками, объединяет молодых программистов школы имени Мухаммада ал-Хоразми и помогает развивать их творческие идеи.

💾В качестве первого шага на этом пути мы организовали «Spring Hackathon», который пройдет между 9, 10 и 11 классами. Заинтересовались этим проектом или хотите узнать, как принять участие в хакатоне? Тогда вы сможете получить общую информацию об этом хакатоне и ответы на свои вопросы завтра, 9 марта, в 15:00 в актовом зале нашей школы.

Мы ждем вас всех‼️
___
Developers team
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1🤔1🎉1🤩1
#developers #team #meeting #hackaton

"Developers Team" bilan ochiq davra suhbati...

📆9-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Developers Team" jamoa tashkilotchilari bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

❗️Suhbat davomida jamoa tashkilotchilari amalga oshirayotgan ishlarining ahamiyati, bu jamoani yig'ishdan ko'zlangan asosiy maqsad, shuningdek, kelgusi rejalari haqida ham aytib o'tishdi.

O'quvchilarni ruhlantirish, ularning IT sohasida qilgan ishlarini qay tarzda hayotga tadbiq etish mumkinligini ko'rsatish maqsadida o'zlari shu kungacha qilib kelgan real, kerakli va hamma uchun foydali bo'lgan loyihalarini taqdim etishdi.

Ushbu loyihalardan:

💻Tablet App (maktab planshetlari uchun)
🔵 Reyting App (maktab oshxonasi uchun)
🌎 Portfolio Website (maktab o'quvchilarining portfolio sayti)
...

Ma'lumot o'rnida, ushbu jamoa tashkilotchilarining barchasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabning o'quvchi yoshlari hisoblanadi.

"Developers Team" - Make it work, make it right, make it fast!!!

Developers Team
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3
#developers #team #spring #hackaton #start #awesome

2023-yil bahorini "Spring Hackaton" bilan qarshi oling.

🥳 Yosh, qiziqqon va har sohada o'zini sinab ko'rishga intilayotgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabning o'quvchi yoshlari, bahorni iliq kayfiyat va qimmatbaho sovg'alar bilan kutib olishga tayyormisiz? Unda "Developers Team" tomonidan tashkil etilayotgan va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab va IT Park tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgan "Spring Hackaton" aynan siz uchun 🤩🤩

💻 Spring Hackaton - bu aynan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab o'quvchilarning IT sohasidagi bilimlarini tekshirish, sinovdan o'tkazish, shuningdek, ularni rag'batlantirish maqsadida tashkil etilayotgan ilk hackatonlardan biri hisoblanadi.

🎁 Ushbu hackaton g'oliblari va qatnashchilari maktab tomonidan qimmatbaho sovg'alar, IT park tomonidan taqdim etilgan 100, 75, va 50% lik vaucherlar, shuningdek, kreativ deb topilgan har bir jamoa a'zolari maktabning imtihonidan ozod etilishi yoki qo'shimcha ball bilan rag'batlantirilishi ko'zda tutilgan.

💻 Ushbu hackatonga post ostida keltirilgan telegram boti orqali ro'yxatdan o'tishingiz, va o'z qilgan loyihangizni 16-mart kunigacha shu bot orqali bizga taqdim etishingiz zarur bo'ladi. Hackatonga qatnashish uchun sizdan yagona talab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabning 9-10-11- sinf o'quvchilaridan biri bo'lishingizdir.

❗️Ro'xhatdan o'tish bo'yicha savolga duch keldingizmi, unda quyidagi link bilan qisqa videoga o'tish orqali o'rganib olishingiz yoki post tagida keltirilgan link orqali "Discussion group" ga qo'shilish orqali javob olishingiz mumkin.

👉 Ro'yxatdan o'tish uchun : Spring Hackaton Registration
👉 Discussion Group : Spring Hackaton Discussion

Developers Team" - Make it work, make it right, make it fast

⚡️Developers Team ⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👌2❤‍🔥11💯1🏆1
#hackaton   #deadline   #is   #close

"Spring Hackaton" ishtirokchilari uchun ESLATMA...

🥲 Informatika, Fizika, BSB, CHSB... Tun-u kun, hatto dam olish kuni shu va shunga o'xshash so'zlarni eshitib charchadingizmi yoki qaysi bir fanning imtihoniga tayyorlanish haqida o'ylayapsizmi? TO'XTANG, sizda o'z IT qobiliyatingiz va kreativ g'oyalaringiz orqali barchasidan bir vaqtning o'zida ozod bo'lish  yoki qo'shimcha ball olish imkoniyati berilgan-ku, qayg'urishning nima hojati bor 😊😊🤩🤩

💻 Qadrli "Spring Hackaton" ishtirokchilari, o'z loyihangizni bizga taqdim etish kuniga ham oz fursat qoldi. Shuni mamnuniyat bilan sizga e'lon qilamizki, endi siz qilgan loyihangizni hech qanday qiyinchiliklarga duch kelmasdan bizga quyida keltirilgan ketma-ketlik orqali taqdim etishingiz mumkin.

➡️ Loyiha haqidagi prezentatsiyani Developers Team Bot orqali yuborishingiz,
➡️ Loyihani git-hub akkauntingizga joylab, loyiha linkini shu botga jo'natishingiz,
➡️ Va eng asosiysi, loyihangizni 16-mart soat 14:30 gacha topshirishingiz zarur.

📆 16-mart kuni soat 14:30 da maktabning faollar zali yonida hakamlar hayati va bizning jamoa a'zolari oldida o'z loyihangizni tanishtirishingiz va yuborgan prezentatsiyani ko'rsatishingiz zarur.

💯 Hakamlar hayati va "Developers Team" a'zolari tomonidan jamoa uchun kerakli deb topilgan 9-10 sinf o'quvchilarini o'z safimizga qo'shish imkoni borligini eslatib o'tamiz.

❗️Loyihangizni Git-hub ga joylash bo'yicha qiyinchilikka duch keldingizmi, unda quyidagi link bilan qisqa videoga o'tish orqali o'rganib olishingiz yoki post tagida keltirilgan link orqali "Discussion group" ga qo'shilish orqali javob olishingiz mumkin.

👉 Ro'yxatdan o'tish uchun : Spring Hackaton Registration
👉 Discussion Group : Spring Hackaton Discussion

"Developers Team" - Make it work, make it right, make it fast

⚡️Developers Team⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2🤩21❤‍🔥1👏1
🌙 Muborak Ramazon oyi kirib kelgani bilan tabriklaymiz!

Bu oy har bir xonadon uchun yanada fayzli va barakali bo'lsin. Yurtimizni tinchlik, totuvlik va farovonlik tark qilmasin.

⚡️Developers Team⚡️
🥰4👏2🔥1😇1