🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿Kadastr tashkilotlarida sohada ta'lim olayotgan yoshlar uchun sharoitlar yaratilmoqda
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023- yil 21- noyabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan "Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda
kadastr xizmatlarining sifatini yaxshilash masalalari' yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarga asosan
Kadastr agentligi
Davlat kadastrlari palatasi va Mirzo Ulug‘bek nomidagi
O‘zbekiston Milliy Universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi tuzildi.
💠 Hamkorlik shartnomasiga ko'ra:▪️ Kadastr sohasiga oid oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash va ularning sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish;
▪️ Rivojlangan xorijiy davlatlarning eng ilg‘or tajribasini o‘rgangan hamda Palataning mutaxassislarga bo‘lgan talabidan kelib chiqqan holda o‘quv rejalari, fan dasturlari, o‘quv adabiyotlari, shu jumladan, o‘quv-metodik majmualarni xalqaro standartlar asosida, zamonaviy, mutlaqo yangi talablarga mos ishlab chiqilishi va bosqichma-bosqich joriy etilishini tashkil qilish;
▪️ Hamkorlikda ilmiy anjumanlar va seminarlar o‘tkazish va qator yo‘nalishlarda tomonlar hamkorlikni amalga oshiradilar.
🌟📚 Bir so'z bilan aytganda, endilikda talabalar Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida tashkil etilgan filialda amaliyot o‘tashlari, mutaxassislar bilan ishlab chiqarish jarayonlarida qatnashishlari mumkin bo'ladi.
▶️ Batafsil videoda 👆📖 Davlat kadastrlari palatasi va uning bir qancha hududiy boshqarmalarida tashkil etilayotgan ana shunday
kafedra fakultetlari haqida yana ma'lumot taqdim etiladi.
#DavKadastrPalata #kadastr_kafedra_fakultetiIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I
Telegram I
Instagram I
YouTube I
Facebook I
Twitter