DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
29.1K subscribers
10.6K photos
1.65K videos
1 file
6.29K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
Agar yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uchastkasi 1998-yil 1-iyulga qadar egallangan bo‘lsa, O‘RQ-937-sonli Qonunga ko‘ra unga nisbatan ijara huquqi qanday o‘lchamlarda e’tirof etiladi?
Anonymous Quiz
13%
barcha hududlarda 0,20 gektardan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda
72%
barcha hududlarda 0,24 gektardan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda
5%
barcha hududlarda 0,18 gektardan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda
10%
barcha hududlarda 0,16 gektardan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📺 "Yoshlar" telekanali efirga uzatilayotgan “Tafakkur yo‘li” dasturining navbatdagi mehmoni ⭐️ Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari - “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori Abdushukur Abdullayev bo‘ldi.

🔊Unda, 🌟 Agentlik tizimida yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularni ishga jalb qilish, o‘qitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, o‘zgarishlar, kitobxonlik, “Halollik vaksinasi” hamda sohada orttirilgan boy tajriba va shu asosida bugungi kun yoshlari va shogirdlariga nasihatlar haqida so‘z boradi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Фарғона вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш, инвестиция ва тадбиркорлик муҳитини янада яхшилаш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по мерам социально-экономического развития, дальнейшего улучшения инвестиционного климата и деловой среды в Ферганской области.

#Mirziyoyev #yigilish #Fargona #rejalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yer va mulk munosabatlari


🇺🇿🇺🇿 Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi referendumda umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan.

#DavKadastrPalata #Konstitutsiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 "Noturar ko'chmas mulkni boshqa shaxsga o'tkazishga oid shartnomalarni rasmiylashtirish va unga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo'yicha kompozit davlat xizmatini ko'rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to'g'risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-noyabrdagi 795-sonli qarori qabul qilindi.

📃 Mazkur maʼmuriy reglament yuridik shaxslar o‘rtasida noturar ko‘chmas mulkni butunligicha boshqa shaxsga o‘tkazishga oid ikki taraflama shartnomalarni rasmiylashtirish va ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi, noturar ko‘chmas mulkning hadya va renta shartnomalari bundan mustasno.

◼️Ushbu reglamentga ko'ra davlat xizmatini ko'rsatish 4 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich. Ariza beruvchilar - Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat qiladi.

2-bosqich. Davlat xizmatlari markazi - ariza beruvchilarning shaxsini aniqlaydi va shartnoma ular tomonidan shaxsan imzolanganligini tasdiqlaydi hamda shartnomani Davlat kadastrlari palatasiga yuboradi.

3-bosqich. Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari - ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat reyestridan ko‘chirmani Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.

4-bosqich. Davlat xizmatlari markazi - Ko‘chirma kelib tushgandan so‘ng, uni ariza beruvchilarning elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchilarni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Ariza beruvchilarning so‘roviga ko‘ra ko‘chirma elektron shaklda yoki qog'oz shaklda berilishi mumkin.

➡️ Qarorning to'liq matni bilan mazkur manbaa orqali tanishishingiz mumkin: https://lex.uz/pdfs/7246182

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOVDA
NIMALARNI BILISHINGIZ KERAK?!

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonuniga muvofiq Davlat kadastrlari palatasi tomonidan "Ko'chmas mulklarni xatlov yo'li bilan texnik inventarizatsiyadan o'tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida" uslubiy qo'llanma ishlab chiqildi.

📃 Ushbu yo'riqnoma asosida tayyorlangan mazkur video orqali xatlov jarayonlarida e'tibor qaratish lozim bo'lgan tomonlar haqida batafsil ma'lumotlarni taqdim etamiz.

#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

SAVOL: O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarga egalik huquqi berish bo‘yicha reja jadvalda hozirda men yashayotgan MFY ko‘rsatilmagan. Mening mahallamda qachon xatlov o'tkazilishini qanday bilsam bo'ladi?

❗️ "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risidagi 937-sonli Qonun joriy yilning 5-avgustida qabul qilinib, 8-noyabrdan kuchga kirdi. Hozirda faqatgina 2024-2025-yillar uchun reja-grafik tasdiqlangan bo'lib, 2024-yilda jami 922 ta, 2025-yilda esa 2 959 ta mahallalar xatlovdan o'tkazilishi belgilangan.

◼️Xatlov jarayonlari Qonunning amal qilish muddati tugagunga qadar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Siz istiqomat qilayotgan mahalla hozirda Kadastr.uz saytida ko'rsatilmagan bo'lsa, 2024-2025-yillar reja-grafigiga kiritilmagan va ushbu MFYda 2026-2027-yillarda xatlov ishlari olib boriladi.

▶️ @Dkpuz_bot yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qomusimiz huquqlarimiz kafolati


🇺🇿Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega.

🇺🇿Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

🇺🇿 Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

🇺🇿 Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

📖 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 47-modda

#DavKadastrPalata #Konstitutsiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat
kadastrlari palatasiga kelib tushgan murojaatlar statistikasi

⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi faoliyati xizmat ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgani sababli, tashkilotda aholi murojaatlari bilan ishlashga alohida e'tibor qaratilgan.

📊 Ushbu infografika orqali 2024-yil yanvar-noyabr oylarida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushgan murojaatlar haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #murojaatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Korrupsiya-taraqqiyot dushmani" videoroliklar tanlovining FINAL bosqichi bo'lib o'tadi.

➡️Oldin xabar berganimizdek "9-dekabr xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan 🌟Kadastr agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar o'rtasida o'tkazilayotgan "Korrupsiya-taraqqiyot dushmani" videoroliklar tanlovining FINAL bosqichi 6-dekabr kuni o'tadi.

Mazkur tanlovda 20 dan ortiq videoroliklar kelib tushgan bo'lib FINAL bosqichga 10 ta rolik g'oliblik va sovrinlar uchun ishtirok etadi.

⬆️ Bizni kuzatishda davom eting. Final bosqichi yakunlari bo'yicha ma'lumotlar hamda g'oliblikni qo'lga kiritgan video roliklar 🌟Kadastr agentligining rasmiy sahifalari orqali e'lon qilinadi.

#Kadastr_agentligi #tanlov_final #korrupsiya

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlov haqida Namangandan xabarlar


🇺🇿 Muntazam xabar berib borayotganimizdek, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tuman-shahar filiallari xodimlari tomonidan O'RQ-937-sonli Qonunga muvofiq tasdiqlangan reja-jadval asosida mahallalar kesimida xonadonlarni xatlovdan o'tkazish ishlari qizg'in tarzda olib borilmoqda.

🌟 Jumladan, Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi hamda uning tuman, shahar filiallari tomonidan olib borilayotgan xatlov ishlari haqidagi lavha Namangan viloyati teleradiokompaniyasining "Mobil xabarlar" dasturida efirga uzatildi.

#DavKadastrPalata #xatlov2024 #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yer va mulk munosabatlari

🇺🇿 Mulkdor o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, 66-modda.


#DavKadastrPalata #Konstitutsiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 XATLOVDA NIMALARNI BILISHINGIZ KERAK?! 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonuniga muvofiq…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOV O'TKAZILMASLIGI HAM MUMKINMI ?


🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan O'RQ-937-sonli qonun asosida ishlab chiqilgan "Ko'chmas mulklarni xatlov yo'li bilan texnik inventarizatsiyadan o'tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida"gi uslubiy qo'llanmada mahallalarda xatlov o'tkazish jarayonlarini tashkil etish bo'yicha bir qancha muhim jihatlar aks ettirilgan.

Xususan, nizoli holatlar kelib chiqishini oldini olish va xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi ta'minlash maqsadida mazkur yo'riqnomada xatlov ishlari amalga oshirilmaydigan holatlar qat'iy belgilangan.

➡️ Batafsil videoda 👆

#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko'chmas mulk obyektlari statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi respublikamizdagi jami ko'chmas mulk obyektlari statistikasini taqdim etadi.

🗓 Hisobot davri: 2024-yil 1-dekabr holatiga ko'ra.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM