DAVLAT KADASTRLARI PALATASI - RASMIY
24.1K subscribers
12K photos
1.9K videos
1 file
7.03K links
Murojaatlar uchun:

Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi - 1097

Telegram: t.iss.one/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!

⭐️ 🌟 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi kurash, ta’magirlikning oldini olish, mansab vakolatlarini suiste’mol qilmaslik kabi dolzarb yo‘nalishlarda muntazam profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

◼️Korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik kabi jinoyatlar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida tizimda o'tgan hafta davomida o'tkazilgan tadbirlar:

◾️Jizzax viloyati
◾️Qashqadaryo viloyati
◾️Namangan viloyati
◾️Samarqand viloyati
◾️Surxondaryo viloyati
◾️Sirdaryo viloyati
◾️Farg‘ona viloyati
◾️Toshkent shahri
◾️Qoraqalpog‘iston Respublikasi
◾️Andijon viloyati
◾️Buxoro viloyati


#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Matbuot anjumani – ochiqlik va shaffoflik yo‘lida!

⭐️ 🌟 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan 2025-yil 1-yarim yillik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

🟧 Tadbir Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Andijon viloyati boshqarmasi hamkorligida o‘tkazildi va unda joriy yilning o'tgan davrida viloyatda amalga oshirilgan ishlar, o'tkazilayotgan xatlov jarayonlari, sohada korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil axborot berildi.

📲 Tadbirda jurnalistlar, blogerlar va OAV vakillari faol ishtirok etishdi va

➡️ "Andijon axboroti" informatsion ko‘rsatuvida;
➡️ "LIVE TV" telekanalida;
➡️ UzA;
➡️ O‘zJU Andijon boʻlimida;
➡️ Andijonnomauz;
➡️ Vodiy1.uz ;
➡️ Aktual_uz TV;
➡️ Андижон.уз platformalarida keng yoritildi.

❗️ Bu kabi tadbirlar hududiy boshqarmalarimizning barchasida tashkil etilmoqda va uchrashuvlardan ko'zlangan asosiy maqsad – keng jamoatchilikka ochiq, aniq va ishonchli axborot yetkazish hamda ular bilan oshkora muloqotni yo'lga qo'yishdan iboratdir!

#DavKadastrPalata #matbuot_anjumani #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DXM dagi xizmatlarimiz


🏠 Ko‘chmas mulkni bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini bilasizlarmi?

📲Siz onlayn tarzda – YIDXP (my.gov.uz) yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, Ko‘chmas mulkni bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.

➡️ Ko‘chmas mulkni bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishda davlat xizmatlari markazlari, filiallar va qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlari o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron hamkorlik yordamida amalga oshiriladi.

🫥 Jismoniy va yuridik shaxslarga ijara, doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlarida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarining bino va inshoot bo‘lmagan bo‘sh qismini alohida qismlarga bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglament.


#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Joy nomlari tarixiga nazar


🇺🇿 Respublikamizning turli hududlaridagi qadimiy joy nomlari, etimologiyasi, tarixi, geografik joylashuvi haqida qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etishda davom etamiz.

➡️ Navbatdagi videolavha orqali esa 2700 yillik tarixga ega bo‘lgan "Qarshi" shahri nomining paydo bo‘lishi bilan tanishamiz.

💿 QARSHI – Qashqadaryo viloyatining markazi, eng qadimiy shaharlardan biridir.

📹 Ushbu atama haqida batafsil mazkur video orqali tanishishingiz mumkin.👆

#DavKadastrPalata #toponimika #joy_nomlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦

Ko‘p yillik orzular ushalgan damlar!


🌏 Ayni kunlarda O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni asosida Xalq deputatlari viloyatlar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi tomonidan bir qancha hududlarda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.

Xususan shu oy boshidan:
🔘 Qoraqalpog‘iston Respublikasida 266 nafar,
🔘 Andijon viloyatida 90 nafar,
🔘 Navoiy viloyatida 35 nafar fuqaroning uzoq yillardan buyon yashab kelayotgan uy-joylariga egalik huquqi e’tirof etildi.

➡️ Bu esa — yillar davomida o‘z uyida istiqomat qilib kelgan fuqarolarimiz uchun uy-joylariga huquqiy asosda egalik qilish imkoniyati deganidir. Bunday quvonchli lahzalar har bir inson xotirasida unutilmas iz qoldiradi albatta!

#DavKadastrPalata #xatlov2025 #xushxabar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlov jarayonlaridan lavha


📍Xorazm viloyati, Urganch tumani

➡️ Xatlov jarayonlarini biz bilan kuztib boring.

#DavKadastrPalata #xatlovdan_xabarlar #no_comment

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 😂😁〽️🔸

Kadastr faoliyati OAV nigohida

⭐️🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ko'plab tashqi OAVlarda yoritib borilmoqda:

🎛 Toshkent viloyatida:
🔘 Yerdan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo‘yilayotganligi haqida "Nurafshon" telekanalining "Fursat" informatsion dasturida axborot berildi;
🔘Noqonuniy qurilish obyektlari bo'yicha nazorat tadbirlari o'tkazilayotganligi haqida "Sevimli" telekanalining "Zamon" informatsion dasturida axborot berildi;
🔘UzA axborot agentligining internet saytida "Xatlovlar belgilangan tartibda davom etmoqda" mavzusida maqola e'lon qilindi.

🎛 Qashqadaryo viloyatida:
🔘Qashqadaryoda 200 nafardan ortiq fuqaroning uy-joylariga egalik huquqlari e'tirof etilgani haqida ZAMON. UZ интернет saytida maqola e'lon qilindi;
🔘1494 ta holatda 277,7 gektar yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olishga oid qonunbuzarlik holatlari aniqlangani haqida "Qashqadaryo" gazetasida maqola chop etildi;
🔘Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan "2025-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili" mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumani haqida "Qashqadaryo" telekanalining "Qashqadaryo axboroti" informatsion dasturi orqali axborot berildi.

🎛 Surxondaryo viloyatida:
🔘 "Surxondaryoda 2025-yilning 6 oyi davomida
21 mingdan ortiq kadastr pasporti tayyorlandi."
va “Geografik obyektlarni nomlash ishlari amalga oshirilmoqda” sarlavhalari ostida "SURXON Tongi" online gazetasining internet saytida maqolalar e'lon qilindi.
🔘UzA axborot agentligining internet saytida "Yurtimizda yer maydonlari davlat muhofazasiga olingan" mavzusida maqola e'lon qilindi.

🎛 Jizzaxda yana 69 nafar fuqaroning uy-joy va yеrga egalik huquqi rasman e’tirof etilgani haqida "Jizzax.Uz" rasmiy telegram kanalida ma'lumot berildi.

🎛 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan o'tkazilgan matbuot anjumani haqida "Andijon" radiosining "Kun mavzusi" eshittirishida ma'lumot berildi.

🎛 UzA axborot agentligining internet saytida "937-sonli qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyatida 14 mingdan ortiq xonadonlar xatlovdan o’tkazildi" va "Noqonuniy egallangan yеr maydonlari davlat zaxirasiga qaytarilmoqda" sarlavhalari ostida maqolalar e'lon qilindi.

🎛 O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonunining Namangan viloyatidagi ijrosi, korrupsiyaga qarashi kurashish yo‘nalishida sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda Namangan viloyati bo‘ylab olib borilayotgan yer nazorati tadbirlari haqida "Namangan" radiosining "Siz uchun muhim" eshittirishi" orqali intervyu berildi.


#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DXM dagi xizmatlarimiz


🫥 Ko'chmas mulk tarixi haqida ma’lumotnoma berish  tartibi qanday amalga oshiriladi?

🌱 Siz  onlayn tarzda – YIDXP (my.gov.uz) yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma olishingiz mumkin.

◼️ Ko'chmas mulk tarixi haqidagi ma’lumotnomada quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

💠 Amaldagi huquq turi, kadastr raqami, umumiy maydoni, qurilish osti maydoni, qurilgan yili, yer uchastkasining huquqni belgilovchi hujjatlarining shakli, kim tomonidan berilganligi, sanasi, raqami, bino va inshootlarning huquqni belgilovchi hujjatlarining shakli, kim tomonidan berilganligi, sanasi, raqami, avvalgi huquq turi, cheklanish mavjudligi.

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2💯1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi doirasida amalga oshirilgan xatlov natijalari

🗓 2025-yil 15-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘RQ-937-sonli qonun ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan xatlov jarayonida jami 472 693 ta obyekt inventarizatsiyadan o'tkazildi.

▫️Mazkur xatlov Qonunda belgilangan tartibda aholi turar joylari va boshqa obyektlarni aniqlash, hisobga olish hamda ularga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish maqsadida amalga oshirilmoqda.

#DavKadastrPalata  #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlov jadal davom etmoqda


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni ijrosi doirasida tasdiqlagan reja-grafikka asosan mahallalarda uy-joylarni xatlovdan o‘tkazish ishlari davom etmoqda. Ta’kidlash lozimki yozning jazirama issiq ob-havo sharoitida ham Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) filiallari xodimlari tomonidan joylarda xatlov ishlari bir muddat ham to‘xtovsiz, jadal olib borilmoqda.

💠 Ushbu jarayonda shakllangan obyektlar ro‘yxati etirof.kadastr.uz platformasi hamda mahalla fuqarolari yig‘inlari orqali aholiga oshkora taqdim etilmoqda. Xatlov natijalari asosida fuqarolarning yer va mulk huquqlari aniqlashtirilib, huquqiy asosda e’tirof etilishi uchun zarur ma’lumotlar ochiq shaklda e’lon qilinmoqda.

✔️ Hududlarda jadal olib borilayotgan xatlov ishlari haqida quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

➡️ Toshkent viloyati
➡️ Farg‘ona viloyati
➡️ Buxoro viloyati
➡️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi
➡️ Surxondaryo viloyati
➡️ Sirdaryo viloyati
➡️ Jizzax viloyati
➡️ Toshkent shahri
➡️ Namangan viloyati
➡️ Navoiy viloyati
➡️ Qashqadaryo viloyati 1, 2

#DavKadastrPalata  #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2