DadaBot Blog
12 subscribers
40 photos
3 links
@GirtJinniBot asoschisi bo'lgan DadaBotning shaxsiy blogi

Men haqimda qisqacha:
https://t.iss.one/DadaBotBlog/3
Download Telegram
Barchaga salom!πŸ‘€

Kecha telegram bilan aloqa uzilib, biroz qo'rqitib yubordiπŸ˜”. Telegramni bizda bloklab qo'yishdimi deb o'ylabman😳. Shunaqa bo'lsa, bu robot hechnimaga yaramay qolardi...πŸ˜”

Avvalgi safar aytganimdek, paxta terimiga keldim bugun😊. Buyerda qancha muddat bo'lishim noaniq. Baribir sog'ligim paxta terishni ko'tara oladigan darajada emas😏.

Buyerda aloqa juda zo'r emas, shu sababli botni rivojlantirish tezligi pasayishi mumkinπŸ˜”.

Lekin nima bo'lsa ham, bizdan uzoqlashmang deb qolaman😊.

Hurmat bilan,
DadaBot
Bot menga javob yozmayapti

Agar bot sizning xabarlaringizga shaxsiy xabarda ham, guruhlarda ham javob yozmayotgan bo'lsa, demak, sizni qora ro'yhatiga kiritib qo'ygan.

Bu qanday yuz bergan bo'lishi mumkin?
Robotga (ayniqsa DadaBotga) so'kinib yozish sizni qora ro'yhatga tushib qolishingizni ta'minlaydi.

Endi nima qilsam bo'ladi?
Hechnima!😊 Bemalol bizni robotni so'kib, vaqtingizni zoe ketkazishingiz mumkin: serverimiz sizni tinglashdan bosh tortadi😊. Ko'nglingizni xotirjam qilib, zerikarli hayotingizga qaytavering.πŸ‘

Qora ro'yhatdan qanday chiqaman?
Bizni qora ro'yhatimizni qadimgi qo'lyozmalarda "borsa-kelmas" deb atashgan. Ya'ni, kirmoq bor-u, chiqmoq yo'q. Bizda xatolar kechirilmaydi😊. Salomat bo'ling.
πŸ‘€Barchangizga salomlar!😊 Men o'sha-o'sha, DadaBotmanπŸ˜‰.

Prezidentimiz Mirziyoyev va Bosh Vazirimiz Aripovning qarorlariga ko'ra, "Paxta-2017" yig'im terimidan ortga qaytdikπŸ˜‰. Endi bor vaqtimni robotga bag'ishlash uchun vaqt ham, internet ham, boringki ana, server ham bor😎.

Robotimizda qanday funksiyalar joriy etilishini hohlardingiz? Bu haqida @GirtJinniBot'dagi "DadaBotga xabar" funksiyasi orqali kaminaga ma'lum qilishingiz mumkin 😊.

Hozirda tugallanmay qolgan funksiyani bitkazish ustida ish olib boryapman. Bunaqa funksiya bilan endi shug'ullanayotganim va ichki-uzun menyular biroz murakkabligi uchun ham vaqt o'ylaganimdan ko'proq ketyapti. Lekin o'sha gap-gap: bitkazmaganimga qo'ymaymanπŸ€“

Hurmat bilan,
DadaBot

P/s: Xabar tariqasida ko'pchilik reklama joylash istagini yozgan ekan. Keyingi postda reklama shartlari va narxlari haqida so'z yuritaman😊.
πŸ‘‰ Reklama xizmati πŸ‘ˆ

O'z saytingiz, guruhingiz yoki kanalingizni reklama qilmoqchimisiz? Bunda sizga @GirtJinniBot va @GirtJinni kanali yordamga keladi 😊

Robotimiz qariyb 3 ming chatlarda faol qatnashmoqda va bu ko'rsatkich kundan-kunga bir necha yuzga oshib bormoqda.

3 Mingta chat - Bu 2 mingga yaqin foydalanuvchilar, 800ga yaqin superguruhlar va 300dan ortiq oddiy guruhlardir.

☝️ Xizmat pullik.
☝️ Xizmat narxlari qora bozor kursi bo'yicha rublda (160 so'm) ko'rsatiladi.
☝️ To'lovni qabul qilish: Webmoney, Click, PayMe, PayNet.

Narxlar bilan tanishamiz:

Lite tarifi - faqat shaxsiy xabar orqali foydalanadigan foydalanuvchilarga xabar yuboriladi. Narxi: 20 rubl

Pro tarifi - faqat guruhlar va superguruhlarga xabar yuboriladi. Bitta guruhda eng kami 10tadan foydalanuvchi reklama ko'rganida 1000ta guruhda 10K ko'rishlar soni yig'iladi. Narxi: 40 rubl

Max tarifi - barcha chatlarga xabar yuboriladi. Ko'rishlar soni maksimal darajada bo'ladi. Narxi: 55 rubl

πŸ””Diqqat! Foydalanuvchilar soni ortishiga qarab narxlar o'zgarib turadi

πŸ“ƒFoydalanish qoidalari:
🚫Mumkin emas:
πŸ‘‰ Pornografik kontentga ega kanal, guruh va saytni reklamaga qo'yish;
πŸ‘‰ Reklamada pornografik mazmundagi ibora yoki rasmlarni qo'llash;
πŸ‘‰ Foydalanuvchini aldovchi, noto'g'ri ma'lumot orqali odamlarni jalb qilish;
πŸ‘‰ O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid kontentlar qat'iyan TA'QIQLANADI!
Robotni blok qilishning asosiy sabablaridan biri bu undan keladigan e'lon sabablidir. Muhim ish bilan band bo'lganingizda Telegram sizga "yangi xabar keldi, xo'jayin!" deb tursa, siz "muhimroq xabar kelgandir" deya shoshilinch telegramni ochasiz. Xabar esa reklama ekanini ko'rib, hafsalangiz pir bo'ladi... Botni blok qilasiz... πŸ˜”

Endi unday bo'lmaydi 😊. Endi boshqa ishlar bilan band ekaningizda robot o'z e'lonlari bilan jig'ingizga tegmaydi. Qanday qilib, deysizmi? πŸ˜‰

Endi "sokin e'lonlar" rejimida e'lon yuborishga qaror qildik😊. Ya'ni, agar robot sizga yangi e'lon yuborsa, telegram dasturingiz bu haqida sizga ovozli signal bermaydiπŸ˜‰. Qachonki o'zingiz vaqt topib telegramni ochganingizda o'sha e'lonni o'qishingiz mumkin πŸ€“.
Bugun statistika buyrug'iga kichik o'zgartirish kiritdim. Bir tanishimdan ilhomlanib, guruhlardagi a'zolar sonini ham hisoblab ko'rmoqchi bo'ldim.πŸ˜‰ Serverga og'irligi tushmasligi uchun hammasini birdaniga hisoblamasdan, xabar kelgan guruhlarnigina hisoblab, qo'shib qo'yadigan qildim 😊. Shuningdek, statistika buyrug'i kiritilganida shu hisoblarning umumiy qiymati ko'rsatiladi 😊.
Deyarli tayyor...☺️
Yozgan kodlarimdagi xatolik (bug)larni maroq bilan qidiraman😊. Tushunarsiz darajada chalkashib ketgan kodlarim orasidan bugni qidirib topish huddi somon poyasidan ignani topib chiqishga o'xshasada, bu aqlni charxlaydi. Topilgan vaqtda o'zgacha huzur bag'ishlaydi... πŸ˜‰

(c) DadaBot
Tuk-tuk!πŸ‘€

Zerikib qolmadiylarmi? 😊

Sizlarga yangi, G'irt Jinnicha funksiyani taqdim qilmoqchimanπŸ˜‰.

Ushbu funksiyani Maxsus-boshqaruv paneli deb atadim. Ushbu funksiya xozirda asosan faqat bitta xizmatdan tashkil topgan bo'lsada, kelgusida bu xizmat turlari va ko'lamini kengaytirish niyatim bor😊

Maxsus-boshqaruv panelini chaqirish uchun botga /mode buyrug'ini kiriting. Ushbu holatda bot siz bilan mutlaqo boshqa rejimda ishlay boshlaydi va u sizning savollaringizga javob bermaydi. Bu rejimda u faqat belgilangan buyruqlarnigina tushuna oladi va ularni bajaradi 😊. Havotir olmang, istalgan vaqtingiz /exit buyrug'i yoki "Chiqish" kalit-so'zi yordamida odatiy rejimga qaytib olishingiz mumkinπŸ˜‰.

Xo'sh, qanday xizmat qo'shildi?
Aytarli darajada katta yangilik emasπŸ€“. Ushbu xizmat orqali robot kanalingizga fayl joylashning optimal variantini taklif qiladiπŸ˜‰.

Birorta kanalda ajoyib video ko'rib qoldingizmi? Eshitgan musiqangizni kanal a'zolaringiz bilan baham ko'rmoqchimisiz? "Forward" funksiyasi ham ko'ngildagidek ishlamaydi: 😏 Xabar yuqorisida "Forwarded from..." imzosi chiqib turadi, fayl izohida esa **/joinchat/** πŸ˜”. Faylni yuklab olib, o'z kanalingiz qayta yuklash esa optimal yechim emasπŸ€”.

Ayni shu holatda bizning G'irt Jinni sizga yordamga keladi. Aynan o'sha megabaytni yemiradigan faylni botga "forward" qiling, unga izohni ham kiriting. Robot esa o'sha faylni siz yozib bergan matn bilan siz uchun kanalingizda chop etadi😊.

Va... Bu xizmat BEPUL! 😱
Ha mayli, balki keyinchalik bu xizmat evaziga kanalingizda kunlik bir-martalik reklama qo'yishni so'rarman...πŸ‘€

Ushbu xizmatni ishlatish bo'yicha batafsil: https://telegra.ph/Girt-Jinni-orqali-kanal-boshqarish-09-25
Qiziqishda botimiz aktivlik qilayotgan guruhlar orasida eng ko'p a'zosi bori qaysinisi ekanini aniqlab ko'rmoqchi bo'ldimπŸ€”. Bazani ochdim, kerakli buyruqni berdim va...😱

Qanaqadir "TAQDIR" nomli superguruhda umumiy 17038ta foydalanuvchi bor ekan😳. Umumiy guruh foydalanuvchilari soni esa 38 ming ekanπŸ€” Deyarli 50% natija shu guruhni o'zida ekanπŸ˜‰
Bugun bazani tekshirib ko'rib, shuni guvohi bo'ldimki, ko'pchilik kanal-boshqaruvi paneliga bitta kanalni qayta-qayta kiritaveribdiπŸ€”. Bu bazamizga og'irlik qilmasada, foydalanuvchining o'ziga noqulaylik tug'diradi. Shularni hisobga olgan holda kichik bir filter o'rnatdim va bazadagi "egizak kanallar"ni o'chirib tashladimπŸ˜‰.
Bu zang'ar filter qulaylashtiradi desam😏 birato'la bazani qulflab olgan ekanuπŸ€”.
Keraksiz chatlarni tozalash yangi bosqichda olib boriladiπŸ‘€.

Bazamiz keng ko'lamli bo'lgani bilan, uni chiqindi ma'lumotlar bilan to'lg'azish niyatim yo'q😏. Botga to'siq qo'ygan chatlardan tashqari uni butunlay stop qilgan chatlar serverim vaqtini band qilishini hohlamayman. Shu sababdan yangi bosqichda ushbu ro'yhatni tozalab turish algoritmini ishga tushirdimπŸ‘€.

Bunday chatlar serverni qanday band qilishi mumkin?πŸ€”

Sokin e'lonlar vaqtida bazadagi harbir ID raqami uchun server ma'lum miqdorda vaqt sarflaydi. Vazifa yakunida bot menga yuboradigan hisobotga ko'ra esa, umumiy hisobning o'rtacha 60-65 foizigina aktiv bo'lib, qolganlariga e'lon yuborilmaydi. Bunday chiqindi chatlarni tozalab qancha IDdan qutuldim, bilasizmi? Naqd 1 200ta chatdan halos bo'ldim😳. Bu esa sokin e'lonlar yuborish vaqtini ikki barobargacha qisqartirish imkonini beradiπŸ˜‰.

Ko'p gapirib yubordim, sergap bo'lib ketyapman😏. Lekin menimcha statistikani zo'r ko'rsatgandan, xizmatni yahshi ko'rsatgan ma'qulπŸ˜‰
Maksimal Optimizatsiya?πŸ€”

Foydalanuvchilardan ajoyib bir taklif tushdi. Foydalanishda biroz noqulaylik tug'diradigan 3ta buyruq: teach, dadabot va yangilatifa buyruqlarini maxsus-boshqaruv paneliga kiritishni taklif qildiπŸ€”.

Agar eski qadrdonlar eslay olsa, ilk "tanishuv" funksiyasi "/tanishuv Zafar 23 erkak" yoki "/tanishuv Nargiza 17 ayol" ko'rinishida bo'lib, bu funksiya keyinchalik foydalanishga qulaylashtirilgan edi.

DadaBot va yangilatifa funksiyalari bilan ham shunday: xabar matnini buyruqqa qo'shib yozish kerak bo'lardi: "/dadabot salom, ishlar qalay? πŸ˜‰" yoki "/yangilatifa bir kuni afandi..."
Ushbu funksiyalar ham biroz qulaylashtirilib, buyruq yuborilganda robot xabar matnini so'raydigan qilgandimπŸ˜‰.

Endi esa slesh-buyruqlardan voz kechish taklifi biroz o'ylantirib qo'ydi...πŸ€”
24 soat ichida 5.7K "prosmotr" yig'ilibdi... 6 soat avvalgi post esa hozirgacha 4.1K yig'ib ulgurganπŸ‘€ Ayni vaqtdagi aktiv-chatlar soni 1959ta. Shundan 1100tasi foydalanuvchilar, qolgani guruhlarπŸ‘€
Top-4 Guruhlar (a'zolar soni bo'yicha)
Top-4 Superguruhlar (a'zolar soni bo'yicha)
Keyingi bosqich...😎

Gapni uzoqdan boshlamasdan gapiradigan bo'lsam, robotning o'z guruhida ( @GirtJinnilar ) kechayotgan tartibsizliklarni nazoratga olishga vaqt topa olmayapman😟.

Shu sabab @GirtJinniBot'ga kanalga post joylash bilan birgalikda, navbatdagi ma'suliyatni yuklashga qaror qildim: Nazoratchi!πŸ‘Š

Siz yirik guruh adminisiz, o'zingiz yoki yordamchi-adminlar tarmoqdan tashqarida ekanida, guruhdagi tartibsizlikdan xotirjam bo'lmoqchimisiz? πŸ˜‰ Unda guruhni o'chirib tashlang! 🀣

Albatta hazil😊.

Hozirda kerakli algoritmni ishlab chiqish ustida bosh qotiryapmanπŸ€”. Guruhdagi tartibsizlik qanday kelib chiqadi o'zi? Uni qanday bartaraf etish mumkin?πŸ€”

Tartibsizliklarni o'rganish uchun foydalanuvchilari 1000dan yuqori bo'lgan superguruhlarni kuzatib boryapman (mehmon sifatida ☝️ ). Algoritm uchun 3-4 turdagi variantlar o'ylab qo'ydim, shularni mukammallashtirib, amalda qo'llab, eng yahshi variantni tanlab, robotga shu funksiyani kiritaman😊.

Funksiya progressga kirishgan vaqtida xabar beramanπŸ‘€.
Robotga pul to'lab, guruhda tartibni saqlash? πŸ‘€
Rasmlarni to'xtatish...πŸ€”

Foydalanuvchilarimizga yahshi ma'lumki, robotning ish jarayonidagi asosiy mashg'ulotidan biri bu rasm yuborish funksiyasidir. Kanalga joylangan rasmlarni robot avtomatik ravishda o'z foydalanuvchilariga ulashib chiqadi. Bir foydalanuvchimiz ushbu funksiyani o'zi uchun o'chirilishini so'rab murojaat qilgan ekanπŸ€”. Aynan bir foydalanuvchi uchun bu ishni amalga oshirish qiyinchilik tug'dirilishi sabab yangi bir qo'shimcha kiritish g'oyasi tug'ildi: rasmlarga obunani yoqish-o'chirish funksiyasi😊.

Ushbu xizmatdan bosh tortganlar birinchi navbatda robotdagi mavjud va qo'yilajak bepul xizmatlardan foydalanish huquqidan mahrum bo'ladilarπŸ€¦β€β™‚. Obunani yoqib olib, xizmatdan foydalanib bo'lib, yana obunani o'chiradiganlar uchun ham maxsus chora o'ylab qo'yganman☝️.

Ushbu funksiyaning salbiy tomonlaridan biri bu haqiqiy statistikani aniqlash yo'liga to'siq bo'lishidir. πŸ€” Chunki rasm yuborish jarayonida robotga blok qo'yganlar aniqlanib, ro'yhat yangilanib boradi.πŸ€¦β€β™‚

Ushbu funksiya robot-nazoratchi funksiyasi bilan birga taqdim etiladi☝️