Barchangizga salomlar! 👍 Men DadaBotman!
Bir oyga yaqin muddat ichida kichikroq doirada bo'lsada, ommalashishgan ulgurgan @GirtJinniBot ning ixtirochisiman 😎 Ushbu robot orqali yuborilayotgan savollarning aksariyat qismi men haqimda ma'lumot olishga qaratilganligi bois, ushbu kanalni ochdim va o'zim haqimda qisqacha ma'lumot berib, eng qiziq savollarga javoblarni yozib boraman 😉
O'zim haqimda qisqacha:
Kamina o'tgan haftada 21 yoshga to'ldim va Andijonlikman 🤓 Ismim... DadaBot! Haqiqiy ismimni so'rash foyda bermaydi - men baribir DadaBotman! ☝️ Kasbim - hozircha ishsizman, shuningdek talabaman 👍
Robot hech qanday konstruktorlardan foydalanilmagan holatda mutlaqo yangidan yozilgan. Robot yaratishga undagan asosiy narsa bu dasturlashga qiziqishimdir. Iltimos, bot yaratishni o'rgatishimni so'ramanglar, bu ham befoyda. Yagona javobim - "Dasturlashni o'rganing"! ☝️
Men hech qanday dasturchilar jamoasiga mansub emasman va qo'shilish yoki qo'shish niyatim ham yo'q. Men yolg'iz ishlashni yoqtiraman va doim yolg'iz ishlaganman. 😜
G'irt Jinni robotining nomi bu @GirtJinni kanali bilan bog'liq. Hazilni yoqtiraman va hazilni ko'taraman, agar meni hazilimni ko'tara olishsa ☝️
Odamlar bilan virtual tanishuvga hushim yo'q, (yolg'izlikni yoqtiraman degandim) shu sabab tanishuv bo'yicha savollar javobsiz qoldirilib kelindi. 😔
G'irt Jinni Botning muloqot algoritmi mutlaqo yangidan tuzilgan va ish beruvchi algoritmni yozib chiqishimga 10 kundan ortiq vaqt ketdi 🤓
Bizning (Sizning va mening) robotimiz mavhum tushuncha, u temirdan yasalgan tanasiga ega emas. U shunchaki bir necha qatorlik yozilgan kodlar hosilasidir. Robot o'zining maxsus serveriga ega. Server nima ekani haqida tasavvurga ega emaslar uchun ma'lumot: serverni doimo onlayn holatda turuvchi kompyuter desak bo'ladi, faqat protsessori muzlatkichdek keladi 😜
Robotdagi sustkashlik uchun ming bora uzr so'rayman, talabalik davri, sessiya ishlari bilan band bo'ldim 😔 Robot ko'pchilikka manzur kelayotganidan hursandman va uni rivojlantirishga harakat qilaman 😎
Savollaringizni @GirtJinniBot ga maxsus buyruq orqali kiritishingiz mumkin 👍 E'tiboringiz uchun tashakkur!

- ☝️ Savol: Bot bilan yozishganlarimizni o'qiy olasizmi?
- ☝️ Javob: Robot bilan yozishmalaringizni o'qish uchun kiruvchi va chiquvchi xabarlarni alohida saqlab borishga to'g'ri keladi.☝️ Bu esa serverga ortiqcha yuk bo'ladi. Bunday qilmaslikka 2ta sabab bor:
👉 - Bu ortiqcha kodlar, ortiqcha vaqt talab qiladi;
👉 - Robot bilan yozishadiganlar soni 5000dan ortiq ☝️ (Uning foydalanuvchilari va robot ishlaydigan guruhlardagi a'zolar bilan), bir kunda o'rtacha 50 000ga yaqin xabar almashinadi va buncha xabarni saqlab qolib, ularni birma-bir o'qib chiqishdan menga manfaat ham, vaqtim ham bo'lmaydi☝️

Barchangizga salomlar! 🤓 Men DadaBotman!
Kuni kecha hayolimga yangi g'oya kepqoldi.😉 Bugun ertalab dars vaqtida zerikarli domlaning zerikarli ma'ruzasini tinglab o'tirib, o'zimcha kechagi g'oyam uchun kichkinagina algoritm tuzib chiqdim.😜
Sizlarga yangi, ball to'plash funksiyasini taqdim etaman! 😎 Ballni qanday to'plash mumkin? Botning rivojiga hissa qo'shgan holda, ball to'plash imkoniga egasiz!
Qanday?
Botning bazasini yangiliklar bilan boyiting: qiziqarli latifalar, kulguli rasmlar va yangi lug'at boyligi!
Latifa kiritish uchun /yangilatifa buyrug'idan foydalaning, rasm joylash uchun esa shunchaki shaxsiy xabarda botga rasm yuboring, lug'at boyligini boyitish uchun /teach (o'qitish) buyrug'idan foydalaning 😊
Agar sizning gapingizga robot tushunmasligidan bezor bo'lsangiz, unga o'z so'zlaringizni o'rgating 😊 Batafsil qo'llanmani ham /teach buyrug'idan olasizlar.
To'plangan ballarni nimaga sarflash mumkin?
Hozircha hechnimaga! 😔 Ha, afsuski hali ballni sarf etish mumkin bo'lgan narsa hayolimga kelmadi. 👎 Lekin har haftaning oxirida eng ko'p ball to'plagan 3ta foydalanuvchini e'lon qilaman 😎 Hafta boshida esa, yana qaytadan hisoblanadi 😊
Agar ballni sarf etish uchun nimadir hayolingizga kelsa, bu haqida /dadabot buyrug'i orqali menga xabar bering, agar yahshi g'oya bo'lsa, amalga oshiramiz 😉
Hozircha yangiliklar shular edi, biz bilan bo'lganingiz uchun tashakkur! 👍