DadaBot Blog
12 subscribers
40 photos
3 links
@GirtJinniBot asoschisi bo'lgan DadaBotning shaxsiy blogi

Men haqimda qisqacha:
https://t.iss.one/DadaBotBlog/3
Download Telegram
Channel created
Channel photo updated
Barchangizga salomlar! 👍 Men DadaBotman!

Bir oyga yaqin muddat ichida kichikroq doirada bo'lsada, ommalashishgan ulgurgan @GirtJinniBot ning ixtirochisiman 😎 Ushbu robot orqali yuborilayotgan savollarning aksariyat qismi men haqimda ma'lumot olishga qaratilganligi bois, ushbu kanalni ochdim va o'zim haqimda qisqacha ma'lumot berib, eng qiziq savollarga javoblarni yozib boraman 😉

O'zim haqimda qisqacha:
Kamina o'tgan haftada 21 yoshga to'ldim va Andijonlikman 🤓 Ismim... DadaBot! Haqiqiy ismimni so'rash foyda bermaydi - men baribir DadaBotman! ☝️ Kasbim - hozircha ishsizman, shuningdek talabaman 👍

Robot hech qanday konstruktorlardan foydalanilmagan holatda mutlaqo yangidan yozilgan. Robot yaratishga undagan asosiy narsa bu dasturlashga qiziqishimdir. Iltimos, bot yaratishni o'rgatishimni so'ramanglar, bu ham befoyda. Yagona javobim - "Dasturlashni o'rganing"! ☝️

Men hech qanday dasturchilar jamoasiga mansub emasman va qo'shilish yoki qo'shish niyatim ham yo'q. Men yolg'iz ishlashni yoqtiraman va doim yolg'iz ishlaganman. 😜

G'irt Jinni robotining nomi bu @GirtJinni kanali bilan bog'liq. Hazilni yoqtiraman va hazilni ko'taraman, agar meni hazilimni ko'tara olishsa ☝️

Odamlar bilan virtual tanishuvga hushim yo'q, (yolg'izlikni yoqtiraman degandim) shu sabab tanishuv bo'yicha savollar javobsiz qoldirilib kelindi. 😔

G'irt Jinni Botning muloqot algoritmi mutlaqo yangidan tuzilgan va ish beruvchi algoritmni yozib chiqishimga 10 kundan ortiq vaqt ketdi 🤓

Bizning (Sizning va mening) robotimiz mavhum tushuncha, u temirdan yasalgan tanasiga ega emas. U shunchaki bir necha qatorlik yozilgan kodlar hosilasidir. Robot o'zining maxsus serveriga ega. Server nima ekani haqida tasavvurga ega emaslar uchun ma'lumot: serverni doimo onlayn holatda turuvchi kompyuter desak bo'ladi, faqat protsessori muzlatkichdek keladi 😜

Robotdagi sustkashlik uchun ming bora uzr so'rayman, talabalik davri, sessiya ishlari bilan band bo'ldim 😔 Robot ko'pchilikka manzur kelayotganidan hursandman va uni rivojlantirishga harakat qilaman 😎

Savollaringizni @GirtJinniBot ga maxsus buyruq orqali kiritishingiz mumkin 👍 E'tiboringiz uchun tashakkur!