DadaBot Blog
12 subscribers
40 photos
3 links
@GirtJinniBot asoschisi bo'lgan DadaBotning shaxsiy blogi

Men haqimda qisqacha:
https://t.iss.one/DadaBotBlog/3
Download Telegram
Robotga pul to'lab, guruhda tartibni saqlash? 👀
Rasmlarni to'xtatish...🤔

Foydalanuvchilarimizga yahshi ma'lumki, robotning ish jarayonidagi asosiy mashg'ulotidan biri bu rasm yuborish funksiyasidir. Kanalga joylangan rasmlarni robot avtomatik ravishda o'z foydalanuvchilariga ulashib chiqadi. Bir foydalanuvchimiz ushbu funksiyani o'zi uchun o'chirilishini so'rab murojaat qilgan ekan🤔. Aynan bir foydalanuvchi uchun bu ishni amalga oshirish qiyinchilik tug'dirilishi sabab yangi bir qo'shimcha kiritish g'oyasi tug'ildi: rasmlarga obunani yoqish-o'chirish funksiyasi😊.

Ushbu xizmatdan bosh tortganlar birinchi navbatda robotdagi mavjud va qo'yilajak bepul xizmatlardan foydalanish huquqidan mahrum bo'ladilar🤦‍♂. Obunani yoqib olib, xizmatdan foydalanib bo'lib, yana obunani o'chiradiganlar uchun ham maxsus chora o'ylab qo'yganman☝️.

Ushbu funksiyaning salbiy tomonlaridan biri bu haqiqiy statistikani aniqlash yo'liga to'siq bo'lishidir. 🤔 Chunki rasm yuborish jarayonida robotga blok qo'yganlar aniqlanib, ro'yhat yangilanib boradi.🤦‍♂

Ushbu funksiya robot-nazoratchi funksiyasi bilan birga taqdim etiladi☝️
Robot yuboradigan rasmlarga munosabatiz?
anonymous poll

Menga yoqadi! 👍 – 46
👍👍👍👍👍👍👍 67%

Yoqmaydi👎 – 15
👍👍 22%

Ahamiyati yo'q 👌 – 8
👍 12%

👥 69 people voted so far.
Bayram va yangi dovon... 🤦‍♂

Avvalambor bugungi 1-oktyabr, "Ustoz va Murabbiylar kuni" bilan men va boshqa bir qancha dasturchilarning ustozi sanalgan "Google"ni tabriklab o'tmoqchiman.🤓

Endi dovonga keladigan bo'lsak...😟 Mana, ertaga 2-oktyabr sanasida robot ishga tushganiga 1 oy to'ladi. Bu 1-oy uchun to'langan summa ertaga nihoyasiga yetadi deganidir😏. Ertagacha serverga to'lov qilib, robotning ish faoliyatidan uzilib qolmasligini ta'minlash uchun kechadan beri astoydil mehnat qilyapman🤓💪.

Umid qilamanki, bu to'lovni bugundan kechiktirmasdan amalga oshirish imkoniyatim bo'ladi. Ungacha esa, yangi funksiya ustidagi izlanishlar vaqtincha dam olib tura qoladi...

P/s: Kelasi oyda avtomatlashgan to'lov tiziminiyam ishga tushirmasam, server to'lovi OTM uchun kontrakt to'lovim bilan qo'shilib biroz qiynab qo'yarkan👀. Robotdan daromad olish niyatim yo'q, o'zini qoplay olsa yetarli menga☝️😎
Qisqa uzilish...😒

Sizlarga shuni ma'lum qilamanki, ertaga, 2-oktyabr sanasida server to'lovi kechikishi sababli robot bir necha soatga o'chib qolishi mumkin😟. Bu holatda robotni qora ro'yhatga solmaysizlar degan umiddaman.

P/s: To'lov uchun mablag' topildi, ammo yarim kechasida uni amalga oshirish imkoniyati yo'qligi chatoq bo'ldi🤦‍♂
Statistika ilkisdan tushib ketdimi? 👀 Bu auditoriyamiz kichraydi deganimi yoki tizimdagi xatolik? 🤔
😎Xushxabar va Noxushxabar😏

Avvalambor bugun nihoyat to'lovni amalga oshirib bo'ldim.😳😉 Lekin yo'qotish ham bo'lmadi emas🤦‍♂. Kechasi yuborilgan e'londan keyingi rasmli e'lon natijasida😔 serverimiz yoshlik qipqo'yibdi😏. Ya'ni, yuborishga eringan ID raqamlarni hammasini bazamdan o'chirib tashlagan😏. O'tgan kuni olgan "bekap" ma'lumotlarim ham afsuski vaqtinchalik papkada saqlangani sabab o'chib ketgan ekan😏. Hullas, kulishniyam, yig'lashniyam bilmaydi odam🤣.


Ha mayli, qadrdon auditoriyani yana birgalikda tiklay olamiz, ha labbay?😉

Endigi rejalar qanday? 🤔

O'zgarishlarga ki-i-im qarshi? 💪😎
Kechagi statistika...
Bugungi statistika...
Oyog'inga issiqlik plitasi issiq havo purkab turgan bir vaqtda kresloda o'tirgancha netbukda dastur tuzish bilan band bo'lsang... Bunaqa havoda buni chinakamiga romantika desa bo'ladi.😜

G'irt Jinni Bot uchun tuzilgan "GJCore" dasturi shu vaqtgacha faqat bir marta, mart oylarida bazadagi ma'lumotlarni optimallashtirish zarurati paydo bo'lganidagina jiddiy o'zgarishga uchragan. Boshqa vaqtlar esa, shunchaki katta-kichik o'zgartirish yoki qo'shimchalar kiritish bilan kifoyalanganman.

Lekin endi, rejamdagi funksiyalarni kiritish uchun ushbu dastur anchagina o'zgartirishga muhtoj edi. Ya'ni, deyarli 90 foizini qaytadan yozib chiqish kerak bo'larkan🤦‍♂. Shu sabab ushbu dasturni yana qaytadan yig'ishga qaror qildim. Umid qilamanki, bo'lajak o'zgartirishlar siz azizlarga albatta yoqadi. Axir, bu o'zgarishlar aynan sizlar uchunda😉.
Berilgan buyruqlarga robot doim bir xil javob beryaptimi?🤔 Zerikarli, a?😏 Buniyam chorasini qilamiz😉
Zerikarli yangiliklar...👀

Gapga usta bo'lmasam ham, bahona topilaveradi doim😜. Ish cho'zilaveradi😂.

Hozirda rejimlar paneli ( /mode buyrug'i) ustida jiddiy ish olib boryapman. Uyerga syupriz tariqasidagi yangiliklar kiritish arafasidaman😉.

Shuningdek dasturning asosiy qismi butunlay o'zgartirib chiqilayotgani bois, ochig'i, o'zim yozgan kodlarni ko'rib o'zim gangib qolyapman😂. Ularni tartiblab, yanada optimallashtirib, yangi funksiyalarni kiritib degandek... Hullas ishni cho'zyapmanda😉

Buyoqda bank bilan bog'liq muammo ham hal bo'lib qolsa, balki to'lov tizimini ham o'rnatarmiz😉. Nega kerak deysizmi? Bunisi sir👀

Hozirdan keyingi yirik o'zgartirish uchun sharoit yaratib ketyapman ham: skriptni to'liq PHP7.1 tiliga o'girish uchun👀. Shundoq ham oxirgi versiya tiliga moslashgan serverimizga o'zim o'rgangan eski tilni tarjimoni bo'lgan "kutubxona" orqali eski versiya tilini qo'llab kelmoqdaman. Lekin bu ham hozirdan talabga javob bermaydi😏.

Aytgancha, agar siz dasturchi bo'lsangiz va bot yaratishga qiziqsangiz, sizni @BotSupportUz kanaliga taklif qilaman👀. Uyerda bot yaratish bo'yicha tushuncha va yo'nalishlar berib boraman😉. Shuningdek, Bot Developerlari uchun maxsus guruh tuzish ham rejada yo'q emas😉
Botni guruhga qo'sholmayapman!?😡

Avvalo, robotni guruhga qo'shish uchun ushbu manzilga bosishingiz kerak, dastur avtomatik ravishda qaysi guruhga qo'shishni so'raydi:
https://t.iss.one/GirtJinniBot?startgroup

Agar sizda bunday darcha paydo bo'lmasa, u holda siz Telegramning official versiyasini ishlatishingiz yoki, hech bo'lmaganda, official bo'lmagan dasturingiz (Plus, Mobogram, Turbogram, Anyways va hokazo) oxirgi versiyada ekanini tekshiring.

Agar sizda shunday ro'yhat ochilsayu, lekin siz qo'shmoqchi bo'lgan guruh ro'yhatda bo'lmasa, u holda guruh sozlamalarida foydalanuvchilar ham boshqa foydalanuvchilarni taklif qilish imkoniyati berkitilmaganini tekshiring. Agar ushbu imkoniyat oddiy foydalanuvchilar uchun cheklangan bo'lsa, u holda faqat guruh administratsiyasigina qo'sha oladi.

Agar robot guruhga qo'shilsayu, lekin avtomatik tarzda guruhni tark etsa, demak guruh robotning qora ro'yhatidan joy olgan bo'ladi. Ushbu holat ko'pincha robotni ko'pchiliklashib masxara qilish, so'kish ko'p uchraydigan guruhlarda yoki pornografik kontentga ega guruhlarda uchraydi.

Shuningdek, iOS foydalanuvchilarida Telegram dasturining o'zida nosozlik kuzatilmoqda. Bu haqida Telegram jamoasiga xabar berdim🤔.

Alternativ usul:
Guruh ma'lumotlari yozilgan menyuni oching. Agar uyerda "Add members" tugmasi mavjud bo'lsa, demak siz foydalanuvchi qo'sha olasiz. Ushbu tugmaga bosib, yuqoridagi lupa ikonkasiga bosib, @GirtJinniBot deb yozing. Global qidiruv orqali botning avatari va niki chiqadi. Robotga bossangiz, u guruhga qo'shiladi😉.
MultiDialekt 🤔

Ba'zi botlar ko'p tilli bo'ladi va shu sabab foydalanuvchilari keng doirada bo'ladi. Multilinguallik funksiyasi bizning botga ortiqchalik qiladi - yer yuzi bo'ylab foydalanuvchilarni qabul qilish uchun serverimiz juda kichiklik qiladi.

Shunday bo'lsada, o'zbekiston bo'ylab foydalanuvchilarni ko'paytirish yuzasidan ajoyib bir taklif tushdi: MultiShevalik! Yoki multidialekt desak ham bo'laveradi. 🙄

Robot hozirda asosan vodiy shevasida gaplashadi. Toshkent shevasiga moslashgan aholi uchun esa bu o'ng'aysizlik qilishi mumkin🤔. Shu sabab boshlanishiga Toshkent shevasini kiritsak 😉. Agar g'oya o'zini oqlasa, voha hamda xorazm shevalarini ham kiritishimiz mumkin😎
Bot bir necha shevalarda gaplashishiga qanday qaraysiz? 😉

Zo'r bo'lardi! – 81
👍👍👍👍👍👍👍 72%

Eeee😒👎 – 28
👍👍 25%

Ahamiyati yo'q! – 3
▫️ 3%

👥 112 people voted so far. Poll closed.
Sozlamalar paneli ustida ish boshladim mana... 👀
Birovni gapiga aralashyapti...😏

Ko'pincha foydalanuvchilardan shikoyat tushadi: botni guruhga qo'shishganlarida botga birov xabar yozmasa ham suhbatga aralashaverishi haqida.

Buni 2 xil sababi bo'lishi mumkin: botga "guruh admini" maqomi berilgan. Bu holatda bot guruhga yozilgan har qanday xabarni "ko'ra oladi". Tabiiyki, o'zi ko'rgan xabarlarga javob qaytarishni boshlaydi. 2-sababi esa, dialog boshida bot yozgan xabar turadi. Ya'ni, botning qaysidir xabariga kimdir "reply" qilib yozgan deylik. Aynan shu replikaga yana kimdir "reply" qilib, foydalanuvchiga murojaat qilgan. Replikalar shu tartibda chuqurlashib boravergani bilan, bot bularning barchasi o'ziga yozilgan deb qabul qiladi.

Shunday bo'lsada, ushbu noqulaylikni yaqin orada, dastur yangilanishi bilan bartaraf etilishini rejalashtirganman😉
Uraaaa!!! Hozirgina qiz jiyanli bo'ldim!!! 😭😭😭 Amaki bo'pman endi men ham 😉😉

P/s: AmakiBot? 😅
Bingo! 😉

Kuni kecha bir do'stimga guruhni nazoratga oluvchi algoritm haqida gapirib berganimda, kulib yuborgandi🤦‍♂. Agar foydalanuvchilar botni nazorat qilish uslubini o'rganib olishsa, uni bemalol chetlab o'tib, guruhni floodga to'ldirishlari mumkinligini tushuntirdi. Hullas, men o'ylab qo'ygan algoritm "brak" ekan...😔

Bir muddatlik mulohazadan so'ng do'stimning gaplari to'g'ri ekaniga ishonch hosil qildim: rostan ham buni aylanib o'tish oson ekan! 🤦‍♂

Qanday algoritmni qo'llash mumkin? Hammasi nazorat ostida bo'lishi uchun nima qilish kerak?👀

Mana bugun nihoyat o'sha, mendan qochib yurgan algoritmni tutib oldim! 😉 "Mana endi kamchilik topishga urinib ko'r!" deya bu algoritm haqida do'stimga gapirib berganimda esa, u bu galgi g'oyam ancha samaradorligini ta'kidladi😎

Xo'sh u qanday algoritm? U qanday ishlaydi? 👀
Deyarli...


Yangilanishlar deyarli o'z nihoyasiga yetdi😉. Lekin hali o'rnatilmadi baribir😁.

Ushbu yangi tizim ishlashi uchun endi bizga 2-sheva, Toshkent shevasi jamlanmasi kerak bo'ladi. Uni qayerdan olasiz, demoqchimisiz? Uni O'ZIM yozib chiqyapman, toshkentlik qadrdonlar ko'magida😉

Faqat hozirgi javoblar to'plamini to'liq "Toshkentifikatsiya" qilib chiqish yana 1-2 kun vaqt oladi🤦‍♂ Shundan so'ng bemalol yangi tizimga o'tib, yangilanishlardan bahramand bo'lishimiz mumkin! 😉
Guruhlarda latifa buyrug'i bilan bezor qilmasliklari uchun latifa tagiga "Yangilash" tugmasini qo'shish kerakmi? 🤔