Tuk-tuk!π
Zerikib qolmadiylarmi? π
Sizlarga yangi, G'irt Jinnicha funksiyani taqdim qilmoqchimanπ.
Ushbu funksiyani Maxsus-boshqaruv paneli deb atadim. Ushbu funksiya xozirda asosan faqat bitta xizmatdan tashkil topgan bo'lsada, kelgusida bu xizmat turlari va ko'lamini kengaytirish niyatim borπ
Maxsus-boshqaruv panelini chaqirish uchun botga /mode buyrug'ini kiriting. Ushbu holatda bot siz bilan mutlaqo boshqa rejimda ishlay boshlaydi va u sizning savollaringizga javob bermaydi. Bu rejimda u faqat belgilangan buyruqlarnigina tushuna oladi va ularni bajaradi π. Havotir olmang, istalgan vaqtingiz /exit buyrug'i yoki "Chiqish" kalit-so'zi yordamida odatiy rejimga qaytib olishingiz mumkinπ.
Xo'sh, qanday xizmat qo'shildi?
Aytarli darajada katta yangilik emasπ€. Ushbu xizmat orqali robot kanalingizga fayl joylashning optimal variantini taklif qiladiπ.
Birorta kanalda ajoyib video ko'rib qoldingizmi? Eshitgan musiqangizni kanal a'zolaringiz bilan baham ko'rmoqchimisiz? "Forward" funksiyasi ham ko'ngildagidek ishlamaydi: π Xabar yuqorisida "Forwarded from..." imzosi chiqib turadi, fayl izohida esa **/joinchat/** π. Faylni yuklab olib, o'z kanalingiz qayta yuklash esa optimal yechim emasπ€.
Ayni shu holatda bizning G'irt Jinni sizga yordamga keladi. Aynan o'sha megabaytni yemiradigan faylni botga "forward" qiling, unga izohni ham kiriting. Robot esa o'sha faylni siz yozib bergan matn bilan siz uchun kanalingizda chop etadiπ.
Va... Bu xizmat BEPUL! π±
Ha mayli, balki keyinchalik bu xizmat evaziga kanalingizda kunlik bir-martalik reklama qo'yishni so'rarman...π
Ushbu xizmatni ishlatish bo'yicha batafsil: https://telegra.ph/Girt-Jinni-orqali-kanal-boshqarish-09-25

Telegraph
G'irt Jinni orqali kanal boshqarish
Ushbu maqola yordamida sizlarga G'irt Jinni telegram boti orqali qanday qilib kanalga post yuborishni ko'rsatib beraman. Eng avvalo, siz robotning qora ro'yhatida bo'lmasligingiz kerak! Aks holda robot sizga javob yozishdan bosh tortadi. Keyingi bosqichdaβ¦
Qiziqishda botimiz aktivlik qilayotgan guruhlar orasida eng ko'p a'zosi bori qaysinisi ekanini aniqlab ko'rmoqchi bo'ldimπ€. Bazani ochdim, kerakli buyruqni berdim va...π±
Qanaqadir "TAQDIR" nomli superguruhda umumiy 17038ta foydalanuvchi bor ekanπ³. Umumiy guruh foydalanuvchilari soni esa 38 ming ekanπ€ Deyarli 50% natija shu guruhni o'zida ekanπ

Bugun bazani tekshirib ko'rib, shuni guvohi bo'ldimki, ko'pchilik kanal-boshqaruvi paneliga bitta kanalni qayta-qayta kiritaveribdiπ€. Bu bazamizga og'irlik qilmasada, foydalanuvchining o'ziga noqulaylik tug'diradi. Shularni hisobga olgan holda kichik bir filter o'rnatdim va bazadagi "egizak kanallar"ni o'chirib tashladimπ.
Bu zang'ar filter qulaylashtiradi desamπ birato'la bazani qulflab olgan ekanuπ€.
Keraksiz chatlarni tozalash yangi bosqichda olib boriladiπ.
Bazamiz keng ko'lamli bo'lgani bilan, uni chiqindi ma'lumotlar bilan to'lg'azish niyatim yo'qπ. Botga to'siq qo'ygan chatlardan tashqari uni butunlay stop qilgan chatlar serverim vaqtini band qilishini hohlamayman. Shu sababdan yangi bosqichda ushbu ro'yhatni tozalab turish algoritmini ishga tushirdimπ.
Bunday chatlar serverni qanday band qilishi mumkin?π€
Sokin e'lonlar vaqtida bazadagi harbir ID raqami uchun server ma'lum miqdorda vaqt sarflaydi. Vazifa yakunida bot menga yuboradigan hisobotga ko'ra esa, umumiy hisobning o'rtacha 60-65 foizigina aktiv bo'lib, qolganlariga e'lon yuborilmaydi. Bunday chiqindi chatlarni tozalab qancha IDdan qutuldim, bilasizmi? Naqd 1 200ta chatdan halos bo'ldimπ³. Bu esa sokin e'lonlar yuborish vaqtini ikki barobargacha qisqartirish imkonini beradiπ.
Ko'p gapirib yubordim, sergap bo'lib ketyapmanπ. Lekin menimcha statistikani zo'r ko'rsatgandan, xizmatni yahshi ko'rsatgan ma'qulπ

Maksimal Optimizatsiya?π€
Foydalanuvchilardan ajoyib bir taklif tushdi. Foydalanishda biroz noqulaylik tug'diradigan 3ta buyruq: teach, dadabot va yangilatifa buyruqlarini maxsus-boshqaruv paneliga kiritishni taklif qildiπ€.
Agar eski qadrdonlar eslay olsa, ilk "tanishuv" funksiyasi "/tanishuv Zafar 23 erkak" yoki "/tanishuv Nargiza 17 ayol" ko'rinishida bo'lib, bu funksiya keyinchalik foydalanishga qulaylashtirilgan edi.
DadaBot va yangilatifa funksiyalari bilan ham shunday: xabar matnini buyruqqa qo'shib yozish kerak bo'lardi: "/dadabot salom, ishlar qalay? π" yoki "/yangilatifa bir kuni afandi..."
Ushbu funksiyalar ham biroz qulaylashtirilib, buyruq yuborilganda robot xabar matnini so'raydigan qilgandimπ.
Endi esa slesh-buyruqlardan voz kechish taklifi biroz o'ylantirib qo'ydi...π€

24 soat ichida 5.7K "prosmotr" yig'ilibdi... 6 soat avvalgi post esa hozirgacha 4.1K yig'ib ulgurganπ Ayni vaqtdagi aktiv-chatlar soni 1959ta. Shundan 1100tasi foydalanuvchilar, qolgani guruhlarπ
Keyingi bosqich...π
Gapni uzoqdan boshlamasdan gapiradigan bo'lsam, robotning o'z guruhida ( @GirtJinnilar ) kechayotgan tartibsizliklarni nazoratga olishga vaqt topa olmayapmanπ.
Shu sabab @GirtJinniBot'ga kanalga post joylash bilan birgalikda, navbatdagi ma'suliyatni yuklashga qaror qildim: Nazoratchi!π
Siz yirik guruh adminisiz, o'zingiz yoki yordamchi-adminlar tarmoqdan tashqarida ekanida, guruhdagi tartibsizlikdan xotirjam bo'lmoqchimisiz? π Unda guruhni o'chirib tashlang! π€£
Albatta hazilπ.
Hozirda kerakli algoritmni ishlab chiqish ustida bosh qotiryapmanπ€. Guruhdagi tartibsizlik qanday kelib chiqadi o'zi? Uni qanday bartaraf etish mumkin?π€
Tartibsizliklarni o'rganish uchun foydalanuvchilari 1000dan yuqori bo'lgan superguruhlarni kuzatib boryapman (mehmon sifatida βοΈ ). Algoritm uchun 3-4 turdagi variantlar o'ylab qo'ydim, shularni mukammallashtirib, amalda qo'llab, eng yahshi variantni tanlab, robotga shu funksiyani kiritamanπ.
Funksiya progressga kirishgan vaqtida xabar beramanπ.

Rasmlarni to'xtatish...π€
Foydalanuvchilarimizga yahshi ma'lumki, robotning ish jarayonidagi asosiy mashg'ulotidan biri bu rasm yuborish funksiyasidir. Kanalga joylangan rasmlarni robot avtomatik ravishda o'z foydalanuvchilariga ulashib chiqadi. Bir foydalanuvchimiz ushbu funksiyani o'zi uchun o'chirilishini so'rab murojaat qilgan ekanπ€. Aynan bir foydalanuvchi uchun bu ishni amalga oshirish qiyinchilik tug'dirilishi sabab yangi bir qo'shimcha kiritish g'oyasi tug'ildi: rasmlarga obunani yoqish-o'chirish funksiyasiπ.
Ushbu xizmatdan bosh tortganlar birinchi navbatda robotdagi mavjud va qo'yilajak bepul xizmatlardan foydalanish huquqidan mahrum bo'ladilarπ€¦ββ. Obunani yoqib olib, xizmatdan foydalanib bo'lib, yana obunani o'chiradiganlar uchun ham maxsus chora o'ylab qo'yganmanβοΈ.
Ushbu funksiyaning salbiy tomonlaridan biri bu haqiqiy statistikani aniqlash yo'liga to'siq bo'lishidir. π€ Chunki rasm yuborish jarayonida robotga blok qo'yganlar aniqlanib, ro'yhat yangilanib boradi.π€¦ββ
Ushbu funksiya robot-nazoratchi funksiyasi bilan birga taqdim etiladiβοΈ

DadaBot Blog via @vote
Robot yuboradigan rasmlarga munosabatiz?
anonymous poll
Menga yoqadi! π β 46
πππππππ 67%
Yoqmaydiπ β 15
ππ 22%
Ahamiyati yo'q π β 8
π 12%
π₯ 69 people voted so far.
anonymous poll
Menga yoqadi! π β 46
πππππππ 67%
Yoqmaydiπ β 15
ππ 22%
Ahamiyati yo'q π β 8
π 12%
π₯ 69 people voted so far.
Bayram va yangi dovon... π€¦ββ
Avvalambor bugungi 1-oktyabr, "Ustoz va Murabbiylar kuni" bilan men va boshqa bir qancha dasturchilarning ustozi sanalgan "Google"ni tabriklab o'tmoqchiman.π€
Endi dovonga keladigan bo'lsak...π Mana, ertaga 2-oktyabr sanasida robot ishga tushganiga 1 oy to'ladi. Bu 1-oy uchun to'langan summa ertaga nihoyasiga yetadi deganidirπ. Ertagacha serverga to'lov qilib, robotning ish faoliyatidan uzilib qolmasligini ta'minlash uchun kechadan beri astoydil mehnat qilyapmanπ€πͺ.
Umid qilamanki, bu to'lovni bugundan kechiktirmasdan amalga oshirish imkoniyatim bo'ladi. Ungacha esa, yangi funksiya ustidagi izlanishlar vaqtincha dam olib tura qoladi...
P/s: Kelasi oyda avtomatlashgan to'lov tiziminiyam ishga tushirmasam, server to'lovi OTM uchun kontrakt to'lovim bilan qo'shilib biroz qiynab qo'yarkanπ. Robotdan daromad olish niyatim yo'q, o'zini qoplay olsa yetarli mengaβοΈπ

Qisqa uzilish...π
Sizlarga shuni ma'lum qilamanki, ertaga, 2-oktyabr sanasida server to'lovi kechikishi sababli robot bir necha soatga o'chib qolishi mumkinπ. Bu holatda robotni qora ro'yhatga solmaysizlar degan umiddaman.
P/s: To'lov uchun mablag' topildi, ammo yarim kechasida uni amalga oshirish imkoniyati yo'qligi chatoq bo'ldiπ€¦ββ

Statistika ilkisdan tushib ketdimi? π Bu auditoriyamiz kichraydi deganimi yoki tizimdagi xatolik? π€
πXushxabar va Noxushxabarπ
Avvalambor bugun nihoyat to'lovni amalga oshirib bo'ldim.π³π Lekin yo'qotish ham bo'lmadi emasπ€¦ββ. Kechasi yuborilgan e'londan keyingi rasmli e'lon natijasidaπ serverimiz yoshlik qipqo'yibdiπ. Ya'ni, yuborishga eringan ID raqamlarni hammasini bazamdan o'chirib tashlaganπ. O'tgan kuni olgan "bekap" ma'lumotlarim ham afsuski vaqtinchalik papkada saqlangani sabab o'chib ketgan ekanπ. Hullas, kulishniyam, yig'lashniyam bilmaydi odamπ€£.
Ha mayli, qadrdon auditoriyani yana birgalikda tiklay olamiz, ha labbay?π
Endigi rejalar qanday? π€
O'zgarishlarga ki-i-im qarshi? πͺπ

Oyog'inga issiqlik plitasi issiq havo purkab turgan bir vaqtda kresloda o'tirgancha netbukda dastur tuzish bilan band bo'lsang... Bunaqa havoda buni chinakamiga romantika desa bo'ladi.π
G'irt Jinni Bot uchun tuzilgan "GJCore" dasturi shu vaqtgacha faqat bir marta, mart oylarida bazadagi ma'lumotlarni optimallashtirish zarurati paydo bo'lganidagina jiddiy o'zgarishga uchragan. Boshqa vaqtlar esa, shunchaki katta-kichik o'zgartirish yoki qo'shimchalar kiritish bilan kifoyalanganman.
Lekin endi, rejamdagi funksiyalarni kiritish uchun ushbu dastur anchagina o'zgartirishga muhtoj edi. Ya'ni, deyarli 90 foizini qaytadan yozib chiqish kerak bo'larkanπ€¦ββ. Shu sabab ushbu dasturni yana qaytadan yig'ishga qaror qildim. Umid qilamanki, bo'lajak o'zgartirishlar siz azizlarga albatta yoqadi. Axir, bu o'zgarishlar aynan sizlar uchundaπ.

Berilgan buyruqlarga robot doim bir xil javob beryaptimi?π€ Zerikarli, a?π Buniyam chorasini qilamizπ