DadaBot Blog
12 subscribers
40 photos
3 links
@GirtJinniBot asoschisi bo'lgan DadaBotning shaxsiy blogi

Men haqimda qisqacha:
https://t.iss.one/DadaBotBlog/3
Download Telegram
Barchangizga salomlar...😟 Men... DadaBotman... πŸ˜”

Bir necha soatdan beri robot ishlamayapti, bunga sabab la'nati serverning ortiqcha "nagruzka" sababli o'chib qolayotganligidir 😟

Afsuski hozirda bunga hech qanday chora ko'ra olmayman πŸ˜”.

Telegram serverining ma'lumotiga ko'ra, 6 mingdan ortiq xabar javob kutib yotibdi ekan...

Azizlar, bor kuchim bilan harakat qilib, serverni joyiga qo'yishga harakat qilaman, biz bilan bo'lganiz uchun tashakkur!
G'irt Jinni suhbatdoshlari 7777ta!

Barchangizga assalomu alaykum!

Bilaman, anchadan buyon sukunat kuyini sizlarga eshittirib kelmoqdaman 😜. Sababi: iqtisodiy inqiroz πŸ˜‰.

O'qishdagi kontrakt masalasi ham, yangi serverga o'tish uchun to'lov masalasi ham hamon yechimsiz yotibdi 😏. Shu sabab internetga ko'p vaqtimni ajrata olmayapman πŸ˜”.

Shu 10 kun ichida hozirgi serverimiz o'chiriladi 😳. Ungacha mablag' jamg'arib, yangi, qotmaydigan, VIP ta'rif-rejali serverga ko'chishga harakat qilaman va xudo hohlasa bunga erishaman 😊

P/s: Tan olaman, yangi so'zlar kiritishga ham, DadaBotga yuborilgan xabarlarga javob yozishga ham, kelgan latifayu, rasm, lug'atlarni ko'rib chiqishgayam vaqt topa olmayapman. Bu albatta vaqtinchalik muammo. Meni to'g'ri tushunasizlar degan umiddaman! 😊
Barchangizga salomlar! Men DadaBotman!πŸ™ˆ

Mana, deyarli 10 kundirki robotimiz ishlamayapti, buni sezgansizlar deb umid qilamanπŸ™ˆπŸ™ˆ

Huv birda aytganim esingizdami? Moliyaviy muammochi? Aynan o'sha muammo sabab hozirda serverimizga pul to'lanmagan va u eski serverga qaytish niyatim ham yo'q😜

Endigi rejalar qanday?

-Ozgina tanaffus qilish;
-Ko'proq pul jamg'arish;
-Yangi, umuman qotmaydigan va o'chib qolmaydigan serverga ko'chish;
-Botga yangi, super funksiyalar kiritish;
-Foydalanuvchilarni hursand qilish;

Buning uchun mendan mehnat, sizlardan esa faqatgina sabr talab etiladi😊

Meni shu vaqtgacha qo'llab quvvatlaganingiz uchun tashakkur!

Hurmat bilan,
DadaBot, @GirtJinniBot yaratuvchisi
Salom barchangizga!☺️☺️☺️

Moliyaviy muammo DEYARLI hal bo'lganini hisobga olgan holda, tez orada yana qayta ish boshlashga tayyor ekanimni e'lon qilaman!😳😍😍

Endilikda Bot API v3.0 sharofati bilan foydalanuvchilarga pullik xizmat ko'rsatish yo'lga qo'yiladi!

PULLIK XIZMAT?😳😳😳☹️

Ha, bu degani oddiy foydalanuvchilarga ham pul evaziga ishlaymiz degani emas, ma'lum haq evaziga bizning Bot sizga pullik xizmatlar ko'rsatadi, boshqacha aytganda, robot sizning ishchingizga aylanadi! ☺️☺️

Oddiy foydalanuvchilarimiz botdan doimgidek foydalanishda davom etishlari mumkin bo'ladiπŸ‘πŸ‘πŸ‘

Bizni unutmang!
Biz qaytamiz!

Hurmat bilan, DadaBot
🎀Bir... Bir-bir... Bir-ikki...πŸ—£πŸŽ€

πŸ”ŠIshlayaptimi? πŸ‘€ Ovozi sal pastrog'u, lekin bo'laveradiπŸ™ƒ

Barchangizga salomlar! Men DadaBotman! πŸ€—

Bizni botni sog'inganlar bormi? πŸ€“ a? πŸ‘€ Nega jimlik? πŸ˜”

Xo'sh, @GirtJinniBot'ni qayta uyg'otish vaqti keldi a menimcha? πŸ™ƒπŸ™ƒ

Tez orada... Bu safar avvalgilaridan tezroq oradaπŸ€“ Bizni kuting!πŸ˜‰πŸ˜‰
Bilaman, ko'pchiligingiz meni ovoz chiqarmay so'kmoqdasiz, "Shunaqa ham cho'zadimi?😑" deb πŸ™ˆ

Oradan 3 oy ham o'tibdi, lekin shu o'tgan vaqt ishlarim tig'izligi va ko'paygandan-ko'paya oladigan muammolarim sabab men uchun bir zumda o'tib ketdiπŸ˜•.

Hozir hechqanaqa muammolarim yo'q, yoki, shunaqa desa ham bo'ladi, harqalayπŸ˜‰. Nega endi botni foydalanuvchilarga qaytarmasligim kerak ekan?πŸ€“

Tez kunda batafsil ma'lumot beraman. Biz bilan, aniqrog'i men bilan qolingπŸ˜„

Chuqur hurmat bilan,
DadaBot.
Forwarded from G'irt Jinni
Tez kunda... Bizni kuting! πŸ€“
Tayyorgarlik jarayoni boshlanib ulgurgan... πŸ˜‡
Barchangizga salomlar! πŸ™ˆ

Avvalo barcha yurtdoshlarimizni bugungi Qurbon hayiti ayyomi va Mustaqilligimizning 26 yilligi bilan chin yurakdan tabriklayman 😊.

Musaffo osmon yurtimizni tark etmasligini tilagan holda sizlarga bir xushxabarni e'lon qilaman...πŸ™ˆ
Barchangizga salomlar! Men DadaBotman!πŸ˜‰

Mana kuni kecha Qurbon hayiti ayyomi va Mustaqillik kuni bayramlarini keng nishonladik, yana bir bor barchani tabriklab qolaman. πŸ˜€

Bugun ko'pchiligimiz o'quv muassasalariga yana bir bor qadam bosib, navbatdagi bosqichda o'qishni davom ettirmoqdamiz. Shu qatori kamina ham institutimizning navbatdagi bosqichiga qadam qo'ydim. πŸ“š

Avvalgi bilimlar kunidan farqli tarzda tuzilgan Xotira darslarida yurtimizning buyuk siymolari qatorida marhum prezidentimizni xotirladik.πŸ˜• Xotira darsida professor domlamiz bizni tashlab ketgan siymolarga boshida shunchalik o'rganib qolib, keyin vafotidan so'ng ham huddi hozir kelib qoladigandek hissiyot haqida gapirganida beixtiyor hayolimga o'zim yaratgan onlayn robot keldi... πŸ‘€

Rost, robotim ish faoliyatini yakunlaganidan buyon keyingi faoliyat qachon boshlanishi haqida ko'plab so'rovnomalar oldim. Avvaliga moliyaviy muammo, keyin esa vaqt muammosi doimiy ketma-ketlikda qiynab keldi. πŸ˜”

Chuqur o'ylab ko'rib, bugun botni qayta ishga tushirishga qaror qildim...πŸŽŠπŸŽ‰

Bu bot sizlar uchun ko'ngilochar tadbir bo'lsa, men uchun malaka oshirish maktabi bo'ldi desam mubolag'a bo'lmaydi. πŸ€“

Botni asta-sekinlik bilan takomillashtirib, sizlar uchun yanada qulay va foydali robotga aylantirishga harakat qilaman.😎

Bu safar olgan serverim juda ham kuchli emas, baholi qudrat ishlab turadi. Lekin bu doim shunday bo'ladi degani emas! Cho'ntakga qarab serverni goh uyog'ini, goh buyog'ini kuchaytirib boraman. Eng asosiysi esa, bu safar server to'lovini qilib borishga harakat qilaman. πŸ˜…

Robotni rivojlantirish, faoliyatini kengaytirish esa siz azizlarning qo'lingizda.πŸ™ƒ

Chuqur hurmat va ehtirom bilan,
DadaBot
Bazamizda saqlanib qolgan chatlar ro'yhati butunlay tozalab tashlandi!

Bazamizda mavjud 11 400 chatdan qaysilari robotga to'siq qo'yganini aniqlashtirib, "bad ID"lar bilan aloqani uzishni mo'ljallagan edim.πŸ€” Lekin serverga yukni kamaytirish maqsadida bu ro'yhatni butunlay tozaladim. Endi robotga /statistika buyrug'ini yuborganingizda u sizga yangi natijalarni ko'rsatadi.πŸ˜‰

Ro'yhatni tozalashdan maqsad - bot bilan suhbatni davom ettirayotgan chat (guruh, superguruh va shaxsiy xabar)lardan iborat yangi ro'yhatni shakllantirishdan iborat πŸ˜‰
Bot yaratishga qiziqishi borlarni yangi @BotSupportUz kanaliga chorlab qolaman 😊 Ushbu kanalda dasturlash bo'yicha bilimga ega bo'lganlarga Telegramda bot yaratish bo'yicha tushuncha va ko'nikmalar berib boriladi 😊

@BotSupportUz
Barchangizga salomlar! πŸ‘€

Mana bot qayta ishga tushgan sanadan boshlab o'tgan 3 kun ichida qariyb 500ga yaqin chatda bot aktivlik qilmoqda, shulardan 200dan ortig'i shaxsiy xabarlar bo'lsa, 150ga yaqin superguruhlardan iboratdir. 😊

Shunday bo'lsada "Nega botda yangilik yo'q?" degan savollar bilan murojaatlar tinmayapti. Bularga oydinlik kiritish va savollarga umumiy javob berish maqsadida sizlarga yangiliklarning uchuni chiqarib qo'yaman πŸ€“

Eng avvalo, eslatib o'tsam, sizlarga pullik xizmatlar haqida ma'lum qilgan edim☝️

Bot asosan guruhlarda qiziqish uyg'otishini inobatga olgan holda, unga guruhni nazorat qilish mas'uliyatini yuklamoqchiman πŸ€”. Agar eski statistikani yodga oladigan bo'lsak, mingdan ortiq superguruhlarda botimiz faoliyat yuritgan edi☝️.

Minglab guruhlarning yuzlab a'zolarini nazorat qilib borish serverga yahshigina yuk tushirishini aytmasa ham bo'ladi 😜. Shuning uchun ham ushbu xizmat pullik sanalib, boshlanishiga demo ko'rinishida sanoqli guruhlarda faoliyat ko'rsatadi. (Masalan: @GirtJinnilar )

Unga yana qanday mas'uliyat yuklashimiz mumkin? πŸ€”

Hozirda botga kanal boshqaruvini topshirish g'oyasini shakllantirmoqdaman. U qanday bo'lishi haqida esa keyinroq batafsil ma'lumot beraman.

Hozirda nazorat qilish uchun kerakli algoritmni ishlab chiqish ustida ish olib boryapman.πŸ€“

Tez orada yahshi yangiliklar bilan ko'rishguncha deb qolaman😊
Hurmat bilan,
DadaBot
Barchangizga salomlar, men DadaBotman!

Avvalo barchani kirib kelgan 2017-yil paxta mavsumi bilan qutlagan holda, kaminaning ham ushbu bayramona ta'tilga jo'nab ketish ehtimolim borligini ta'kidlab o'tsam πŸ˜”.

Paxtaga borishning men va bot uchun 2ta zararli tomoni mavjud:
1. Uyoqlarda internet deyarli ishlamaydi. Bu degani men botni nazorat qila olmayman.
2. Oy oxirida server uchun to'lovni baraja olmaslik😁

Kulguli tuyulsada, men uchun dolzarb bo'lib turgani shu 2-muammo πŸ˜”. Umuman olganda, oy oxirigacha ba'zi bir pullik xizmatlarni ishga tushirib, server to'lovini bir qismini chiqarib olish rejasi ham yo'q emasdiπŸ€“.

Yahshi gaplardan gaplashsak, foydalanuvchilar sezgan bo'lsa kechadan buyon yangi rasmlarni yuborishda davom etyapmiz 😊.

Yangi tuzib chiqilgan algoritm asosida serverga nagruzka tushirmaslikka harakat qilib, postlarni foydalanuvchilarga ulashish usulini ishlab chiqdim πŸ€“. Bu degani kanalga reklama joylamoqchi bo'lganlar uchun eshiklar ochiladi degani 😜. Ulashilgan postlardagi ko'rishlar sonini @GirtJinni kanalida kuzatishingiz mumkinπŸ˜‰. Reklama haqida esa, batafsil keyinroq.

Hozirda (haliyam πŸ˜”) kanal boshqaruvi funksiyasini tuzish bilan bandman. Botning asosiy detallari tubdan o'zgarishiga to'g'ri kelishini hisobga olgan holda, bu jarayon biroz sekinroq kechmoqdaπŸ˜”. Lekin bu masalada yahshi yangilik ham yo'q emas: agar mo'ljal qilganimdek ushbu funksiya tezkor xotiramizni band qilmasa, bu funksiya butunlay BEPUL bo'lishi ham mumkin πŸ€“

Yangiliklarni yoritib boraman.
Hurmat bilan,
DadaBot
😊
Ishlar qizg'in ketmoqda... πŸ™ˆπŸ˜‰

@DadaBotBlog
Vau!πŸ‘€

Botga kelib tushayotgan so'rovlar avjiga chiqib ketdimi 😊. Serverim qotib, botdan xabar kelishi 10 sekundgacha cho'zilib ketdi😳.

Anovi rasmini yuborgan rasmni eslaysizlarmi? Yangi funksiyadan parchani? πŸ˜‰ Shuni asosiy interfeysi tayyor, faqat instrumentlar bilan ishlashda muammo bo'lyaptiπŸ˜”. To'g'rirog'i muammo mendaπŸ˜”. Miyyam ishlamay qolyapti, yozgan kodlarim-u, tuzgan algoritmlarim shu qadar chalkashib ketdiki, bularni tartibli ishlaydigan yo'lini qilmasam server bundan ham battar qiynalishi tayinπŸ˜”.

Yahshi yangilik ham yo'q emas: ertaga paxta safariga jo'nab ketyapman😊. Nimasi yahshi deysizmi? πŸ€” Paxta dalalarida internet aloqasi deyarli ishlamaydi, shu sabab o'ylanishga yetarli vaqtim bo'ladi😜.

Havotir olmang azizlar, bu safar nima qilib bo'lsa ham robotni ish faoliyati davomiyligini saqlashga harakat qilaman😊
Barchaga salom!πŸ‘€

Kecha telegram bilan aloqa uzilib, biroz qo'rqitib yubordiπŸ˜”. Telegramni bizda bloklab qo'yishdimi deb o'ylabman😳. Shunaqa bo'lsa, bu robot hechnimaga yaramay qolardi...πŸ˜”

Avvalgi safar aytganimdek, paxta terimiga keldim bugun😊. Buyerda qancha muddat bo'lishim noaniq. Baribir sog'ligim paxta terishni ko'tara oladigan darajada emas😏.

Buyerda aloqa juda zo'r emas, shu sababli botni rivojlantirish tezligi pasayishi mumkinπŸ˜”.

Lekin nima bo'lsa ham, bizdan uzoqlashmang deb qolaman😊.

Hurmat bilan,
DadaBot
Bot menga javob yozmayapti

Agar bot sizning xabarlaringizga shaxsiy xabarda ham, guruhlarda ham javob yozmayotgan bo'lsa, demak, sizni qora ro'yhatiga kiritib qo'ygan.

Bu qanday yuz bergan bo'lishi mumkin?
Robotga (ayniqsa DadaBotga) so'kinib yozish sizni qora ro'yhatga tushib qolishingizni ta'minlaydi.

Endi nima qilsam bo'ladi?
Hechnima!😊 Bemalol bizni robotni so'kib, vaqtingizni zoe ketkazishingiz mumkin: serverimiz sizni tinglashdan bosh tortadi😊. Ko'nglingizni xotirjam qilib, zerikarli hayotingizga qaytavering.πŸ‘

Qora ro'yhatdan qanday chiqaman?
Bizni qora ro'yhatimizni qadimgi qo'lyozmalarda "borsa-kelmas" deb atashgan. Ya'ni, kirmoq bor-u, chiqmoq yo'q. Bizda xatolar kechirilmaydi😊. Salomat bo'ling.
πŸ‘€Barchangizga salomlar!😊 Men o'sha-o'sha, DadaBotmanπŸ˜‰.

Prezidentimiz Mirziyoyev va Bosh Vazirimiz Aripovning qarorlariga ko'ra, "Paxta-2017" yig'im terimidan ortga qaytdikπŸ˜‰. Endi bor vaqtimni robotga bag'ishlash uchun vaqt ham, internet ham, boringki ana, server ham bor😎.

Robotimizda qanday funksiyalar joriy etilishini hohlardingiz? Bu haqida @GirtJinniBot'dagi "DadaBotga xabar" funksiyasi orqali kaminaga ma'lum qilishingiz mumkin 😊.

Hozirda tugallanmay qolgan funksiyani bitkazish ustida ish olib boryapman. Bunaqa funksiya bilan endi shug'ullanayotganim va ichki-uzun menyular biroz murakkabligi uchun ham vaqt o'ylaganimdan ko'proq ketyapti. Lekin o'sha gap-gap: bitkazmaganimga qo'ymaymanπŸ€“

Hurmat bilan,
DadaBot

P/s: Xabar tariqasida ko'pchilik reklama joylash istagini yozgan ekan. Keyingi postda reklama shartlari va narxlari haqida so'z yuritaman😊.
πŸ‘‰ Reklama xizmati πŸ‘ˆ

O'z saytingiz, guruhingiz yoki kanalingizni reklama qilmoqchimisiz? Bunda sizga @GirtJinniBot va @GirtJinni kanali yordamga keladi 😊

Robotimiz qariyb 3 ming chatlarda faol qatnashmoqda va bu ko'rsatkich kundan-kunga bir necha yuzga oshib bormoqda.

3 Mingta chat - Bu 2 mingga yaqin foydalanuvchilar, 800ga yaqin superguruhlar va 300dan ortiq oddiy guruhlardir.

☝️ Xizmat pullik.
☝️ Xizmat narxlari qora bozor kursi bo'yicha rublda (160 so'm) ko'rsatiladi.
☝️ To'lovni qabul qilish: Webmoney, Click, PayMe, PayNet.

Narxlar bilan tanishamiz:

Lite tarifi - faqat shaxsiy xabar orqali foydalanadigan foydalanuvchilarga xabar yuboriladi. Narxi: 20 rubl

Pro tarifi - faqat guruhlar va superguruhlarga xabar yuboriladi. Bitta guruhda eng kami 10tadan foydalanuvchi reklama ko'rganida 1000ta guruhda 10K ko'rishlar soni yig'iladi. Narxi: 40 rubl

Max tarifi - barcha chatlarga xabar yuboriladi. Ko'rishlar soni maksimal darajada bo'ladi. Narxi: 55 rubl

πŸ””Diqqat! Foydalanuvchilar soni ortishiga qarab narxlar o'zgarib turadi

πŸ“ƒFoydalanish qoidalari:
🚫Mumkin emas:
πŸ‘‰ Pornografik kontentga ega kanal, guruh va saytni reklamaga qo'yish;
πŸ‘‰ Reklamada pornografik mazmundagi ibora yoki rasmlarni qo'llash;
πŸ‘‰ Foydalanuvchini aldovchi, noto'g'ri ma'lumot orqali odamlarni jalb qilish;
πŸ‘‰ O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid kontentlar qat'iyan TA'QIQLANADI!