DadaBot Blog
12 subscribers
40 photos
3 links
@GirtJinniBot asoschisi bo'lgan DadaBotning shaxsiy blogi

Men haqimda qisqacha:
https://t.iss.one/DadaBotBlog/3
Download Telegram
Kuningiz hayrli bo'lsin, do'stlar! πŸ˜‰

O'ylashimcha Tanishuv funksiyasi maksimal darajada osonlashtirildi πŸ˜‰. Agar yanada takomillashtirish bo'yicha takliflar bo'lsa, marhamat!

Yangi, takomillashgan funksiya sharofati bilan yaqin soatlar ichida anketa to'ldirganlar soni 300tadan 700taga oshdi 😳.


Demak, robot yetarli darajada takomillashtirilmagan edi, buni tan olaman πŸ˜”. Endi yana ba'zi bir funksiyalarni takomillashtirishni o'ylab qo'ydim, foydalanuvchilar qulayligi uchun 😎.
Hayrli kech, do'stlar! πŸ˜‰

Kaminaga xabar yuborishda /dadabot /yangilatifa kabi buyruqlar ko'pchilikka qiyinchilik tug'dirayotganidan shikoyat qilishgandi, mana bugun ushbu holat ham takomillashtirildi😎

Faqat bu funksiya endi faqat shaxsiy xabarda ishlaydiπŸ˜πŸ˜”

Aziz do'stlar, shuningdek qizlar, endi bemalol noqulaylikdan shikoyat qilmasdan yozishingiz mumkin 😜
Savol:
- Nega bot guruhlarda faqat replyga javob qaytara oladi?


Javob:
- Savol o'rinli, lekin kengroq o'ylab qaralsa, javobni ham topish mumkin. Misol uchun, siz qaysidir guruhda birorta do'stingizga "Salom!" deb yozsangizu, robot oraga suqilib alik olsa, kamiga suhbat davomidagi har bir gapga aralashib tursa, o'ylashimcha ko'pchilikning asabiga tekkan bo'lardiπŸ€”.

Shu sababli ham robot aynan o'ziga murojaat qilinayotganini sezganidan so'nggina unga javob qaytaradi 😊.

☝️☝️Shaxsiy xabarlarda esa aksincha, reply bilan yozganingizni robot tushunmaydi😁
πŸ‘€ Robot foydalanuvchilari 3 mingdan oshdi! 😳
Kuningiz hayrli bo'lsin do'stlar! 😊

3-4 kundan beri "Nega yangilik yo'q, botda ham, kanalda ham?" mazmunidagi xabarlar ko'plab kelmoqda. Shu xususda to'xtalib o'tmoqchiman.

Bugun mana 4-kundirki, to'shakka mixlanganman. Issig'imni 40-41 gradusdan tushirishni hecham imkoni bo'lmadi. Avvaliga issig'im 41 ekanida ham bemalol yurgan bo'lsam, kecha boshim aylanib, o'zimni tik tutolmaydigan darajaga kelib qoldim. Bu isitma jonivor qayoqdan paydo bo'lganiga o'zim ham hayronman, lekin onamning aytishiga ko'ra, anginam ishib ketganini ta'siri ekan bu.

4 kundan beri olmagan ukolimu, ichmagan dorim qolmadi, lekin buni ta'siri bo'ldi, issig'im tushdi, 39.6ga!

Boshlanishida tomog'im unchalik og'rimayotgani uchun e'tibor bermagandim, hozir anginam shishib, tomog'imni birato'la yopib qo'ygandek...

Shu holatda ham darsga chiqib yurganimga o'zim ham qoyil qoldim, lekin bugun o'zimga-o'zim dam olish e'lon qildim.

Tez orada sog'ayib, robotni mukammallashtirishni davom ettirishga harakat qilaman! πŸ˜ŠπŸ‘
Barchangizga salomlar! Men DadaBotman!

10 kuncha davom etgan ta'tildan so'ng nihoyat yana o'z kursimga qaytib o'tirdimπŸ˜‰.

Shuni ma'lum qilamanki, sog'ligim joyida, yuborilgan xabarlarni ko'piga javob yoza olmaganim uchun uzr so'raymanπŸ˜”. Endilikda issig'im ham, anginam ham bezovta qilmayapti😁.

Sizlarga, afsuski, biroz noxush yangiligim bor 😟.

O'tgan 10 kun ichida emailimga server-provayderlar tomonidan bir nechta ogohlantirish xatlari yuborilibdi😁, xatlarning asosiy mazmuni serverga kelib tushayotgan "nagruzka" ko'tarilib ketayotgani, agar buni oldini olmasam, meni bloklab qo'yishlari haqida edi 😟. Yuboriladigan so'rovlarni filtrlay olmasligimni, aksincha, so'rovlar borgan sari oshib borishi haqida aytib, maslahat so'raganimda esa, menga VIP ta'rifiga o'tishni maslahat berishdi.

VIP ta'rifi - Bu cheklanmagan miqdordagi so'rovlarga chidamli, xotira hajmidan hotirjam, qisqa va uzun uzilishlar yuz bermaydigan ta'rif rejasi.

Lekin mendek kontraktda o'qiydigan talaba uchun ushbu ta'rif biroz og'irlik qiladi πŸ˜”. Shu sababli sizlardan birozgina yordam so'ramoqchiman.

Yo'-o'q, noto'g'ri tushunmanglar, pul so'rash fikridan yiroqman 😜. Shunchaki kanal va botda reklama tizimini yo'lga qo'yib, reklamadan tushadigan mablag'larni server to'lovini qoplash uchun ishlatishni reja qildim.

Doimiy reklamalar bilan sizlarni xunob qilish niyatim ham yo'q - reklamalar bir kunda faqat bir marta (hech bo'lmaganda 12 soatda bir marta 😁 ) yuboriladi. Umid qilamanki, bunga qarshi bo'lmaysizlar, quyida bunga nisbatan ovoz berishlaringizni so'rab qolardim πŸ˜‰.

Hurmat bilan,
DadaBot.
Robot orqali reklamalarni qabul qilib turishga qanday qaraysiz?

Roziman! – 88
πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘ 64%

Noroziman – 28
πŸ‘πŸ‘ 20%

Guruhlarda bo'lsin, roziman – 12
πŸ‘ 9%

Shaxsiy xabarda bo'lsin, roziman – 10
πŸ‘ 7%

πŸ‘₯ 138 people voted so far. Poll closed.
Savol:
-Menga kanaldagi rasmlar 2-3 martalab kelyapti, bunga sabab nima? πŸ€”

Javob:
-Bunday xatolik ko'pincha takrorlanib turadi va oldini olish ilojimiz yo'q πŸ˜”. Gap shundaki, kanalga yangi rasm yuklanganida robot sekinlik bilan, IDlarga "forward" qilib chiqadi. Bu jarayon sekinlik bilan borgani uchun, ish boshlanganidan, tugagunigacha yangi a'zolar robotga qo'shilib, IDlar bazamizga qo'shilishi mumkin, va shu sabab sizning ID raqamingiz ham keyinroqqa siljib qoladi va robot ushbu IDga yana rasmni yuboradi.😁
Kichik o'zgarishlar

Barchangizga salomlar, men DadaBotman! πŸ˜‰ Botga o'zgartirish kiritilmaganiga ham ancha vaqt bo'libdi, shu sababli bugun kichik yangiliklar kiritib qo'ydim:

-DadaBotga kelgan maktublarning ko'pchiligi robotni qanday qilib guruhga qo'shish mumkinligi haqida so'ralgan savollar edi, erinmasdan ularga javob yozgan bo'lsam ham, kelgusidagi savollarga oldindan erinib qoldim va /yordam paneliga "Guruhga qo'shish" tugmasini kiritib qo'ydim. Diqqat, tugmalar faqatgina shaxsiy xabarlarda ko'rinadi, guruhlarda tugmalar ko'rsatilmaydi, noqulayliklarni oldini olish uchun πŸ˜‰

-Keyingi yangilik esa, yangi buyruq: /rasm buyrug'idir! Ushbu buyruq berilganida bot sizga @GirtJinni kanalidagi qiziqarli rasmlardan tasodifiy bittasi chatga "forward" qilinadi 😊.

Hozircha yangiliklarim shulardan iborat edi, biz bilan bo'lganingiz uchun barchangizga tashakkur! πŸ‘

Hurmat bilan,
DadaBot.
Barchangizga salomlar, men DadaBotman!

Hozirgina sezib qoldim, robot foydalanuvchilari soni 5000dan ortibdi! 😳

Sizlarga gap bo'lishi mumkin emas! 😊 Aynan sizlarning qo'llab-quvvatlashlaringiz orqali bugun robot bilan 5 mingdan ortiq foydalanuvchi shaxsiy xabar orqali muloqot qilmoqda!

Ayni damdagi 5072 foydalanuvchidan tashqari bizda 842ta superguruh va 605ta guruhlar mavjud! Jami bo'lib 6500dan ortiq chatda faollik qilmoqdamiz! πŸ‘

Bu narsa kaminani ilhomlantirmay qolmaydi albatta! Yaqin kunlarda sizlarga bir-biridan ajoyib yangiliklar e'lon qilishga bor kuchim bilan harakat qilaman! πŸ€“.

Chuqur hurmat va ehtirom bilan,
DadaBot
#Reklama_Xizmati !

Salom do'stlar! Siz o'z kanalingiz, guruhingiz yoki saytingizni reklama qilmoqchimisiz? Biz sizga yordam beramiz! πŸ˜‰

Sizning reklamangiz @GirtJinni kanalimizga joylashtiriladi va botimiz aktiv bo'lgan chatlarga yuboriladi! πŸ˜‰

Xizmat pullik ☝️

Xizmatimiz hozirda quyidagi ta'riflar bo'yicha narxlanadi:

πŸ‘‰ Guruhlar uchun reklama - 40 rubl
πŸ‘‰ Shaxsiy xabarlar uchun reklama - 30 rubl
πŸ‘‰ Umumiy - 65 rubl

Robotimiz hozirda 5000 dan ortiq shaxsiy xabarlar va 1500dan ortiq guruhlarda faol hisoblanadi 😊 Guruhlar kam bo'lgani bilan, bitta guruhdagi reklamani o'nlab, hatto yuzlab odamlar o'qishi mumkinligi sabab guruhlar uchun reklama biroz qimmatroq 😁

To'lov usuli hozirda ikki turda: WebMoney va Paynet vaucherlari ko'rinishida amalga oshiriladi. To'lov oldindan☝️. Rubl kursi qora bozor kursi bilan o'lchanadi ☝️. (Hozircha 120 so'mdan)

Aloqa uchun robotga shaxsiy xabar orqali "DadaBot" funksiyasi bilan bog'laning 😊
Barchangizga salomlar...😟 Men... DadaBotman... πŸ˜”

Bir necha soatdan beri robot ishlamayapti, bunga sabab la'nati serverning ortiqcha "nagruzka" sababli o'chib qolayotganligidir 😟

Afsuski hozirda bunga hech qanday chora ko'ra olmayman πŸ˜”.

Telegram serverining ma'lumotiga ko'ra, 6 mingdan ortiq xabar javob kutib yotibdi ekan...

Azizlar, bor kuchim bilan harakat qilib, serverni joyiga qo'yishga harakat qilaman, biz bilan bo'lganiz uchun tashakkur!
G'irt Jinni suhbatdoshlari 7777ta!

Barchangizga assalomu alaykum!

Bilaman, anchadan buyon sukunat kuyini sizlarga eshittirib kelmoqdaman 😜. Sababi: iqtisodiy inqiroz πŸ˜‰.

O'qishdagi kontrakt masalasi ham, yangi serverga o'tish uchun to'lov masalasi ham hamon yechimsiz yotibdi 😏. Shu sabab internetga ko'p vaqtimni ajrata olmayapman πŸ˜”.

Shu 10 kun ichida hozirgi serverimiz o'chiriladi 😳. Ungacha mablag' jamg'arib, yangi, qotmaydigan, VIP ta'rif-rejali serverga ko'chishga harakat qilaman va xudo hohlasa bunga erishaman 😊

P/s: Tan olaman, yangi so'zlar kiritishga ham, DadaBotga yuborilgan xabarlarga javob yozishga ham, kelgan latifayu, rasm, lug'atlarni ko'rib chiqishgayam vaqt topa olmayapman. Bu albatta vaqtinchalik muammo. Meni to'g'ri tushunasizlar degan umiddaman! 😊
Barchangizga salomlar! Men DadaBotman!πŸ™ˆ

Mana, deyarli 10 kundirki robotimiz ishlamayapti, buni sezgansizlar deb umid qilamanπŸ™ˆπŸ™ˆ

Huv birda aytganim esingizdami? Moliyaviy muammochi? Aynan o'sha muammo sabab hozirda serverimizga pul to'lanmagan va u eski serverga qaytish niyatim ham yo'q😜

Endigi rejalar qanday?

-Ozgina tanaffus qilish;
-Ko'proq pul jamg'arish;
-Yangi, umuman qotmaydigan va o'chib qolmaydigan serverga ko'chish;
-Botga yangi, super funksiyalar kiritish;
-Foydalanuvchilarni hursand qilish;

Buning uchun mendan mehnat, sizlardan esa faqatgina sabr talab etiladi😊

Meni shu vaqtgacha qo'llab quvvatlaganingiz uchun tashakkur!

Hurmat bilan,
DadaBot, @GirtJinniBot yaratuvchisi
Salom barchangizga!☺️☺️☺️

Moliyaviy muammo DEYARLI hal bo'lganini hisobga olgan holda, tez orada yana qayta ish boshlashga tayyor ekanimni e'lon qilaman!😳😍😍

Endilikda Bot API v3.0 sharofati bilan foydalanuvchilarga pullik xizmat ko'rsatish yo'lga qo'yiladi!

PULLIK XIZMAT?😳😳😳☹️

Ha, bu degani oddiy foydalanuvchilarga ham pul evaziga ishlaymiz degani emas, ma'lum haq evaziga bizning Bot sizga pullik xizmatlar ko'rsatadi, boshqacha aytganda, robot sizning ishchingizga aylanadi! ☺️☺️

Oddiy foydalanuvchilarimiz botdan doimgidek foydalanishda davom etishlari mumkin bo'ladiπŸ‘πŸ‘πŸ‘

Bizni unutmang!
Biz qaytamiz!

Hurmat bilan, DadaBot
🎀Bir... Bir-bir... Bir-ikki...πŸ—£πŸŽ€

πŸ”ŠIshlayaptimi? πŸ‘€ Ovozi sal pastrog'u, lekin bo'laveradiπŸ™ƒ

Barchangizga salomlar! Men DadaBotman! πŸ€—

Bizni botni sog'inganlar bormi? πŸ€“ a? πŸ‘€ Nega jimlik? πŸ˜”

Xo'sh, @GirtJinniBot'ni qayta uyg'otish vaqti keldi a menimcha? πŸ™ƒπŸ™ƒ

Tez orada... Bu safar avvalgilaridan tezroq oradaπŸ€“ Bizni kuting!πŸ˜‰πŸ˜‰
Bilaman, ko'pchiligingiz meni ovoz chiqarmay so'kmoqdasiz, "Shunaqa ham cho'zadimi?😑" deb πŸ™ˆ

Oradan 3 oy ham o'tibdi, lekin shu o'tgan vaqt ishlarim tig'izligi va ko'paygandan-ko'paya oladigan muammolarim sabab men uchun bir zumda o'tib ketdiπŸ˜•.

Hozir hechqanaqa muammolarim yo'q, yoki, shunaqa desa ham bo'ladi, harqalayπŸ˜‰. Nega endi botni foydalanuvchilarga qaytarmasligim kerak ekan?πŸ€“

Tez kunda batafsil ma'lumot beraman. Biz bilan, aniqrog'i men bilan qolingπŸ˜„

Chuqur hurmat bilan,
DadaBot.
Forwarded from G'irt Jinni
Tez kunda... Bizni kuting! πŸ€“
Tayyorgarlik jarayoni boshlanib ulgurgan... πŸ˜‡
Barchangizga salomlar! πŸ™ˆ

Avvalo barcha yurtdoshlarimizni bugungi Qurbon hayiti ayyomi va Mustaqilligimizning 26 yilligi bilan chin yurakdan tabriklayman 😊.

Musaffo osmon yurtimizni tark etmasligini tilagan holda sizlarga bir xushxabarni e'lon qilaman...πŸ™ˆ
Barchangizga salomlar! Men DadaBotman!πŸ˜‰

Mana kuni kecha Qurbon hayiti ayyomi va Mustaqillik kuni bayramlarini keng nishonladik, yana bir bor barchani tabriklab qolaman. πŸ˜€

Bugun ko'pchiligimiz o'quv muassasalariga yana bir bor qadam bosib, navbatdagi bosqichda o'qishni davom ettirmoqdamiz. Shu qatori kamina ham institutimizning navbatdagi bosqichiga qadam qo'ydim. πŸ“š

Avvalgi bilimlar kunidan farqli tarzda tuzilgan Xotira darslarida yurtimizning buyuk siymolari qatorida marhum prezidentimizni xotirladik.πŸ˜• Xotira darsida professor domlamiz bizni tashlab ketgan siymolarga boshida shunchalik o'rganib qolib, keyin vafotidan so'ng ham huddi hozir kelib qoladigandek hissiyot haqida gapirganida beixtiyor hayolimga o'zim yaratgan onlayn robot keldi... πŸ‘€

Rost, robotim ish faoliyatini yakunlaganidan buyon keyingi faoliyat qachon boshlanishi haqida ko'plab so'rovnomalar oldim. Avvaliga moliyaviy muammo, keyin esa vaqt muammosi doimiy ketma-ketlikda qiynab keldi. πŸ˜”

Chuqur o'ylab ko'rib, bugun botni qayta ishga tushirishga qaror qildim...πŸŽŠπŸŽ‰

Bu bot sizlar uchun ko'ngilochar tadbir bo'lsa, men uchun malaka oshirish maktabi bo'ldi desam mubolag'a bo'lmaydi. πŸ€“

Botni asta-sekinlik bilan takomillashtirib, sizlar uchun yanada qulay va foydali robotga aylantirishga harakat qilaman.😎

Bu safar olgan serverim juda ham kuchli emas, baholi qudrat ishlab turadi. Lekin bu doim shunday bo'ladi degani emas! Cho'ntakga qarab serverni goh uyog'ini, goh buyog'ini kuchaytirib boraman. Eng asosiysi esa, bu safar server to'lovini qilib borishga harakat qilaman. πŸ˜…

Robotni rivojlantirish, faoliyatini kengaytirish esa siz azizlarning qo'lingizda.πŸ™ƒ

Chuqur hurmat va ehtirom bilan,
DadaBot