DadaBot Blog
12 subscribers
40 photos
3 links
@GirtJinniBot asoschisi bo'lgan DadaBotning shaxsiy blogi

Men haqimda qisqacha:
https://t.iss.one/DadaBotBlog/3
Download Telegram
Aytaylik robotimiz uchun yangi fenomen personaj - qiz o'rtoq yaratish g'oyasini shakllantirayotgan bo'lsamu, sizlarga bir nechta variantdagi qizaloqlarni ko'rinishini taqdim qilsam, sizlar esa ulardan birini tanlasangiz. Aynan qaysi personaj robotning qiz o'rtog'i bo'lishini ovoz berish yo'li bilan aniqlashtirsak, nima deysizlar? πŸ˜‰
#1
#2
#3
Qaysi biriga ovoz berasiz?

#3 ga – 64
πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘ 64%

Yana boshqa qo'shish kerak! – 22
πŸ‘πŸ‘ 22%

#2 ga – 11
πŸ‘ 11%

#1 ga – 3
▫️ 3%

πŸ‘₯ 100 people voted so far. Poll closed.
Menimcha qaysi personaj tanlanishi aniq bo'ldi! πŸ˜‰ O'zimgayam ko'proq yoqqan #3 raqamli personaj G'irt Jinni robotining qiz o'rtog'i bo'ladi😊.

Endi unga qanday ism beramiz? Takliflaringizni @GirtJinnilar guruhida #ism heshtegi bilan yozib qoldiring, yoki dadabot funksiyasi orqali kaminaga yo'llang. Eng chiroyli ismlarni ovozga qo'yamiz va tanlaymizπŸ˜‰
Robotning qiz o'rtog'iga qaysi ismni qo'yishga ovoz berasiz? πŸ˜‰

Boshqa variant top – 102
πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘ 76%

Mittivoy – 23
πŸ‘πŸ‘ 17%

Yulduzcha – 9
πŸ‘ 7%

πŸ‘₯ 134 people voted so far. Poll closed.
Guruhda yozmayapti...πŸ€¦β€β™‚

Yahshi yangilik: bundan xabarim bor😁.

Hozirda 1-2ta kichik o'zgartirishlar kiritilmoqda. Shu sabab hozircha guruhda javob yozmay turamizπŸ˜‰

Gap shundaki, shaxsiy guruhimda yangi qo'shilgan ba'zi bir befarosatlarning qiliqlari jonga tegdi. Ba'zida qizlar ham shikoyat qilishmoqda. Shu sabab hech bo'lmaganda o'z guruhimni nazoratga oladigan qilib qo'ymoqchiman. Faqat o'zini o'ylayapti demanglaru, lekin botni otasi sifatida bunga haqqim bor menimchaπŸ˜”.

Yangi tuzilgan platformam to'liq o'rnatilmasdan, aynan guruh nazoratiga bag'ishlangan bo'lagining bir qismini hozirgi platformaga tiqishtiryapman. Payvandlash ishlari aynan guruhlar bo'lagidaligi sabab, vaqtincha ishlamay turamiz 😁.

Aytgancha, ertaga oyni boshi - to'lov kuni. Havotir olmanglar, qarz-havola qilib bo'lsa ham robotni ish davomiyligini saqlab qolamanπŸ˜‰
Nazoratchi robot πŸ˜ŽπŸ‘Š

Nixoyat, payvandlash ishlari yakunlanib, o'z guruhim uchun robotni nazoratchi sifatida sozlab qo'ydimπŸ˜‰.

Nazorat platformasi hozirda faqat qisman ish olib boradi: asosan stiker va joinchat linklari bilan kurashadi. Bu guruhimda o'z guruhini reklama qiluvchilar va guruhni stiker bilan to'ldirayotganlarga qarshi vosita☝️.

Stiker tashlashga qisman ruhsat etiladi: adashib bosilgan bo'lishi mumkindir. Lekin keyingilari o'chiriladi. Agar shunda ham stiker tashlovchi o'z ishini to'xtatmasa robot uni vaqtinchalik ban bilan mehmon qiladi. Ban muddatini o'tab, yana qoidabuzarlik qilganlar esa, kelasi safar uzoqroq muddatga ban oladilar.

Agar ban foydalanuvchini tartibga chaqira olmasa, bizning shovvoz robot uni tinchgina guruhdan chetlatib qo'ya qoladi😁.

Eslatib o'taman, nazoratchi robot funksiyasi hozircha faqat @GirtJinnilar guruhida faoliyat yuritadi. Tez orada qolgan guruhlar ham to'lov asosida bu funksiyadan to'la foydalanishlari mumkin bo'ladiπŸ˜‰
Kutishdan ma'ni yo'q. To'plangan variantlarni havola qilaman. Eng ko'p ovoz yig'gan ism shu qizaloqqa qo'yiladiπŸ˜‰ Ovoz berishda faol qatnashing!
So'ngi tanlov. So'ngi variantlar. Qizaloqqa qanday ism qo'yamiz?

Shirina – 134
πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘πŸ‘ 50%

Mittivoy – 34
πŸ‘πŸ‘ 13%

Yulduzcha – 28
πŸ‘ 10%

Kamola – 20
πŸ‘ 7%

Guli – 19
πŸ‘ 7%

Mushtariy – 12
πŸ‘ 4%

Umida – 11
πŸ‘ 4%

Nazokat – 6
▫️ 2%

Shahlo – 4
▫️ 1%

πŸ‘₯ 268 people voted so far. Poll closed.
Boshqaruv panelida "Sozlamalar" menyusi paydo bo'ldi...
Rasm kelishidan bezor bo'ldizmi? Uni o'chirib qo'yingπŸ˜‰
Shevalar platformasi... Toshkent shevasiga to'liq o'girib ulgurmadim, agar bazada toshkentcha variant topilmasa, vodiy shevasida yozadi πŸ˜‰
Guruhlarda latifa buyrug'i bezor qildimi? Yangilash tugmasi orqali latifani yangilaymiz! ☝️
Demak bu qizaloqni endi Shirina deb ataymiz ☺️