Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
579 subscribers
4.59K photos
238 videos
52 files
685 links
Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi rasmiy telegram kanali

Maktab "Zakovat" klubi:
@ZakovatChortoqTIM

📚 "Mr. BBC" loyihasi: @MrBBC_ChortoqTIM
Maktab kitobxonlar klubi @Adabiy_Oromgoh
Download Telegram
🏢 Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "IELTS 7+ va top 50 talik university" loyihasiga start berildi. Ushbu loyiha asosida o'quvchilar jalb etilib mutahasislar bilan uchrashuvlar davom etmoqda. Bugun Chortoq tumanining jonkuyar va fidoiy ustozi Muhammadelyor Yuldashev bilan kelajak kasblari hamda dunyoning top universitylari haqida qizg'in suhbat tashkil etildi. Juda sermazmun va foydali bo'lgan ushbu uchrashuv o'quvchilarda xorijiy OTM ga bo'lgan ishtiyoqni yanada kuchaytirdi. Milliy va xalqaro sertifikatlarga ega o'quvchilarimiz faqat horijiy OTM da o'qishim shart degan xulosaga kelishdi.
Barcha bitiruvchilarimiz hamda loyiha qatnashchilariga omad tilab davom etamiz!

Bizni kuzatishda davom eting.👇👇
@ChortoqTIM
🕊Birgalikda yuksalamiz!
#uch_avlod_uchrashuvi
Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tuman mudofaa ishlari bolimi bilan hamkorlikda "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.  Mazkur "Uch avlod uchrashuvi" davomida "Harbiy faxriylar kengashi" azolari M. Bekmirzayev va X. Nishanovlar oʼquvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda harbiy xizmatga bo'lgan ishtiyoqni oshirish, xalq va armiya yakdilligini mustahkamlash boʼyicha oʼz fikr mulohazalarini  bildirishdi. Shuningdek uchrashuv davomida Navoiy viloyatida oʼz yigitlik burchini oʼtayotgan oddiy askar
X. Isaqovning onasi
M. Umrzaqovani farzandi bilan zoom orqali
toʼgʼridan toʼg`ri muloqotlari tashkil etildi.

Bizni kuzatishda davom eting.👇👇
@ChortoqTIM
🕊Birgalikda yuksalamiz!