Chinoz tumani IM 🇺🇿
1K subscribers
4.09K photos
593 videos
274 files
898 links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Chinoz tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
Download Telegram
#Vatan_tayanchi

💫Toshkent viloyati Zangiota tumanida viloyatimizdagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilariga ,,Vatan tayanchi" ko'krak nishoni va guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi o'tkazildi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi maktab jamoalari, xarbiy xizmatchilar, mahalliy faollar, faxriylar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

💫Agentlik tizimidagi Prezident, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 300 nafarga yaqin o'quvchilari ,,Vatan tayanchi" bolalar va o'smirlar vatanparvarlik harakatiga a'zo qilinib, ularga harakatning ko'krak nishoni va guvohnomalari topshirildi.

Toshkent viloyati Chinoz tuman Ixtisoslashtirilgan maktabining o'quvchilari ,,Vatan tayanchi" ko'krak nishoni bilan taqdirlanishdi
#ChinozIM
#bizning_shunday_oquvchilarimiz_bor

⚜️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Chinoz tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi 8-A sinf o'quvchisi Muzaffarova Jadra chet tilini bilish darajasini aniqlovchi  Multi Level  B2 darajali sertifikatni qo'lga kiritdi
O'quvchimizni kelgusi ishlarida zafarlar tilaymiz, ustozlariga , ota-onasiga maktab maʼmuriyati tominidan o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Izlanishdan to'xtamang!
Fan ustozlari Qoshimova Inoyat va Mahkambayeva Shaxnoza sizlarni mehnatingiz meva berayotgani bilan tabriklaymiz.O'z kasbingizga nisbatan fidoyiligingiz uchun rahmat!

👇👇👇
https://t.iss.one/Chinoz_im_piima
Forwarded from Doniyorbek Askaraliyevich Yuldashev
Forwarded from Олимжон Исоқов
PA84880927.pdf
115.7 KB
#Qizlar o'rtasida Matematika olimpiadasi

Chinoz tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI HUZURIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGIning 2024 -yil 11-oktabrdagi 01-11/2-2205-sonli xatiga asosan "Qizlar o'rtasida Matematika olimpiadasi" maktab bosqichi o'tkazildi. Bunda jami 236 nafar qiz bola o'quvchilarimizdan 212 nafari olimpiadada ishtirok etishdi. Natijalar tez orada e'lon qilinadi va g'oliblar viloyat bosqichiga yo'l olishadi.

💻 Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐https://t.iss.one/Chinoz_im_piima
#Chinoz_IM
ROBO-CODING (ROBO-KODLASH) MUSOBAQASI BOʻLIB OʻTDI

Bugungi kun yoshlari barcha taʼlim dargohlarida nafaqat bilim olish, balki, oʻz bilimlarini hayotga tadbiq etish, jamiyat uchun foydali ixtirolarini sinovdan oʻtkazish bilan ham mashgʻul boʻlayotgani quvonarli holdir.

Bugun Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida boʻlib oʻtgan Robo-coding musobaqasida ham ana shunday iqtidorli yoshlar oʻz ishlari bilan qatnashib, dastlabki muvaffaqiyatlarini namoyish qildilar .
1- bosqich Planer uchirish jarayoni
2- bosqich Lego toʻplami asosida chiziq boʻylab harakatlanuvchi robot musobaqasi
3- bosqich Dasturlash
"Yangi Oʻzbekistonda yangicha qarash, yangi fan va bellashuv" shiori ostida oʻtgan robototexnika bahslarida
10- v sinf oʻquvchilari Ahmadaliev Aziz va Sobitov Shohjahon,
9-sinf oʻqituvchilari Ahmedov Akmal va Zokirov Azimxoʻja
gʻolib deb topildi va viloyat bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi
Qizgʻin bellashuv xususida batafsil videosharhimizda tanishing
👇👇👇

https://youtu.be/otr2IRyeHiY
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 15-noyabr kuni Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ta‘lim muassasasida odob-axloq qoidalariga rioya qilishlarini ta‘minlash mavzularida maktabning VRYoTBDO‘-ChHT rahbari Shakirov J.K. boshchiligida seminar o‘tkazildi.
       Seminarda maktabning 5,6,7 va 8-sinf o‘quvchilari va sinf rahbarlari, jami 257 nafar o‘quvchi yoshlar va 13 nafar pedagoglar qatnashdi.
        O‘tkazilgan seminarda "VATAN", "VATANPARVARLIK" va "HARBIY VATANPARVARLIK" tushunchalari o‘quvchi yoshlarga tushuntirildi. Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri buyrug‘i bilan tasdiqlangan namunaviy odob-axloq qoidalarining ma‘no-mazmuni va talablari qo‘shimcha tarzda yetkazildi.
         Seminar mazmunli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Seminar davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

https://t.iss.one/Chinoz_im_piima