Chinoz tumani IM 🇺🇿
1.02K subscribers
4.04K photos
591 videos
273 files
888 links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Chinoz tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔊🔊🔊 DIQQAT, E’LON! 🔊🔊🔊

Hurmatli ota-onalar, sizni joriy yilning 4-may kuni o‘tkaziladigan “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga lutfan taklif etamiz! Tadbir davomida, ta’lim samaradorligini oshirishda yo‘lga qo‘yilgan tizimli ishlarni amalda, kuzatishga muvofaq bo‘lasiz!

ℹ️ Chinoz tuman ixtisoslashtirlgan maktab ma’muriyati!
# Tabriklaymiz
#Milliy_Sertifikat

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Chinoz Tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11-A sinf o'quvchisi ✔️ Shuxratov Ozodbek fizika fanidan  75.38% li Milliy  sertifikatni qo'lga kiritdi va ushbu yo'nalishda ham dastlabki muvafaqqiyatimizga yo'l ochib berdi.

O'quvchimizni  ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi  nomidan ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz.

💫Kelgusi ishlarida  ulkan parvozlar tilab qolamiz.
Forwarded from Олимжон Исоқов
#rus_tili_C1


⚡️Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-A sinf o'quvchisi Abdurashidova Yulduz xalqaro tan olingan rus tili fanidan TRKI-3/C1 darajasini qo'lga kiritdi.Yulduz haqiqatdanda o'rnak bo'la oladigan, qaysidur ma'noda "Maktab qahramoni" ham deb tarif berishimiz mumkin bo'lgan o'quvchimizga aylandi. Quyida bunga o'zingiz amin bo'lasiz:
IELTS- 8
CEFR -C1
SAT-1270
RUS TILI-C1
Bir nechta xalqaro nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari grant sohibidir ....

Qolgan barcha maktabimiz o'quvchi o'g'il-qizlariga ham mana shunday zafarlar tilaymiz, har qanday natijani zabt etsa bo'lishiga yaqqol misol qarshingizda turibdi, o'qing, oʻqing va yana oʻqing. Siz nafaqat oʻzingizni, balkim millat yuzisiz, biz sizlarga ishonamiz, albatta bundanda yuqori natijalar hali siz tomoningizdan qo'lga kiritiladi. Omad hammaga. Ura...


Bizni kuzatib boring👇👇👇
📲 https://t.iss.one/Chinoz_im_piima
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor         
 #IELTS_result        
                                               
⚡️Agentligimiz tizimidagi Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-A sinf o'quvchisi Abdurashidova Yulduz IELTS 8 natijasini ko'rsatdi.
Bundan tashqari Yulduz Abdurashidova
CEFR C1
SAT 1270
TRKI-3/C1 (Rus tili fanidan)
sertifikatlarini ham qo'lga kiritgan.

Yulduz Abdurashidova maktabimiz o‘quvchilariga o'rnak bo'la oladigan, qaysidir ma'noda "Maktab qahramoni" ham deb tarif berishimiz mumkin.

Qolgan barcha maktabimiz o'quvchi o'g'il-qizlariga ham mana shunday zafarlar tilaymiz, har qanday natijani zabt etsa bo'lishiga yaqqol misol qarshingizda turibdi.  Siz nafaqat oʻzingizni, balkim millat yuzisiz. Bu kabi yutuqlarni barcha o‘quvchilarimiz qo‘lga kiritishiga ishonamiz.
🔰"O'zbekiston-2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturini ta'minlash bo'yicha Chinoz tuman ixtisoslashgan maktabining amaliy tadbirlar rejasiga muvofiq, Internet tarmog'ida kiberxavfsizlikni ta'minlash doirasida internetdan foydalanish borasidagi savodxonligini oshirish, ma'naviy-ma'rifiy jihatdan yetuk qilib tarbiyalash, zararli ma'lumotlardan himoya qilish maqsadida, Ixtisoslashtirilgan maktabning tarbiya fan o'qituvchisi Mavlonboy Mannopovich boshchiligida 8-"B" sinf o'quvchilariga "Internet va ijtimoiy tarmoq odoblari" mavzusida dars mashg'uloti o'tkazildi.
#LABORATORIYA

      🔰Kimyo-tabiiy fanning eng muhim va keng sohalaridan biri, moddalarni, ularning tarkibi va tuzilishini, tarkibi va tuzilishiga bogʻliq boʻlgan xususiyatlarini, oʻzgarishiga olib keladigan oʻzgarishlarni oʻrganadigan fandir. Ushbu fan tarkibiga — kimyoviy reaktsiyalar, shu bilan birga, ushbu oʻzgarishlarni boshqaradigan qonunlar va qonunyatlar kiradi. 
      ❇️Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining kimyo fan o'qituvchisi Klara Ergasheva boshchiligida 8-"A" sinf o'quvchilariga "Ammiakni ajratib olish va xossalarini òrganish" mavzusida laboratoriya mashg'uloti o'tkazildi. Jarayonda, barcha òquvchilar jamoaviy shaklda ammiakni ajratib olishni òrganishdi va nazariy olgan bilimlari amaliy mashg‘ulot davomida mustahkamlandi