CHILONZOR NAFASI
1.22K subscribers
1.73K photos
435 videos
9 files
817 links
Yurtimizda va Chilonzor tumanida olib borilayotgan islohotlar hamda yuz berayotgan yangiliklardan xabardor bo'ling!!!
Download Telegram
Toshkent teleminorasi ishga tushirilganiga 40 yil bo‘ldi

1985-yilning 15-yanvar kuni o‘z davrining to‘rtinchi eng baland minorasi foydalanishga topshirilgandi.

🏗 Teleminora avvaliga 🇮🇶Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida qurilishi kerak edi. Biroq mamlakatda 1963-yil fevralda boshlangan harbiy to‘ntarish sababli loyiha amalga oshmay qoladi;

🟢Sharof Rashidov inshoot maketini Moskvadagi xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasida ko‘rib qolib, Toshkent metropoliteni bilan birgalikda uning qurilishi uchun shaxsan Leonid Brejnevdan ruxsat oladi;

🔝Teleminora dastlab hozirgisidan pastroq qilib qurilishi rejalashtirilgan, ammo Qozog‘istonning Olmaota shahrida 371 metrli Ko‘ktepa teleminorasi qurilishi e'lon qilinganidan so‘ng, uni 375 metrga yetkazish uchun qayta ruxsat olingan;

♻️Shamol vaqtida teleminora yuqorisi 6 metr radiusda silkinib turadi;

🧪Minorani zanglashdan asrash uchun har 7-8 yilda bir marta alohida tayyorgarlikdan o‘tgan machtachi-alpinistlar uni maxsus bo‘yoqlar bilan bo‘yashadi.


@ChilonzorMarifat
Audio
#Nafis_ovozlar

“Nafis ovozlar” loyihasining 53-sonini e’tiboringizga havola etamiz

1. Rasul Hamzatov “Dil tashakkuri” she’ri

2. Yahyobek Mo’minov “Aylonayin” qo’shig’i

3. Abdulla Oripov “Sohibqiron” dramasi

Bizning manzil:

👉https://t.iss.one/ChilonzorMarifat
Turshakning salomatlik hamda go‘zallik uchun 7 foydali jihati
CHILONZOR NAFASI
Turshakning salomatlik hamda go‘zallik uchun 7 foydali jihati
Kuch va energiya beradi

Quritilgan o‘rik tarkibida kaliy, kalsiy, temir, natriy, fosfor, magniy va turli guruh vitaminlari mavjud hamda immunitetni mustahkamlaydi, energiyani oshiradi. Shuning uchun diyetologlar mashg‘ulotdan bir necha soat oldin quritilgan mevalarni iste’mol qilishni maslahat beradi.

Ko‘rish muammolarining oldini oladi


Quritilgan o‘rik A va E vitaminlarining tabiiy manbayi hisoblanadi. Parchalanish jarayonida beta-karotin faol moddaga aylanadi, u A va E vitaminlari bilan birgalikda ko‘z kasalliklarining oldini oladi. Yana bir pigment − karotenoid ko‘rish uchun muhim. Bu o‘simlik birikmasi ko‘zning to‘r pardasi va linzalarini himoya qiladi va hatto keksa odamlarda ham ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi .

Kamqonlikni bartaraf etadi


Ayniqsa, quritilgan mevalarni homilador ayollarning ratsioniga kiritish tavsiya etiladi. Agar kuniga taxminan 5 dona quritilgan o‘rikni iste’mol qilish qoidaga aylansa, unda tanada doimo yetishmayotgan vitaminlar o‘rni to‘ladi. Bundan tashqari, homilador ayollar anemiya rivojlanish xavfiga duch keladi. Ko‘pincha kamqonlik temirning yetishmasligi tufayli yuzaga keladi, quritilgan o‘rik esa uning zaxiralarini to‘ldiradi.

Yurak kasalliklaridan asraydi

Quritilgan o‘rik boshqa mevalarga qaraganda ko‘proq kaliyni o‘z ichiga oladi, shuning uchun u gipertoniya, yurak xuruji yoki insult bilan og‘rigan odamlar uchun ayniqsa foydalidir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, mahsulotdan doimiy iste’mol qilish yuqori qon bosimini pasaytirishi va insult xavfini kamaytirishi mumkin.

Shuningdek, kaliy, elektrolit − tanadagi asab tugunlari va mushaklarning qisqarishini tartibga soluvchi ionli eritma bilan natriy o‘zaro ta’sirlashganda, u tanani kerakli miqdordagi suyuqlik bilan ta’minlaydi. Tanada suyuqlik qanchalik yaxshi bo‘lsa, toksinlar tezroq chiqariladi.

Suyaklarni mustahkamlaydi

Quritilgan mevalar keksalar uchun ham foydalidir, yoshi o‘tishi bilan suyakning mineral zichligi pasayadi, bu esa turli kasalliklarga olib keladi. Agar doimiy ravishda turshak iste’mol qilinsa, suyaklar mo‘rtlashishi kamayadi.

Nafas yo‘llarini tozalaydi

Magniy nafas olish yo‘llariga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu element yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida qo‘llanadi, hujayralar yallig‘lanishining oldini oladi va nafas olishni osonlashtiradi.

Teri holatini yaxshilaydi

Antioksidant sifatida quritilgan mevalar erkin radikallarning zararlanish xavfini kamaytirish orqali terining tabiiy tuzilishini saqlab qolishga yordam beradi. Erkin radikallar sog‘lom hujayralar bilan bog‘lanib, hujayra devorlarini oksidlaydi va ularga zarar yetkazadi. Turshak iste’moli bilan ajinlar paydo bo‘lishini minimallashtirish va qarish jarayonini sekinlashtirish, shuningdek terining elastikligini oshirish mumkin.


@ChilonzorMarifat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hasan_va_Husan_sarguzashtlari
2_qism

Xalqimizning koʻp asrlik oliy qadriyatlaridan biri – toʻy berish va mehmon kutishdir. Sodda oʻzbegim toʻy bersa toʻyga qancha mehmon kelsa shuncha quvonadi va bir toʻy tugashi bilan keyingi toʻyga tayyorgarlik koʻradi. Oʻzi va bolalari yemay-ichmay oʻzgani yedirib-ichirishga harakat qiladi. Buning uchun oylab, yillab, mashaqqat bilan yiqqan pulini bir kunda sovuradi. Orzu-havas, niyat va tilaklarimizda “Boshing toʻydan chiqmasin”, “Toʻylarga yetirsin”, “Toʻylar toʻylarga ulansin” degan soʻzlarni koʻp ishlatamiz. Biroq bu degani bor-budini toʻyga sarflash degani emas. Aslida, “Farzanding komil inson boʻlsin, olim boʻlsin, xalqni dardiga darmon boʻlsin!” degan niyatlarga koʻproq urgʻu bersak toʻgʻri boʻlardi. Zotan, buyuk muhaddis Buxoriy hazratlarining “Sahihi Buxoriy” kitobi “Darhaqiqat barcha amallar niyatga qarab boʻlur. Har kimga faqat niyat qilgani boʻladi” degan hadis bilan boshlangan edi.

🔈Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!👀
🕸| 📝Telegram @ChilonzorMarifat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tarixda Turkiylarni eng ko'p kimlar yengan va Kimlar turkiylar bilan eng ko'p jang qilgan. Videoda bilib olamiz

🔈Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!👀
🕸| 📝Telegram @ChilonzorMarifat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xitoyda mehnat darslari.

Bolalarga yoshligidan hunarga muhabbat hissi shakllantiriladi va ularning kasbiy ko'nikmalari rivojlantirilib boriladi.Qarabsizki maktabdan so'ng bola o'z ustida ozgina ishlasa bir ixtirochi tayyor.
Nega hama narsa Xitoydan chiqishi sabablaridan biri shu bo'lsa kerak azizlar!

Shu bolakay yasagan narsa ish stolimda tursa arzirkan...

👉 @ChilonzorMarifat
Audio
Kechki mutolaa
(eshitish uchun 26 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Odil Yoqubov. Yaxshilik (hikoya)

Izoh: Yosh Mansurning tog‘asi uylangan kunining ertasiga urushga ketadi. Mansur esa kelinoyisining azoblari, sog‘inchlari guvohi bo‘ladi. Kunlardan bir kuni unga yaxshilik qilaman deb, kelinoyisining dilini qattiq og‘ritadi...

👉 @ChilonzorMarifat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
Jama

🔊 "Bir chimdim kulgu" loyihasining 37- sonini e'tiboringizga havola etamiz.

Azizlar! Kun davomida yaxshi kayfiyat hamrohingiz bo'lsin.

Bizning manzil:

👉https://t.iss.one/ChilonzorMarifat
Siz siyosiy-ma'rifat soatini ko'rdingizmi?
11-yanvar kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qaysi sohaga oida yangiliklar va qilinayotgan ishlar bilan tanishdi?
Anonymous Quiz
23%
QISHLOQ XO'JALIGI
55%
ELEKTROTEXNIKA TARMOG'I
9%
SUV XO'JALIGI
14%
FARMASEVTIKA TARMOG'I
Siz siyosiy-ma'rifat soatini ko'rdingizmi? 13-yanvar kuni rahbarimiz qaysi davlatga tashrif buyurdilar?
Anonymous Quiz
52%
BAA
41%
Saudiya Arabistoni
7%
Turkmaniston
Siz siyosiy-ma'rifat soatini ko'rdingizmi?
BAA bilan savdo aylanmasi qanchaga yetdi?
Anonymous Quiz
13%
20 MLRD $
38%
24 MLRD $
38%
26 MLRD $
13%
30 MLRD $
Siz siyosiy-ma'rifat soatini ko'rdingizmi?
Falastinlik bolalarga yordam bergani uchun O'zbekistonga qaysi tashkilot minnatdorchilik bildirdi?
Anonymous Quiz
64%
BMT
21%
JSST Yevropa bo'limi
14%
UNISEF
0%
UNESKO
Siz siyosiy-ma'rifat soatini ko'rdingizmi?
Jahon iqtisodiy forumiga ko'ra dunyo uchun eng ko'proq xavf solayotgan xavf nima?
Anonymous Quiz
44%
Iqlim o'zgarishi
12%
Qurolli mojarolar
28%
Epidemiyalar
16%
Narkotik mahsulotlar savdosi
Siz siyosiy-ma'rifat soatini ko'rdingizmi?
15-yanvarda Eron Islom Respublikasi Prezidenti qaysi davlatga tashrif buyurdi?
Anonymous Quiz
28%
Tojikiston
28%
Ozarbajon
40%
Rossiya
4%
Turkmaniston
Siz siyosiy-ma'rifat soatini ko'rdingizmi?
META kompaniyasida dunyo bo'ylab qancha xodim faoliyat yuritadi?
Anonymous Quiz
21%
65.000
46%
70.000
21%
72.000
13%
100.000