Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
5.31K subscribers
40.7K photos
5.08K videos
54 files
17.6K links
Download Telegram
#Uchrashuv

Barchamizga ma’lumki, Davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, ularga zarur sharoitlar yaratish, muammolarini o‘rganish va bu borada amaliy yordam ko‘rsatish borasida tizimli ishlar qilinmoqda.

"O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati raisi Zufar Narzullayev va shahar hokimi Murodjon Abdurahimov o'ziga biriktirilgan "Humo", "Chinor", "Semurg'" mahallalarida istiqomat qiluvchi og'ir toifa hisobidagi umumiy 28 nafar yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning qiziqishlari, muammo va takliflari tinglanib, ularning yechimlari bo‘yicha aniq qarorlar qabul qilindi hamda bildirilgan fikr va mulohazalar asosida muhim vazifalar belgilab olindi. Yoshlarning iqtisodiy muammolarini ijobiy hal etish uchun har bir yoshga 5 million soʻm miqdorida mablagʻ berildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Aksiya

Toshkent viloyati hokimligi, viloyat Deputatlar kengashi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi, Prokuratura, Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Milliy gvardiya bilan hamkorlikda “Farzandim uchun bitta kitob” aksiyasini eʼlon qiladi.

Aksiyaga joriy yilning 1-may sanasidan start berildi va 25-mayga qadar davom etadi. Bundan koʻzlangan maqsad – oʻquvchilarning kitobga boʻlgan mehrini shakllantirish, maktab kitob fondini boyitishdan iborat.

Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi har bir muassasa kesimida talab yuqori boʻlgan kitoblar roʻyxatini tuzadi. Roʻyxat shahar va tuman gazetalarida chop etiladi. Ota-onalar kitob muqovasiga “Farzandimning nomidan maktabga sovgʻa” yozuvi bilan kitoblarni maktabga topshiradi. Maktab kutubxonasi har bir sovgʻa qilingan kitoblar boʻyicha roʻyxat shakllantiradi.

Viloyat boʻyicha oʻquvchilar soniga qarab, yaʼni oʻrtacha bir oʻquvchiga toʻgʻri keladigan kitoblarga koʻra, gʻolib maktablar aniqlanadi. Gʻolib maktablarning dastlabki 5 tasidan har biriga 200 million soʻmdan mukofot beriladi.

Yozgi taʼtil paytida yigʻilgan kitoblardan foydalanib, “Maktab kutubxonasi hamma uchun” aksiyasi oʻtkaziladi. Maktab kutubxona maʼmurlariga esa 3 million soʻmdan qoʻshimcha ish haqi toʻlanadi.

Shu oʻrinda muhim eslatma! Aksiya doirasida ota-onalarni majburlash, oʻquvchilarga nisbatan bosimlar boʻlgan taqdirda maktab direktori va oʻqituvchilarga nisbatan qatʼiy chora koʻriladi.

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
👍5
25-30aprel kunlari Jizzax shahridaTaekwondo WT bo’yicha o’smirlar va yoshlar o’rtasida O’zbekiston kubogi bo’lib o’tdi.

Unda viloyatimiz sportchilari 3ta oltin 3ta kumush va 4ta bronza medallarini qo’lga kiritishdi.

Toshkent viloyati terma-jamoasi Jamoaviy xisobda 2-o'rinni egalladi.

https://t.iss.one/TOSHVIL_SPORT
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sanoat_zonasi

Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov, shahar hokimi o‘rinbosari Shuhrat Shoraxmedov va “Savdo sanoat palatasi” Chirchiq shahar bo‘limi rahbari Mansurbek Mirzabekovlar shahardagi yirik armatura va chikanka ishlab chiqaruvchi “BAO XIN METALL” MCHJ qo‘shma korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur korxonaning tashkil topishiga 25 mln. dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya kiritilgan hamda bugungi kunda 180 nafar xodimlar doimiy ish bilan ta’minlangan.


Shuningdek, korxona tomonidan qiymati 15,0 mln. dollar bo‘lgan “Po‘lat sharlar ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini amalga oshirish jarayonlari bilan tanishdilar.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев учинчи Тошкент халқаро инвестиция форумида иштирок этди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍4
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Саида Мирзиёева бошчилигида Кембриж университети кутубхонаси, Лувр музейи реставраторларидан иборат жамоа ноёб Қуръон қўлёзмаси – «Усмон Мусҳафи»ни қайта тиклашни бошлади

«Ўзбекистон Маданият ва санъатни ривожлантириш жамғармаси ҳамда Мусулмонлар идораси томонидан бир қатор халқаро экспертлар, жумладан, Кембриждан Кристи Роз, француз реставраторлари Аксел Деле ва Корали Барб, истанбуллик Нилл Байдар жалб этилди.

Мутахассислар «Усмон Мусҳафи» қўлёзмасининг ҳар бир саҳифасини синчковлик билан ўрганиб, реставрация режасини ишлаб чиқадилар.

Ушбу муқаддас қўлёзмани келажак авлод учун сақлаб қолиш йўлидаги эзгу ишнинг барча босқичларида омад ёр бўлишини тилайман», –
деб ёзади Президент ёрдамчиси Саида Мирзиёева.


https://t.iss.one/hudud_inform
👍3👏2
#об_ҳаво

☀️🌥🌧Бугун Тошкент вилоятининг айрим ҳудудларида ёмғир ёғиши кутилмоқда

Гидрометеорология марказининг хабар беришича, бугун, 3 май куни Тошкент вилоятида ҳаво ўзгариб туради, кечқурун баъзи жойларда ёмғир ёғиб, момақалдироқ бўлиши мумкин. Шарқдан секундига 7-12 метр тезликда шамол эсади.

Ҳарорат кечаси 12-17, кундузи 22-27 даража илиқ бўлади.

✔️Тезкор янгиликларни биз билан кузатинг!
Telegram I Facebook I Instagram
Chirchiq shahar hokimligi barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlarni 3-may – Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#Bilasizmi

Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga kiritilgan investisiyalar hajmiga qarab, mol-mulk solig'idan, yer solig'idan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq imtiyozlari berilishi belgilangan.

▶️
Bunda ishtirokchilar foyda solig'ini to'lashdan o'zi kiritgan investisiyalar hajmiga qarab quyidagi muddatlarda ozod qilinadi:

3 mln AQSH dollaridan – 5 mln AQSH dollarigacha investisiya uchun – 3 yil;

5 mln AQSH dollaridan – 15 mln AQSH dollarigacha investisiya uchun – 5 yil;

15 mln AQSH dollari va undan ko'p investisiyalar uchun –10 yil.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#Sayyor_qabul

Shahrimizda sayyor qabullar davom etmoqda

Xalq bilan ochiq muloqot qilish, ular tomonidan bildirib o‘tilgan muammolarni o‘rgangan holda, murojaatlarga yechim topish maqsadida, Chirchiq shahri hokimi Murodjon Abdurahimov va shahar prokurori Ummatbek Ablabekov boshchiligidagi bugun 2-sektor binosida “Nur” va Mirzo G’olib mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda hokim o‘rinbosarlari, Xalq qabulxonasi hamda korxona va tashkilot mutasaddilari qatnashdi.


Sayyor qabulda 30 dan ortiq murojaat tinglandi. Fuqarolar elektr energiya, gaz, ichimlik suvi, yo‘l, uy-joy olish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, sog‘liqni saqlash, moddiy yordam, bandlik, ta’lim va shu kabi masalalardagi muammolarni bildirib oʻtishdi.

Bir qator murojaatlar joyida yechimini topdi. Shuningdek, ayrimlari yuzasidan qonuniy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha vaqt va mablag‘ talab etilgan masalalar boʻyicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1😍1