Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazi matbuot kanali
3.14K subscribers
4.91K photos
323 videos
77 files
729 links
Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazining rasmiy kanali
Download Telegram
#bugun

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi "Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus ta'lim metodikalari" kafedrasi dotsenti Nozima Aslanova tomonidan MTT tarbiyachilari malaka oshirish kursi I guruh tinglovchilari bilan "San'at rivojlanish markazida bolalarni rasm ta'limiy faoliyatiga oʻrgatishni takomillashtirish"  mavzusida ochiq o`quv  mashgʻulot oʻtkazildi.

🖇 Darsda bolaning ijodiy rivojlanishi va uning yoʻnalishlari "Tezkor soʻrov" orqali tinglovchilar bilan muhokama qilindi.   Geometrik shakllar asosida rasm chizish, rasm chizishning predmetli, syujetli va dekorativ usullari oʻrgatildi.

"Tulki va turna" ertagi asosida barcha tinglovchilar rasm chizdilar. Noan'anaviy rasm chizish usullari: plastilingrafiya, qum bilan chizish, klyaksografiya, mum bilan chizish asosida tasviriy faoliyat koʻnikmalari rivojlantirildi.


Mashgʻulotda tarbiyachilar oʻziga xos tarzda ishtirok etdilar va yangi gʻoyalarni oʻzlashtirdilar.
Forwarded from Ta'lim nazorati
⚡️Barcha fanlar bo‘yicha diagnostik testlar yuklandi

2024-yilning ikkinchi yarmida oʻtkaziladigan attestatsiya oldidan pedagoglarni qoʻllab-quvvatlash hamda sinovlarga tayyorgarlik uchun sharoit yaratish maqsadida umumtaʼlim fanlari boʻyicha diagnostika testlari tashkil etilmoqda.

Ushbu test topshiriqlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan.

Diagnostik testlarni bajarish uchun quyidagi havolalardan biriga o‘ting:

O'zbek tilida: 👉 https://t.iss.one/uztditestbot

Qoraqalpoq tilida: 👉 https://t.iss.one/uztdi_qrtestbot

Rus tilida: 👉 https://t.iss.one/uztdi_rustestbot

❗️Yangilangan (vaqt ko'rsatib turadigan) botlarga yangi test savollari ham joylashtirilmoqda. Fanlar kesimida boshlanish vaqtlari Taʼlim nazorati (@uztdi)kanalida eʼlon qilib boriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ta'lim nazorati
Rad qilingan murojaatlarni tahrirlab qayta yuborish 25-oktyabrga qadar davom etadi

Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining attestatsiyada ishtirok etish bo‘yicha murojaatlari rad qilingan pedagoglar Shaxsiy kabinetlariga kirib, “tahrirlash va qayta yuborish” (rasmda koʻrsatilgan) tugmachasini bosib, murojaatlarini tahrirlab qaytadan yuborishlari mumkin. Tahrirlab boʻlgach “Saqlash” ni unutmaslikni tavsiya qilamiz.

Shuningdek, barcha oʻquv fanlaridan quyidagi botlarda bepul onlayn repetitsiyalar davom etmoqda:

O'zbek tilida: @uztditestbot
Qoraqalpoq tilida: @uztdi_qrtestbot
Rus tilida: @uztdi_rustestbot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi "Aniq va tabiiy fanlar metodikasi" kafedrasi mudiri Rustam Astanov tomonidan "Umumta’lim maktablarining oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari" kursi  tinglovchilari bilan  "Ta'lim muassasasini boshqarishning zamonaviy modullari va strategiyalari" mavzusida ochiq oʻquv mashgʻulot oʻtkazildi.

🖇"XXI asr rahbari qanday boʻlishi kerak?" savoli doirasida   tinglovchilar fikri tinglandi.

🖇"Charxpalak" texnologiyasidan foydalanib, jamoani boshqarishning: avtoritar, demokratik va liberal uslublari tavsiflandi.

Tinglovchilar zamonaviy rahbar, uning boshqaruvchilik sifatlari haqida bilimlarini mustahkamladilar.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi 246-son buyrugʻiga asosan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari tabiiy fanlar yoʻnalishi bo‘yicha treninglar davom etmoqda.

Joriy yilning 23-oktabr kuni Xalqaro ta'lim tashkiloti bilan hamkorlikda  navbatdagi seminar-treninglar respublikadagi tabiiy fanlarning master-trenerlari va mentor-o'qituvchilari uchun tashkil etildi.

Mazkur treninglarda Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida tabiiy fanlarning 4 nafar master-trenerlari hamda 21 nafar mentor-o'qituvchilari ishtirok etmoqda.

P.S.: Mentor-oʻqituvchilar – “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini tashkil etish uchun fanlar (yoki fanlar bloki) kesimida tanlab olingan yuqori malakali oʻqituvchilar.

Master-trenerlar- mentor-o'qituvchilarga metodik jihatdan koʻmak beruvchi malakali mutaxassislar.