Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazi matbuot kanali
15.3K subscribers
7.65K photos
595 videos
79 files
1.68K links
Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazining rasmiy kanali
Download Telegram
#tanlov

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 6-sentabrdagi 297-sonli buyrug‘iga asosan Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi vakant  bo‘lib turgan quyidagi lavozimlar uchun tanlov e’lon qilgan edi:


🔹Fanlarni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi;
🔹Qardosh tillar fani metodisti (tojik, qozoq, qirgʻiz tillari);
🔹Rus tili va adabiyoti fani (milliy va rus maktablarda) metodisti;
🔹Maktabgacha ta’lim boʻyicha metodist.


Joriy yilning 28-dekabr kuni mazkur vakant lavozimlardan "Maktabgacha ta'lim boʻyicha metodist" lavozimiga 3 nafar, "Fanlarni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi" lavozimiga 5 nafar hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat boʻlib oʻtdi.

Suhbat jarayonlarining shaffof va haqqoniyligini ta'minlash maqsadida jarayonlar videotasvirga  olindi.

  Tanlov natijalari uch ish kuni mobaynida nomzodlarga ma'lum qilinadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida e'lon qilingan vakant lavozimlar tanlovi  boʻyicha oʻtkazilgan suhbat jarayonidan lavhalar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob_2024
#bayram_tabrigi

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi "Aniq va tabiiy fanlar metodikasi" kafedrasi mudiri Rustam Astanovdan 2024-yildagi ishlar sarhisobi va yangi yil bayram tabrigi!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob
#yutuqlar

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi xodimlari 2024-yilda qanday yutuqlarga erishishdi?

Ustozimiz Vazira Sadullayeva ham oʻzining kasbiy faoliyatidagi yutuqlari bilan oʻrtoqlashdilar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sarhisob_2024
#bayram_tabrigi

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi "Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi" kafedrasi mudiri Yoʻldosh Haydarovdan 2024-yildagi ishlar sarhisobi va yangi yil bayram tabrigi!
#sarhisob_2024

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazining 2024-yildagi asosiy ishlar sarhisobi.
#bayram_tabrigi

Aziz vatandoshlar, hurmatli ustozlar!

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi jamoasi barchangizni kirib kelayotgan yangi-2025-yil bilan samimiy muborakbod etadi.

Oilangizga xotirjamlik, kasbiy faoliyatingizga ulkan yutuqlar, yurtimiz rivoji yoʻlidagi sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Yangi yilingiz qutlugʻ boʻlsin! Bayram muborak!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!


Barchangizni kirib kelayotgan yangi — 2025-yil bilan samimiy tabriklayman va o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman.

Yakunlanib borayotgan yilda maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga doir qator muhim o‘zgarishlarga birgalikda guvoh bo‘ldik. Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasi mamlakatimizning har bir hududida kechayotgan o‘zgarishlarda, har bir pedagog faoliyatida o‘z aksini topmoqda, desam adashmagan bo‘laman.

Joriy yilda birgina O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi fidoyi kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchilar - hamkasblarimiz uchun katta yangilik bo‘ldi. Unda pedagoglar nufuzini, sha’ni va qadr-qimmatini yanada yuksaltirish, huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mustahkam qonuniy asoslar belgilandi.

Hurmatli ustozlar!

Men ishonaman, kirib kelayotgan 2025-yil ham barcha yurtdoshlarimiz qatorida maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari uchun ham unutilmas, xayrli voqealarga, xushxabarlarga boy bo‘ladi.

Bizning maqsadimiz aniq: ertamiz egalarini barkamol tarbiyalash uchun sidqidildan ishlash, ta’lim sifatini oshirish, soha rivojiga munosib hissamizni qo‘shish. Ushbu mas’uliyatli va sharafli yo‘lda barchangizga katta kuch-g‘ayrat tilab qolaman.

Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, kasbiy muvaffaqiyatlar hamisha hamroh bo‘lsin!

Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 3-yanvar 2025-yil, juma

🔶 VOQEALAR:

- 1977 - Apple kompaniyasining birinchi kompyuteri ishlab chiqildi.
- 1992 - Fransiya O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan oldi.
- 2007 - Ginnesning yangi rekordi: 14 yoshli britaniyalik maktab o‘quvchisi yolg‘iz o‘zi Atlantika okeanini suzib o‘tdi.

🔶 TAVALLUDLAR:

- 1927 - Doʻsjon Nasirov (1992) - qoraqalpoq tilshunosi. Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977).
- 1931 - Normatov Umarali – adabiyotshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1981).
#live

🔴 Ayni paytda Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazida maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog xodimlari uchun malaka oshirishning "Metodik mahorat kuni" va "Metodik mahorat soati" tadbirlarini tashkil etish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.