Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazi matbuot kanali
15.3K subscribers
7.65K photos
595 videos
79 files
1.68K links
Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazining rasmiy kanali
Download Telegram
#jarayon

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi "Maktabgacha, boshlang'ich va maxsus ta’lim metodikalari" kafedrasi dotsenti  Nozima Aslanova tomonidan "Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari" kursi  tinglovchilariga "MTT da ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda kompetensiyaviy yondashuv" mavzusida trening mashgʻulot oʻtkazildi.

Darsda bolaning tayanch:

🔰Kommunikativ
🔰Ijtimoiy
🔰Shaxsiy ("Men" konsepsiyasi)
🔰Bilish kompetensiyalarini
rivojlantirish bo‘yicha "Manzilni top", "Sichqonlar", "Tangram", "Bu qaysi  son?", "Hosil qil", "Tana a'zolari" kabi ta’limiy oʻyinlar tashkil etildi.
Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2024-yil 21–22-dekabr (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

🖥 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

📄 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi!
TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Bilimni baholash agentligi tomonidan chet tillaridan joriy yil 28–29-dekabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan milliy sertifikat imtihonlari 26–27-dekabr kunlari tashkil etiladi.

Talabgorlardan test sinovi uchun ruxsatnomalar e'lon qilinganidan so‘ng ruxsatnomada ko‘rsatilgan sanada imtihonda ishtirok etishlari so‘raladi.

28–29-dekabr kunlari chet tillaridan imtihonlar o‘tkazilmaydi.
Bugun 18-dekabr 2024-yil, chorshanba

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇰🇬 Qirg'iziston - Sug'urta xodimlari kuni.
🇳🇪 Niger - Respublika kuni.
🇶🇦 Qatar - Milliy kun.

🔶 VOQEALAR:

- 1958 - Dunyoda birinchi aloqa yo‘ldoshi uchirildi.
- 1994 - Fransiyada noyob g'or rasmlari bilan Chauvet g'or galereyasi tashkil etildi.
- 2004 - Pekinda tarixda birinchi marta o'tkazilgan plastik jarrohlik tanlovi.
- 2020 - Rossiya Federatsiyasida "Admiralteyskiye verfi" AJda muzga chidamli "Shimoliy qutb" o'ziyurar platformasi ishga tushirildi.

🔶 TAVALLUDLAR:

- 1856 - Jozef Djon Tomson (1940) - elektronni kashf etgan ingliz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1906).
- 1939 - Alimuhamedov Erkin – Oʻzbekiston qahramoni.
- 1939 - Harold Eliot Varmus - amerikalik molekulyar biolog, virusolog, Nobel mukofoti laureati (1989).
#Sarhisob

2024-yilda maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy
hujjatlar

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarida sifatli ta’limni joriy etishga doir 23 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan.

Xususan, tizimga oid 2 ta qonun, Prezidentimizning 4 ta farmoni va 8 ta qarori, 9 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari shular jumlasidandir.

Hujjatlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢BARCHA O‘QITUVCHILAR UCHUN ONLAYN KURSLAR FAOLLASHTIRILDI! 

✔️A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat instituti tomonidan ishga yangi qabul qilingan, diagnostik test jarayonlariga qatnashmagan hamda Pedagogik mahorat markazlarida malaka oshirish rejasining bajarilganligi sababli, qabul qilinmagan o‘qituvchilar uchun onlayn kurslar faollashtirildi.

🔹Yaʼni, barcha o‘qituvchilarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, ularning uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarida ishtirokini to‘liq ta‘minlash maqsadida institutning “Uzluksiz kasbiy ta‘lim” maxsus elektron platformasi (onlinedu.uz) orqali onlayn malaka oshirish kurslariga ruxsat berildi.

🔹Pedagogik mahorat markazlarida malaka oshirish kurslariga qabul qilinmagan o‘qituvchilarimiz endilikda “Uzluksiz kasbiy ta‘lim” maxsus elektron platformasida onlayn tarzda o‘qishlari va belgilangan tartibda sertifikatni olishlari mumkin.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram
Forwarded from Ta'lim nazorati
Менинг мактабим .pdf
2.6 MB
⚡️“Mening maktabim” loyihasiga start berildi

Ushbu loyiha uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan:

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab barcha umumtaʼlim maktablarida “Mening maktabim” loyihasini amalga oshirish maqsadida tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarining 2025-yil uchun xarajatlar smetasida bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablagʻ ajratiladi;

ushbu mablagʻ “Mening maktabim” loyihasi doirasida 5-11-sinf oʻquvchilari tanloviga koʻra elektron doska, kompyuter, sport jihozlari, kitoblar kabi maktab uchun zarur tovarlarga sarflanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkazilgan malaka sinovlarida qatnashgan pedagog kadrlar diqqatiga!!!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifalarini berish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga asosan:

5 654 nafar pedagogga — oliy malaka toifasi;
23 987 nafar pedagogga — birinchi malaka toifasi;
33 545 nafar pedagogga — ikkinchi malaka toifasi berildi.
6 099 nafar pedagog mutaxassis lavozimiga loyiq, deb topildi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 48-bandiga asosan:

pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.


⚡️ Shunga muvofiq, joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkazilgan malaka sinovlarida qatnashgan barcha ishtirokchilarning oylik maoshlari joriy yil 16-dekabrdan boshlab yangi toifalari boʻyicha hisoblanadi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
🔴Maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagoglariga xorijlik ekspert Jonatan Seyden tomonidan o’quv o’tkazildi

😄A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlarini tashkil etish uchun trener (mentor)larni tayyorlash boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarining navbatdagi bosqichi tashkil etildi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mutasaddilari, xorijlik ekspert Jonatan Seyden, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti xodimlari va 300 nafardan ortiq trener-mentorlar ishtirok etdi.

▶️Dastlab, ishtirokchilarga Jahon banki eksperti Jonatan Seyden guruglarda faoliyat olib borish sifatini hamda bolalarning rivojlanishi va ta’lim olishini qo’llab quvvatlovchi omillarni baholash haqida maʼlumot berdi.
Soʻngra shoʻbalarda maktabgacha ta’limning Davlat oʻquv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan dastur asosida oʻquvlar boshlandi.

Jumladan, ishtirokchilar pedagoglarning metodik koʻnikmalarini oshirish, innovatsion taʼlim uslublarini joriy etish, malaka va tajriba almashish, taʼlim sifatini yaxshilash boʻyicha keng maʼlumot olishga muvaffaq boʻldi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 19-dekabr 2024-yil, payshanba

🔶 VOQEALAR:

- 1972 - "Apollon 17" kosmik kemasining ekipaji Oy ekspeditsiyasidan Yerga qaytishdi.
- 1991 - Eng oxirgi “Qizil yulduz” ordeni egasiga topshirildi.
- 1994 - Toshkentda O‘zbekiston Respublikasining BMT Xalqaro bolalar jamg‘armasi YUNISEFga a'zo bo‘lib kirishini nazarda tutuvchi Bitim imzolandi.  
- 1997 - XX asrning eng daromadli filmi - "Titanik" katta ekranga chiqdi.

🔶 TAVALLUDLAR:

- 1852 - Albert Avraxam Maykelson (1931) - Amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1907).
- 1912 - Gerbert Charlz Braun (2004) - amerikalik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1979).
- 1933 - Farhod Musajon - bolalar yozuvchisi.
- 1942 - Begali Qosimov (2004) - adabiyotshunos olim, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor.