Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazi matbuot kanali
3.16K subscribers
4.79K photos
309 videos
76 files
710 links
Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazining rasmiy kanali
Download Telegram
"Maktabgacha va maktab ta'limi tashkiloti xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo'yicha qoʻshimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat pedagogik mahorat markazi hamda Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.

Mazkur mahorat darsi Buxoro tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ingliz tili fani oʻqituvchilari Zulayxo Ochilova va Gulnoz Gʻafforovalar tomonidan markazning "Ingliz tili fani oʻqituvchilari" kursiga "Bloom's taxonomy. New assessment" mavzusida boʻlib oʻtdi.

Darsda tinglovchilar kichik guruhlarga boʻlinib, "Album", "7 to 1", "Today's fact", "Who am I?"  metodlari orqali mavzularni sinflar kesimida  loyihalash  borasida oʻz  bilim va koʻnikmalarini takomillashtirdilar.
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi“ kafedrasi  mudiri Y.Haydarov hamda kafedra katta oʻqituvchisi M.Abdullayevalar tomonidan “Informatika fani oʻqituvchilari“ kursi tinglovchilariga “Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish shakli va mazmuni” mavzusida integratsiyalashgan noan'anaviy dars tashkil etildi.

🖇 Darsda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning shakli va mazmuni “Aqliy hujum”, "Qiyosiy tahlil”, “Tushunchalar tahlili” metodlari asosida atroflicha ochib berildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Prezident maktabi oʻrtasida imzolangan memorandum doirasida science fanidan tashkil etilgan treningdan videolavha.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_va_BIZ

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamkorligida "Bolaning rivojlanish xaritasini yuritishni joriy etish" mavzusida tashkil etilgan oʻquv-seminar.
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
❇️BOSHQARMA BOSHLIGʻI TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI

🔹Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Farrux Qurbonov viloyat Pedagogik mahorat markazi direktori Akmal Hamidov hamrohligida Kogon tumani va Kogon shahridagi bir qator ta’lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔹Ta’lim tashkilotlarida “Kasbiy rivojlantirish kuni” o‘quvlarining tashkil etilishi holati, shuningdek, o‘quv-tarbiya ishlarining olib borilishi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini yaqindan o‘rgandi.

🔹O‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lib, ularning faoliyati va natijalari bilan qiziqdi.

☘️Jarayonda shuningdek, boshqarma boshlig‘i “Yashil makon” loyihasi doirasida Kogon shahridagi 3-umumta’lim maktabida olib borilayotgan ko‘chat ekish tadbirida ham ishtirok etdi.

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
Buxoro viloyatidagi barcha umumiy oʻrta ta'lim maktablarida tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha "Kasbiy rivojlanish kuni tadbirlari"  davom etmoqda.

Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshligʻi F.Qurbonov hamda pedagogik mahorat markazi direktori A.Xamidov Kogon shahri va  Kogon tumanidagi  tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha tanlab olingan tayanch maktablarda boʻlib, ushbu maktablarga biriktirilgan tabiiy fanlar boʻyicha yetakchi oʻqituvchilar bilan "Kasbiy rivojlanish kuni" oʻquvlarining tashkil etilishi, jarayonlari borasida muloqot qildilar hamda oʻz tavsiyalarini berdilar.

Eslatib oʻtamiz, bunday tadbirlarni tashkil etilishidan asosiy maqsad, pedagoglarimizning kasbiy mahoratini rivojlantirish orqali ta'lim sifatini oshirishdir.