Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazi matbuot kanali
3.19K subscribers
4.9K photos
322 videos
77 files
726 links
Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazining rasmiy kanali
Download Telegram
Forwarded from Jadidlar izidan
#Jadidlar_izidan
#Respublika_tanlovi

🟢 Maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Jadidlar izidan” respublika tanlovi to‘g‘risida ushbu taqdimot orqali tanishishingiz mumkin.

📣 Batafsil ma’lumotlarni @jadidlarizidanuz telegram kanalida kuzatib boring!

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi  "Aniq va tabiiy fanlar metodikasi“ kafedrasi dotsenti Nigora Botirova tomonidan "Informatika va axborot texnologiyalari” kursi tinglovchilariga "Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda “Loyiha”  tushunchasi" mavzusidagi ochiq o‘quv  mashg’uloti oʻtkazildi.

Dars davomida loyiha yaratish, raqamli ta’lim texnologiyalarga asoslangan loyiha turlari, "Flip PDF Professional" dasturidan foydalanib, elektron multimediali darslik yaratish, "Hot Potatoes" dasturida elektron kontentlar tayyorlash tushuntirildi.Zamonaviy darsliklarning yangi metodik yondashuvlari: "5 E"modeli yaratildi.

Amaliy mashg'ulot "Aql charxpalagi", "Zakovat", "So'z o'yini" metodlari bilan yanada qiziqarli tarzda olib borildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

Buxoro viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Prezident maktabi oʻrtasida imzolangan memorandum doirasida ingliz tili fanidan tashkil etilgan treningdan videolavha.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 7-avgustdagi 246-son buyrugʻiga asosan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining aniq (matematika, informatika) va tabiiy (fizika, biologiya,kimyo, geografiya) fanlar yoʻnalishida tashkil etish maqsadida Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda hududiy Pedagogik mahorat markazi bilan hamkorlikda “Kasbiy rivojlanish soati– kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha Buxoro tuman 3-umumta’lim maktabida seminar-trening tashkil etildi.

Tashkil etilayotgan treninglarning maqsadi:

🔹Singapur tajribasi asosida, Buxoro tumani maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi boshlig’i, umumta‘lim muassasalari direktorlari hamda matematika va tabiiy fan (Science) o‘qituvchilarining xalqaro ta‘lim dasturlariga oid bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish;

🔹Sun'iy intellektga asoslangan raqamli ta‘lim https://www.cerebry.co platformasidan foydalanishdagi: Muammo va yechimlar;

🔹Matematika va tabiiy fanlarini o‘qitish metodikasi bo‘yicha xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘qituvchilarga o‘rgatishdan iborat.
Bugun 24-oktabr 2024-yil, payshanba

🔶 BAYRAMLAR:

🇺🇳 BMT kuni.
🇺🇳 Butunjahon taraqqiyot axboroti kuni.
🌏 Xalqaro diplomatlar kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇹🇯 Tojikiston - Kasaba uyushmalari kuni.
🇨🇳 Xitoy - Dasturchilar kuni.
🇰🇬 Qirg‘iziston - Standartlashtirish va metrologiya xodimlari kuni.
🇿🇲 Zambiya - Mustaqillik bayrami.
🇩🇪 Germaniya - Kutubxonalar kuni.

🔶 VOQEALAR:

- 1939 - Neylon paypoqlar birinchi marta bozorga chiqarilib, xaridor ayollarning e'tiborini tortdi.
- 1945 - BMT ning Ustavini 51 ta davlat imzoladi.
- 1991 - Toshkent Agrosanoat birjasi tashkil etildi.
- 1995 - O’zbekiston tijorat Bank uyushmasi tashkil topdi.
- 1998 - Farg’ona viloyatida Ahmad Farg’oniy tavalludining 1200 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimlar bo’lib o’tdi.

🔶 TAVALLUDLAR:

- 1895 - Aleksandr Frumkin (1976) - sovet fizik-kimyogari, akademik, elektrokimyoviy kinetika asoschisi.
- 1914 - Sergey Starodubsev (1967) - fizik olim, Oʻzbekiston FA akademigi (1956), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1964).
- 1932 - Pyer Jill de Jenn (2007) - fransuz fizigi, Nobel mukofoti sovrindori (1991).
- 1941 - Mo'minov Ramizulla - fizik olim, O'zbekiston FA akademigi (2000).