Buxoro | Ixtisoslashtirilgan maktablar
217 subscribers
10.6K photos
286 videos
55 files
1.58K links
Buxoro viloyati
Download Telegram
#Tadbir

Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "1 oktabr - Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan "SIZGA TA'ZIMDAMIZ AZIZ USTOZLAR" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirda 6A-01 va 6A-02 sinf o'quvchilari ifodali she'rlari, mazmunli kuy-qo'shiqlari, jozibali raqslari bilan qatnashishdi. Yosh avlodga ta'lim-tarbiyalash berish yo'lida faoliyat yuritayotgan o'qituvchilar maktab ma'muriyati tomonidan TASHAKKURNOMA va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. 👇
I Facebook I Telegram I
Forwarded from BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 |
✳️1-oktabr – O`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan. bir guruh buxorolik o’qituvchilar ham taqdirlandilar
#uzbekiston24

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram | Facebook |
#Shofirkon_IM
#Kitob_taqdimoti

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shofirkon tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida Shofirkon farzandi, yozuvchi, olim, tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabov bilan uchrashuv va u kishining "Turkiston qoʻrboshilari", "Oʻzbekiston XX asr" nomli kitoblari taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Qahramon Rajabov va u kishining kitoblari haqida yigʻilganlar iliq fikrlar bildirishdi. Kitob taqdimotida
🔰 Qahramon Rajabov
🔰 Dilshod Rajabov
🔰 Azim Otaxoʻjayev
🔰Alisher Obidov
🔰Karim Bobomurodovlar soʻzga chiqib oʻquvchilarga kitoblar haqida qadimiy va tarixiy, eng asosiysi kerakli maʼlumotlar berishdi.

💥 Uchrashuv davomida vatanimizning oʻtmishi, buguni, ertasi haqida juda qiziqarli fikrlar bildirildi va oʻquvchilar juda koʻplab maʼnaviy ozuqaga ega boʻlishdi.

🏢 Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktab
https://t.iss.one/shofpiima
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Jahon_kubogi_chempioni

🏆 Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 9-a sinf o'quvchisi Xoliqova Shahrizoda Begzodovna sportning kikboksing turi bo'yicha 25-29-sentyabr kunlari Toshkent shahrida o'tkazilgan jahon kubogida faol ishtirok etib, faxrli 2-o'rinni egalladi.
🏆Ertalabdan Chempion qiz xushkayfiyatda gullar bilan kutib olindi.
🏆Kikboksingchimizning ushbu yutug'i nafaqat uning sinfdoshlari qalbida, balki butun maktab jamoasi qalbida faxr-iftixor tuyg'usini shakllantirganligi bejizga emas. Sportga e'tibor qaratilayotgan yurtimizda yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalaniib kelayotgan aqlli va dono o'quvchilarimiz mudom omon bo'lishsin.
🏆Yaqin kelajakda Shahrizodani olimpiada chempionati g'olibasi sifatida ko'rish baxtiga muyassar bo'lishlik nasib etishiga tilakdoshmiz.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
👍1