𝘽𝙪𝙭𝙤𝙧𝙤 𝙫𝙞𝙡𝙤𝙮𝙖𝙩𝙞 𝙁𝙑𝘽/ УЧС Бухарской области
4.37K subscribers
23.3K photos
2.3K videos
23 files
7.09K links
Buxoro viloyati FVB rasmiy kanali

"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
📲 1️⃣1️⃣2️⃣
📝@BuxoroFVB_Matbuot
https://www.instagram.com/buxorofvb/
https://www.facebook.com/BuxoroFVB
https://www.youtube.com/@buxorofvb2128
Download Telegram
⚡️⚡️ Куз-қиш мавсумига тайёргарлик ҳолатини ўрганиш мақсадида йиғилиш ўтказилди

Куз-қиш мавсуми беталофат ўтказиш мақсадида махсус хизматлар иштирокида йиғилиш ўтказилди.

Йиғилишда туман ҳокими Акмал Остонов, вилоят Фавқулодда вазиятлар бошқармаси бошлиғи ўринбосари иштирок этиб, аҳоли хонадонларини куз-қиш қиш мавсумига тайёрлик ҳолатини ўрганиш, мўриларни тозалаш, ёнғин хавфсизлик қоидалари риоя этилишини таъминлаш борасида топшириқ ва кўрсатмалар берди.

Шундан сўнг, махсус хизмат ходимларидан иборат кичик гуруҳлар ташкил этилиб, тумандаги мавжуд маҳаллаларга бириктирилди ҳамда шу ернинг ўзидан ўз иш фаолиятларини бошлашди.

Бухоро вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармаси Матбуот хизмати
👍2
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATINI O'RGANISH MAQSADIDA TARG'IBOT TADBIRLARI OLIB BORILDI

Kogon tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limi, , “Kogontumangaz” gaz ta’minoti bo’limi hamda tuman uy-joy kommunal xizmat bo'limi bilan hamkorlikda tumandagi ko'p qavatli uylarda hamda aholi xonadonlarida kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish maqsadida maxsus xizmatlar ishtrokida aholi xavfsizligini ta’minlash bo'yicha tushuntirish-targ‘ibot tadbirlari olib borildi.

Jumlada kuni kecha tumanning “Sarayon” mahallasida istiqomat qiluvchi aholi xonadonlarida bo’lgan xodimlar isitish moslamalaridan foydalanganda xavfsizlikka rioya etish lozimligi, dudbo’ronlarning tozaligiga e’tibor qaratish, gaz jihozlarini qarovsiz qoldirmaslik zarurligini ta’kidlab o’tdi. Xavfsizlik qoidalariga rioya qilmagan holda nostandart isitish pechi va rezina shlanglardan foydalanib kelayotgan iste’molchilarni Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qaroriga asosan tabiiy gaz tarmog’idan ajratib qo’yilishi tushuntirildi.

𝑩𝒖𝒙𝒐𝒓𝒐 𝒗𝒊𝒍𝒐𝒚𝒂𝒕𝒊 𝑭𝑽𝑩
𝑴𝒂𝒕𝒃𝒖𝒐𝒕 𝒙𝒊𝒛𝒎𝒂𝒕𝒊
👍3