Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.54K subscribers
29.4K photos
3.6K videos
9 files
10.8K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Boʻstonliq_tumani
#hokimlik_soati

🔹Bugun tuman hokimi J.Axmedov boshchiligida sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot mutasaddilari hamda mahalla yettiligi ishtirokida navbatdagi hokimlik soati yig‘ilishi o‘tkazildi.

🔹Yig‘ilishda yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish hamda bandligini ta’minlash, mahalla yettiligining ish faoliyati, tashqi mehnat migratsiyasi, pillachilik, hududlarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari, mahalliy byudjet tushumi, 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan tumanda yoshlar festivalini yuqori saviyada o‘tkazish, ijro intizomi va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#hokimlik_soati

🔹Bugun tuman hokimi J.Axmedov boshchiligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda tuman sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tumandagi korxona-tashkilot rahbarlari, Maktabgacha ta'lim tashkilotlari va maktab direktorlari, mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi.

🔹Yig‘ilish davomida tumandagi ijtimoiy va iqtisodiy masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

🔹Jumladan, Toshkent viloyati hokimi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi, “Open byudjet” bo‘yicha 2024-yil I va II mavsum g‘olib loyihalarni qurish va jihozlash ishlari, mahalla yettiligi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlili, mahallalarda xavfsiz hududni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, ijro intizomi va boshqa masalalar muhokama qilindi.

🔹Yig‘ilish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish va ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar belgilab berildi.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram