Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.53K subscribers
29.4K photos
3.59K videos
9 files
10.8K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Boʻstonliq_tumani

🔹9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Talim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Bo‘stonliq tumani bo‘linmasi kengashi hamkorligida ta’lim sohasi mehnat faxriylari hamda bemorlar holidan xabar olinib, ularga tuman bo‘linmasi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari va sovg‘alar topshirildi.

Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида чарм ва ипак саноатида мавжуд имкониятларни ишга солиш, жойларда Сайхунобод тажрибаси асосида аҳоли бандлигини таъминлаш масалалари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по задействованию имеющихся возможностей в кожевенной и шелковой промышленности, обеспечению занятости населения на основе Сайхунабадского опыта на местах.

Facebook|Instagram|X
"E-auksion" platformasida yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasini sotib oling!

🔹Bo'stonliq tumanida 19 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 21 ta (Ko'rish)

e-auksion.uz Elektron savdo platformasi orqali shaffof auksionlarda ishtirok eting va mulk egasiga aylaning.

☎️: 99 207-26-10
☎️: 99 207-36-10

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент: Бугунги мураккаб вазиятда ички имкониятларни сафарбар этиш орқали одамларни ишли ва даромадли қилиш - энг катта мақсадимиз

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Давлатимиз раҳбари чарм кластерларига хорижий брендларни кенг жалб қилиш муҳимлигини таъкидлади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Гилам ишлаб чиқарувчиларни қўллаб-қувватлаш тажрибаси давом эттирилади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президентимиз ипакчиликдаги муаммо ва имкониятларни таҳлил қилди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент тадбиркорнинг кадрлар ва тендерлар бўйича таклифларини маъқуллаб, мутасаддиларга тегишли топшириқлар берди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида чарм ва ипак саноатини ривожлантириш, аҳоли бандлигини таъминлаш масалалари муҳокамаси бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам развития кожевенной и шелковой промышленности, а также обеспечения занятости населения.

#Mirziyoyev #videoselektor #charmsanoati #ipakchilik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#DIQQAT

Talaba bo‘lish istagidagi xotin-qizlar shoshiling!

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi.

Hukumat qaroriga muvofiq, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq, oliy ma'lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta'lim muassasalariga alohida qabul parametrlari doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo‘lishlari uchun joriy yilning 1-iyuniga qadar ushbu👉
https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali ariza topshirishlari lozim.

Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

o‘rta maxsus yoki professional ta'lim bo‘yicha mutaxassislikka
ega bo‘lishi;

tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta'lim olmaganligi yoki olmayotganligi;

o‘rta maxsus yoki professional ta'lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.
 
Ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma;
o‘rta-maxsus yoki professional ta'lim bo‘yicha diplom.
 
Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi.

Ma'lumot uchun, tumanimiz xotin-qizlari uchun Bo‘stonliq tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limida hujjatlar yig‘ish boshlandi.


📍Manzil: Bo‘stonliq tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani

🌈Bo‘stonliq tumanida “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining tuman bosqichi bo‘lib o‘tadi
.

Aziz bolalar, milliy cholg‘u, raqs, tasviriy va amaliy sanʼat, nazm, madaniyat, adabiyot va sanʼat sohasidagi iqtidoringizni namoyish etish vaqti keldi.

🎼 Tanlovning tuman bosqichi 15-may kuni soat 12:00da tuman madaniyat bo‘limida bo‘lib o‘tadi.

🗒 Tanlovga 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan ijodkor bolalar yakka, jamoaviy tarzda, quyidagi 6 ta yo‘nalishdan birini tanlagan holda ishtirok etishlari mumkin:

“A” guruhi: Klassika — fortepiano, torli, puflab, urib chalinadigan musiqa asboblari;
“B” guruhi: Vokal — anʼanaviy va akademik ijro, estrada, folklor hamda xor guruhlari;
“S” guruhi: Milliy cholg‘u — torli, chertib, puflab, urib chalinadigan musiqa asboblari;
“D” guruhi: Raqs va badiiy gimnastika — milliy, ball hamda zamonaviy raqslar, buyum (tasma, koptok, halqa, arg‘amchi) bilan va usiz turli nafis gimnastika va raqs mashqlarini musiqa ostida bajarish;
“E” guruhi: Tasviriy va amaliy sanʼat. Tasviriy sanʼat yoʻnalishiga — grafika, rangtasvir, natyurmort, liboslar dizayni. Amaliy sanʼat yo‘nalishiga — haykaltaroshlik, kulolchilik, zardo‘zlik, quroqchilik, gilamdo‘zlik, biser to‘qish, yumshoq o‘yinchoqsozlik, naqqoshlik, kashtachilik, yog‘och o‘ymakorligi kiradi;
“F” guruhi: nasr va nazm. Nazm yo‘nalishiga — sheʼr, g‘azal, doston hamda nasr yo‘nalishiga — hikoya, ertak kiradi.

📝 Tanlovning o‘tkazilish tartibi haqida nizom bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqing.

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram