Bo‘stonliq tumani hokimligi
4.61K subscribers
29.1K photos
3.55K videos
9 files
10.7K links
Bo‘stonliq tumani hokimligi Axborot xizmatining rasmiy telegram kanali.

Facebook: facebook.com/bustonliqpress

Instagram: instagram.com/axborot_xizmati

Veb-site: https://bostonliq.uz/

Murojaat uchun: @hokimiyatga_murojatbot
Download Telegram
#Boʻstonliq_tumani
#sessiya

⚡️Xalq deputatlari tuman Kengashining oltinchi chaqiriq 106-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

📝Mazkur sessiya kun tartibida quyidagi masalalar kiritilib, ko‘rib chiqildi:

Bo‘stonliq tumani prokuraturasining tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquq buzarliklarning oldini olish borasida 2023-yilda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida;

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Bo‘stonliq tumani bo‘linmasining 2023-yil davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-sentyabr kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bergan topshiriqlari bo‘yicha 67-sonli yig‘ilish bayoni tumanda ijrosi to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni ijrosi to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022–2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

Bo‘stonliq tumanidagi fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish samaradorligi, aniqlangan kamchiliklar va qonun buzilish holatlari haqidagi tuman hokimligining 2024-yil 7-fevraldagi 32-sonli murojaatini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmoni ijrosi to‘g‘risida;

Bo‘stonliq tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan va sog‘liqlarini tiklash uchun moddiy yordamga muhtoj fuqarolarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida;

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi doimiy komissiyalari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ularning tarkiblarini qayta ko‘rib chiqish va boshqa masalalar to‘g‘risida bo‘ldi.

Sessiya yakunida ko‘rilgan har bir masala yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlari qabul qilindi.

 Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
#Boʻstonliq_tumani
#Obodonlashtirish

🔹Ob-havoning qulayligidan foydalanib, bahor mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, mahalla va ko‘chalarni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish bo‘yicha tumanda amaliy ishlar boshlandi.

🔹Xususan, bugun erta tongdan tuman hokimi J.Axmedov tashabbusi bilan asosiy yo‘l yoqalarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil qilindi. Ariqlar, zovurlar, qarovsiz maskanlar mutasaddilar nazoratida obodonlashtirilib, ortiqcha chiqindi uyumlaridan tozalandi.

❗️Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, yo‘llar atrofidagi chiqindilarning aksariyati tumanimizga tashrif buyuruvchi mehmonlar oqimi bilan bevosita bog‘liq. Shu sabab, toza havodan bahra olib, tabiat qo‘ynida hordiq chiqarishni istagan mehmonlarga: “Tozalikka rioya qiling, borliqni asrab-avaylashga hissa qo‘shing”, degan bo‘lardik.

Boʻstonliq tumani hokimligi Axborot xizmati

➡️Kanalga ulanish: https://t.iss.one/Bustonliq_tuman_hokimligi

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram
Президент Шавкат Мирзиёевга ижтимоий ҳимоя тизимини такомиллаштириш бўйича таклифлар тақдимот қилинди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву представлены предложения по совершенствованию системы социальной защиты.

#Mirziyoyev #taqdimot #ijtimoiyhimoya #takliflar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X